Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ijtimoiy tarmoqlarda idora raisi, muftiy Usmonxon Alimovning salomatligi to‘g‘risida tarqalgan turli xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Foto: Xalqaro press-klub

Ma’lum qilinishicha, Usmonxon Alimov salomatligini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalarini amalga oshirmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan muftiyning sog‘lig‘i muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o‘tkazilmoqda. Ta’kidlanishicha, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqaror.

“Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatamiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning iyulida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning ukasi Islomxon Alimov, dekabrida ukasi Sultonxon Alimov, 2020-yilning sentabrida esa yana bir ukasi Badriddinxon Alimov vafot etgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi