Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda ikki nafar fokuschi pichoqlangani va jabrlanuvchilardan biri vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu hodisani tasdiqlagan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Namanganda bir yigit 150 ming so‘mni deb tanishini pichoqlab, o‘ldirib qo‘ygani, Jizzaxda uka akasini, qaynuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirgani, Gulistonda 17 yoshli bola tengdoshini pichoqlab qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi