• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kobuldagi AQSh elchixonasi xodimlari 36 soat ichida evakuatsiya qilinadi, jarayon boshlangan. Buyuk Britaniya elchisi ham shoshilinch ravishda boshqa yerga ko‘chirildi

    Afg‘onistondagi AQSh elchixonasi xodimlarining ko‘pchilik qismi yaqin 36 soat ichida boshqa joyga evakuatsiya qilinadi. Bu haqda CBS telekanali xabar qilgan. Keyinchalik Reuters agentligi evakuatsiya jarayoni boshlangani va elchixona xodimlarining bir qismi xavfsiz joyga ko‘chirilayotganini bildirgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “AQShning Kobuldagi elchixonasining asosiy xodimlaridan iborat guruhdan boshqa barchasi keyingi 36 soat ichida  xavfsiz joyga evakuatsiya qiladi. Amerikaning Afg‘onistondagi barcha diplomatlari 31-avgustgacha mamlakatni to‘liq tark etadi”, — deyiladi xabarda.

    Telekanal axborotiga ko‘ra, elchixonada Diplomatik xavfsizlik xizmati byurosining maxsus agentlari va elchi shaharda qoladi.

    “Elchixonaning qolgan xizmatchilari, shuningdek, maxsus immigratsiya vizasini kutayotganlar, mahalliy xodimlar va ularning oilalari Kobul xalqaro aeroportiga yetkaziladi”, — deyilgan ma’lumotda.

    “Tolibon” harakati AQSh va uning ittifoqchilari Afg‘oniston hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshlaganidan keyin faollashgan. Iyul boshida AQSh harbiy qo‘shinlarining 90 foizi Afg‘onistondan chiqib ketgan. Avgust oxirida AQSh qo‘shinlari mamlakatdan chiqib ketishni to‘liq yakunlaydi. 12-avgust kuni “Tolibon” vakillari Afg‘onistondagi ikkinchi katta shahar Kandahorni egallagan. Ayni vaqtda Afg‘oniston hukumati mamlakatdagi 34 ta ma’muriy markazdan faqat 9 tasini, jumladan, 4 million aholi yashaydigan poytaxt – Kobulni o‘z ixtiyorida ushlab turibdi.

    Mavzuga doir:

    • “Tolibon” Mozori-Sharifni egalladi. Afg‘oniston hukumat kuchlari O‘zbekiston tomon qochgan, Termizdagi “Do‘stlik ko‘prigi” afg‘on harbiylari bilan to‘la ekani aytilmoqda
    • OAV: Mozori-Sharifdan qochgan marshal Do‘stum xavfsiz joyda, ammo qayerdaligi noma’lum
    Avval СNN, Reuters hamda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib AQSh razvedkasining Kobul hukumati 90 kun ichida qulashi mumkinligini taxmin qilayotgani haqida xabar bergandi.

    “Tolibon” harakatining mamlakatda faollashgani tufayli elchixona va konsulliklar yopila boshlagan. Norvegiya va Daniya elchixonalarining faoliyati to‘xtagan, Germaniya esa diplomatik missiyasi xodimlarining sonini minimal darajada kamaytiradi. AQSh hukumati elchixona xodimlariga mamlakat bayrog‘i, davlat idoralarining logotiplari tushirilgan yozishmalar va maxfiy hujjatlar hamda buyumlarni yo‘q qilishni buyurgan.

    AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston hududiga 5 ming harbiy yuborib, u yerdagi fuqarolar, hamkorlar va amerikaliklarga yordam bergan afg‘onistonliklarni xavfsiz evakuatsiya qilish haqida ko‘rsatma bergan.

    Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi elchisi Lori Bristou shoshilinch ravishda mamlakatdan evakuatsiya qilindi. Bu haqda The Sunday Telegraph hamda The Times nashrlari o‘z manbalariga asoslanib xabar tarqatgan.

    “Buyuk Britaniya o‘z elchisi va xodimlarini evakuatsiya qiladi. Qirollik Afg‘onistondagi elchixonasi faoliyatini moddiy ta’minlashni to‘xtatadi”, — deyilgan nashrlarning xabarida.

    Telegraph axborotiga ko‘ra, dastlab xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Afg‘onistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi Kobul aeroporti hududiga ko‘chirilishi taxmin qilingan, biroq “Tolibon” harakatining keskin faollashuvi tufayli ushbu ehtiyot choralari yana o‘zgartirilgan. Qayd etilishicha, Birlashgan qirollikning diplomatik vakolatxonasi xodimlarining soni 500 nafardan deyarli o‘n baravar qisqargan va elchi Bristou ham mamlakatdan ketishi haqida gap-so‘zlar tarqalgan.

    Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan izoh berar ekan, “mamlakatdagi fuqarolar urushi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat va “Tolibon” vakillarining kuchayib borayotgani barcha uchun og‘riqli tajriba” deb ta’riflagan. Shuningdek, vazir AQSh hukumatining Afg‘onistondan qo‘shinini olib chiqib ketishi haqidagi bayonotdan keyin Londonning mamlakatda yolg‘iz kurashishi qiyinligini ta’kidlagandi.

    “Tolibon” AQSh hamda uning ittifoqchilari, jumladan, britaniyalik harbiylar Afg‘onistondagi harbiylarni olib chiqib ketishni boshlaganidan keyin hujumga o‘tgan. Iyul boshida mamlakatdagi AQSh harbiy kontingentining 90 foiz qismi Afg‘onistonni tark etdi. AQSh harbiylarining Afg‘onistondan chiqib ketishi avgust oxirida yakuniga yetadi.

    London Afg‘onistondagi diplomatlari va boshqa xodimlarini evakuatsiya qilish uchun harbiy havo kuchlarini safarbar qilishi mumkin.

    “Bosh vazir Buyuk Britaniya fuqarolarini mamlakatdan olib chiqib ketish uchun harbiy texnikadan foydalanilishiga rozilik bergan”, — deyilgan Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi bayonotida. Shuningdek, vazirlik operatsiyani amalga oshirish uchun 600 nafar harbiy jalb qilinishi haqida ham ma’lumot bergan.

    Mavzuga doir: 

    • Termiz—Hayraton ko‘prigi hududidagi vaziyat yumshadi. Afg‘onistonliklarning asosiy qismi ko‘prikni tark etgan
    • O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegarasida barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Afg‘onistondagi o‘zbek temiryo‘lchilari vatanga qaytarilgan

    15.08.2021, 16:10   Izoh (0)   29718
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” butun Afg‘onistonni to‘liq o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi

    15.08.2021, 15:27

    “Tolibon” terrorchilarga Afg‘oniston hududidan boshqa davlatlarga qarshi harakatlar olib borishga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi

    15.08.2021, 15:09

    Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Kobul “Tolibon”ga tinch yo‘l bilan topshirilishiga va’da berdi

    15.08.2021, 14:47

    “Tolibon” Afg‘onistonda yana bir shaharni va Pokiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktini egalladi

    15.08.2021, 14:29

    “Tolibon” o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslikni buyurdi. Tashkilot va hukumat o‘rtasida Kobulga tinch yo‘l bilan kirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda

    15.08.2021, 13:44

    “Tolibon” Afg‘oniston poytaxti Kobulga hujum boshladi

    15.08.2021, 13:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.