Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyatining Qibray tumanida yashovchi oilaning 4 nafar a’zosi va yollanma ishchi o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistondagi zo‘ravonlikka qarshi “Nemolchi.uz” mustaqil nashri qotillik tafsilotlarini e’lon qildi.

Foto: “Nemolchi.uz”

Foto: “Nemolchi.uz”

Qayd etilishicha, qotillikni sodir etgan 24 yoshli Shoyadbek 26-iyul kuni Rossiyadan Toshkentga 29-iyul kuni qaytish chiptasi bilan uchib kelgan va qotillik sodir bo‘lgan mahallaga yo‘l olgan.

Qotil videokuzatuv kameralari bo‘lmagan joyda taksi to‘xtatib, o‘zi bilan ikkita qassob pichog‘ini olib uyga kelgan.

Birinchi zarbani eshik oldidagi uyda uxlab yotgan oilaning kenja qizi Madina olgan. Shoyadbek uni Malika bilan adashtirgan. Madinaning ovozidan otasi, akasi Qayum va yollangan ishchi yugurib keladi.

Qotil ularni ham pichoqlaydi va ko‘chaga otlanayotib, onasi va ikki bolasi bilan turgan Malikaga to‘rt marta pichoq bilan zarba beradi.

Keyin taksiga qaytib, haydovchiga qizning otasi unga hujum qilganini aytadi. Shoyadbekni tushunmagan taksi haydovchisi qonni yuvishga yordam beradi va unga qo‘shimcha kiyim beradi. Shundan so‘ng ular aeroportga yo‘l oladi.

Aeroportda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ko‘pligini payqagan Shoyadbek mashinani Qo‘yliq tomonga haydashni so‘raydi. Qotil u yerdan taksida Andijonga yo‘l oladi. Yo‘lda qotil hibsga olinadi.

Jinoyat sodir bo‘lgan joyga tez yordam mashinasi yetib keladi, unga o‘sha vaqtda tirik bo‘lgan ishchi ortiladi. Biroq u tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etadi. Viloyatda uning ikkita bolasi va homilador xotini qolgan.

Malikaning onasining so‘zlariga ko‘ra, ularning oilasi Shoyadbek bilan bir necha yil oldin tanishgan. U Malikaning kreditga olingan uyini ta’mirlab bergan. Bu vaqt ichida yigit bir necha bor Malikadan qarz so‘ragan. Shundan so‘ng yigit Malikaga boshqacha munosabatda bo‘la boshlagan va uning qo‘lini so‘ragan. Malika u bilan birga yashamasligini ma’lum qilgandan so‘ng Shoyadbek ayolning otasi oldiga boradi.

Shoyadbekni Malikaga uylanishdan maqsadi qarzni to‘lamaslik ekanini anglagan oila undan yuz o‘giradi.

Shundan so‘ng, Shoyadbek Rossiyaga jo‘nab ketadi va Malika oilasiga tahdid qila boshlaydi. Internetda u qiz va uning oilasi haqida haqoratli postlarni, pornografik fotosuratlarni montaj qilib tarmoqqa joylashtiradi.

Iyul oyida O‘zbekistonga qaytib Malika ishlaydigan ishxonaga borib ayolning hamkasblari oldida pichoq bilan unga tahdid qiladi. Keyin Malika ichki ishlar organlariga ariza yozadi, lekin huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hech qanday harakat bo‘lmaydi.

May oyida oila a’zolari tuman ichki ishlariga ham ariza yozadi, keyinroq portalga ham murojaat yuboradi (javobi hali ham kelmagan). Malikaning onasining so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar organlari Shoyadbekni Rossiyada ekanini aytib, hech narsa qila olmasliklarini ma’lum qilgan.

Foto: “Nemolchi.uz”

Foto: “Nemolchi.uz”

“Agar ichki ishlar organlarimiz xotin-qizlarning arizalariga qo‘l siltamasdan o‘z vaqtida munosabat bildirganda, haqorat, tuhmat, shantaj uchun gumonlanuvchining xorijga chiqqanini bahona qilmasdan qidiruvga berganda, O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining ‘o‘ldirish bilan qo‘rqitish’ 112-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilganda 5 kishi tirik qolgan bo‘lardi”, – deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, j” bandlari (o‘ta shafqatsizlik bilan ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu modda 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosini nazarda tutadi.

Dastlabki tergov viloyat prokuraturasining og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Volodin boshchiligidagi Rossiya parlament delegatsiyasini qabul qildi (foto)
Dunyo
Saakashvilining organizmida margimush topildi — advokat