• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olmaliq sobiq hokimining “poygachi” o‘g‘li ishtirokidagi bezorilik ishini ko‘rib chiqayotgan sudya jarayonning OAVda yoritilishini taqiqladi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi raisi Olmaliq shahri sobiq hokimi Usmon Rahimovning o‘g‘li bilan bog‘liq jinoyat ishining ochiq sud majlisini ommaviy axborot vositalarida yoritishni taqiqladi. Sudya mahkamada ishtirok etgan “Daryo” muxbirini, agar sud ishi OAVda yoritiladigan bo‘lsa, tegishli tartibda javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgan.

    Olmaliq sobiq hokimining o‘g‘li nima qilgandi?

    Olmaliq hokimi Usmon Rahimov o‘g‘li Dilshod sababli 2020-yilning sentabr—oktabr oylarida jamoatchilik e’tiboriga tushgan edi. Dastlab sentabr oyida Dilshod Mercedes-Benz ruli o‘rnatilgan Tracker avtomobilini Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab soatiga 150 kilometr tezlikda boshqarayotgani aks etgan videoyozuv tarqalgan edi. Ijtimoiy tarmoq faollari hokimning o‘g‘li yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun yuborilgan ma’muriy bayonnomalarni (poytaxt IIBB ma’lumotlariga ko‘ra, u ikki yil ichida 16 marta qoida buzgan) “kolleksiya” sifatida to‘plashiga e’tibor qaratgan edi; blogerlardan biri uni mashina boshqarish ko‘nikmasidan kelib chiqib, “potensial qotil” deb atagan edi.

    O‘shanda hokim Usmon Rahimov 20 yoshli o‘g‘lining harakati noto‘g‘ri ekanini tan olib, yuzaga kelgan vaziyatdan afsusdaligini, videodagi holat 4—5 avval sodir bo‘lganini bildirgan. “Bilmadim, balki noto‘g‘ri tarbiya berdimmi? Biror marta so‘kmaganman, unga qo‘l ko‘tarmaganman. Oilam bilan ko‘rishish uchun haftada bir uyga boraman... Tan olaman, u tezlikni oshirgan, shuning uchun endi rulga o‘tirmayapti”, — deya vaziyatga izoh bergan Rahimov.

    Oradan bir necha kun o‘tib, oktabr oyi boshida hokimning o‘g‘li uch nafar o‘rtog‘i — 20 yoshli Mirbosit M., 19 yoshli Elmurod D. va 20 yoshli Humoyunxon A. bilan birga ota-bolaga hujum qilganini tasdiqlovchi videoyozuv tarqalgan — videoda aks etgan voqea 8-iyun kuni Toshkentning Yakkasaroy tumanida yuz bergan. Yigitlar 56 yoshli Shavkat M. va uning 30 yoshli o‘g‘li Laziz M.ga tan jarohati yetkazgan. Bloger Nikita Makarenkoning qayd etishicha, yigitlar beysbol tayog‘i bilan Shavkat M.ning qo‘lini urib sindirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda hokimning o‘g‘li qo‘lida qandaydir qurol ko‘tarib turganini ko‘rish mumkin.

    Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu shov-shuvlardan 10 kuncha o‘tib, Usmon Rahimov Olmaliq hokimi lavozimidan ozod qilingan. Hokimni ishdan olishga bag‘ishlangan yig‘ilishda Toshkent viloyatining o‘sha vaqtdagi hokimi Rustam Xolmatov, jumladan, shunday degandi: “Rahbar odam o‘z shaxsiy hayotiga ham e’tiborli bo‘lishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishi lozim... Bu o‘rinda gap rahbarning har jihatdan el-yurtga o‘rnak bo‘la olishi haqida ketyapti”.

    Ayblanuvchi — jabrlanuvchi, jabrlanuvchi — ayblanuvchi

    Olmaliq sobiq hokimining o‘g‘li ishtirokidagi bezorilik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari pandemiya sababli vaqtincha to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, 2020-yilning 7-oktabr kuni — videoyozuv tarqalib ketganidan uch-to‘rt kun o‘tib — qaytadan boshlangan. Bungacha tergovga Humoyunxon A.ning otasi Akmal A. ham jalb etilgan edi. Ish bo‘yicha birinchi sud yig‘ilishi 2021-yil 19-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanida bo‘lib o‘tgan.

    Ushbu sud yig‘ilishida 8-iyundagi mojaroda kaltak yegan 56 yoshli Shavkat M. va uning o‘g‘li Laziz M. ayblanuvchiga, ularga nisbatan kuch ishlatganlikda gumon qilinayotgan sobiq hokimning o‘g‘li Dilshod I., uning o‘rtog‘i Mirbosit M. guvoh, Humoyunxon A. va uning otasi Akmal A. jabrlanuvchiga aylanib qolgani ma’lum bo‘lgan; jinoyat ishi kuch ishlatganlardan faqat Elmurod D.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan bo‘lib chiqqan.

    Sud tergov jarayonida ba’zi noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan tufayli ishni 2021-yil 14-aprel kuni qayta tergov o‘tkazish uchun bir oy muddatga prokuraturaga qaytargan. Yil boshidan beri mazkur ish yuzasidan 10 ga yaqin sud majlisi o‘tkazilgan.

    Xususan, 4-avgust kuni tergov natijalari bilan tanishtiruv bo‘lib o‘tgan. Advokat Lola Nosirovaning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, qayta tergov yakunlariga ko‘ra Elmurod D.dan tashqari Humoyunxon A., uning otasi Akmal A. va Olmaliq sobiq hokimining o‘g‘li Dilshod I. ham Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bezorilik) alomatlariga asosan ayblanuvchi deb topilgan.

    Shu bilar birga, yigitlardan kaltak yegan ota-o‘g‘il Shavkat M. va Laziz M. Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandiga asosan ayblanuvchi, ayni vaqtda ikkinchi tarafga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishda jabrlanuvchiga aylangan. Mirbosit M.ning guvoh maqomi o‘zgarishsiz qolgan.

    Sud ochiq, lekin OAV uchun (asossiz) yopiq

    Ish bo‘yicha 4- va 10-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan sud majlislari “Daryo” muxbiri tomonidan yoritilishiga jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi tomonidan qarshilik ko‘rsatildi. Xususan, muxbirning sud binosiga kirishiga to‘sqinlik qilgan sud xodimi jurnalist sudda tomonlarning bunga (sudda OAV vakili ishtirok etishiga) roziligi bo‘lgan taqdirdagina qatnasha olishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda sudda OAV vakili qatnashishiga ayblanuvchilar Humoyunxon A., Dilshod I., Akmal A., Elmurod D. va guvoh Mirsobit M. rozi bo‘lmagan.

    Sud raisi Alisher Jalilovning tushuntirishicha, ishning OAVda yoritilishi taraflardan birining qadr-qimmatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois sudya muxbirga yakuniy hukm chiqmagunicha sud ishi haqida hech qanday axborot tarqatmaslik haqida talab qo‘yib, sud yig‘ilishida faqat oddiy fuqaro sifatida qatnashishi mumkinligini tushuntirgan. Ammo sud raisi bunday qaror qanday asos bilan chiqarilgani yuzasidan “Daryo” muxbiriga ajrim berishdan bosh tortgan.

    Ma’lumot uchun: Qayd etish joiz, Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK) 19-moddasi 7-bandiga ko‘ra, sud sudlanuvchining va jabrlanuvchining yaqin qarindoshlarini, shuningdek boshqa shaxslarni yopiq majlislarda tekshiriladigan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirib, ularning bu majlislarda hozir bo‘lishiga ruxsat berishga haqli. Shuningdek shu moddaning 5-bandiga ko‘ra, ish sud majlisida yopiq ko‘riladigan taqdirda, bu to‘g‘risida sudning tegishli ajrimi chiqariladi.

    JPKning 19-moddasi 1-bandiga asosan, davlat sirlarini qo‘riqlash manfaatlariga zid keladigan, shuningdek jinsiy jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlardan tashqari boshqa barcha jinoyat ishlari oshkora ko‘rilishi kerak. Takror bo‘lsa-da, shuni eslatish o‘rinli: Olmaliq shahri sobiq hokimi Usmon Rahimovning o‘g‘li aloqador ish bezorilik moddasi bo‘yicha ochilgan — bu yerda na davlat sirlari va na jinsiy jinoyat bor. Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi prinsipini cheklaydigan qo‘shimcha talablarni joriy etish esa taqiqlangan.

    2021-yil 29-iyuldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga muvofiq, barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi; ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi; sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, OAV vakillari sud zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkin.

    Ushbu holatga Sudyalar Oliy kengashi tomonidan e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir.

    13.08.2021, 20:39   Izoh (0)   32963
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

    13.08.2021, 20:25

    Qashqadaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Lacetti yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 kishi vafot etdi

    13.08.2021, 20:10

    “O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha vaziyat yaxshilanmoqda” – Nurmat Otabekov

    13.08.2021, 19:24

    “Jinoyat kodeksiga Kelajakka xiyonat bobini qo‘shish kerak” — Alisher Qodirov

    13.08.2021, 19:09

    Foto: Navoiydagi gaz-zapravkaning portlashdan keyingi holati

    13.08.2021, 18:23

    Oqqo‘rg‘ondagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlangani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    13.08.2021, 18:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.