• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston ipoteka bozoridagi vaziyat qanday?

    2021-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston ipoteka bozorida kredit ko‘rsatkichlari ipoteka kreditlariga bo‘lgan yuqori talab hamda birlamchi bozordagi uy-joylar taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik ta’sirida shakllandi. Bu haqda Markaziy bankning ipoteka kreditlari sharhiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    1-iyul holatiga, ipoteka kreditlari qoldig‘i 30,8 trillion so‘mni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 25,2 foizga (6,2 trillion so‘mga) o‘sgan bo‘lsa, mazkur davrda ajratilgan ipoteka kreditlari esa 28,1 foizga kamayib, 3,5 trillion so‘mni tashkil etgan.

    Mazkur kamayish tendensiyasiga asosiy omillar sifatida ipoteka bozorida raqobat muhitini yanada rivojlantirish uchun joriy etilgan quyidagi:

    • 2020-yilgi maqsadli davlat dasturlaridan boshlab “Qishloq qurilish invest” IK ishtirokida bir qavatli arzon uy-joylar qurilishining to‘xtalishi;
    • “O‘zshahar qurilish invest” IK ishtirokida shaharlarda ko‘p kvartirali arzon uy-joylarning qurilishini moliyalashtirish potensial qarz oluvchilar mablag‘lari hamda qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishiga qaratilgan tartiblarni keltirib o‘tishimiz mumkin.
    Mazkur tartiblarning joriy etilishi markazlashgan mablag‘lar hisobidan uy-joy qurilishi uchun resurs mablag‘larini ajratishdan voz kechib, kelgusida aholiga ipoteka kreditlari berish uchun tijorat banklarini uzoq muddatli resurs mablag‘lari bilan ta’minlashga qaratilgan.

    Olti oyda “Qishloq qurilish invest” IK hamda “O‘zshahar qurilish invest” IK tomonidan qurilgan uylarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 19,8 foizni (698,2 milliard so‘m) tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48,8 foizga (2,66 trillion so‘mga) kamaygan.

    Shu bilan birga, mazkur davrda aholini uy-joy bilan ta’minlashning bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi doirasida ajratilgan ipoteka kreditlarining ulushi 6,7 foizdan (328 milliard so‘mdan) 47,9 foizga (1,68 trillion so‘mga) oshgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Bundan tashqari, ikkilamchi uy-joy bozorida ipoteka kreditlarini ajratish hajmi 10 barobardan ko‘proqqa oshgan. 2020-yil I yarim yilligida ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 1,3 foizni (63 milliard so‘m) tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yil I yarim yilligida ushbu ko‘rsatkich 18,6 foizgacha (656 milliard so‘mga) o‘sib, muhim tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilgan.

    Ipoteka kreditlari qoldig‘ining 157,6 milliard so‘mi (jami ipoteka krediti qoldig‘ining 0,5 foizi) 7 yil, 2,33 trillion so‘mi (7,6 foizi) 10 yil, 9,66 trillion so‘mi (31,4 foizi) 15 yil, 18,64 trillion so‘mi (60,5 foizi) 20 yilgacha ajratilgan ipoteka kreditlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

    2017—2021-yillar davomida ipoteka kreditlari qoldig‘i 3,6 barobarga (22,3 trillion so‘mga), ipoteka shartnomalari soni esa qariyb 2,2 barobarga (134,5 ming donaga) oshgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    I yarim yillik yakuni bo‘yicha jismoniy shaxslarga ajratilgan jami kreditlar qoldig‘i (61,8 trillion so‘m) tarkibida ipoteka kreditlarining ulushi 49,8 foizni, 2020-yilning teng davrida mazkur ko‘rsatkich mos ravishda 47,4 trillion so‘m va 51,9 foizni (24,6 trillion so‘m) tashkil etgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”
    Markaziy bank mazkur tendensiyani birinchi navbatda mamlakatda ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishi hamda pandemiya ta’sirida joriy etilgan karantin choralarining yumshatilishi natijasida ishlab chiqarish maqsadlari uchun kreditlarga bo‘lgan talabning ipoteka kreditlariga nisbatan ko‘proq o‘sishi bilan bog‘ladi.

    Har oltinchi kvartira — ipoteka asosida

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ayni vaqtda har oltinchi kvartira ipotekaga sotib olinmoqda. 2021-yil 6 oyida ipoteka kreditlari orqali rasmiylashtirilgan uy-joylarning (25 321 ta) jami ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalaridagi (163,4 mingta) ulushi 15,5 foizni, o‘tgan yilning mos davrida mazkur ko‘rsatkichning 22,9 foizini (32 422 ta) tashkil etib, 7,4 foizga kamaygan. Sirdaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida esa har to‘rtinchi kvartira kredit hisobidan sotib olingan.

    Hududlar kesimida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi tahlil qilinganda ularning eng yuqori ulushi Toshkent shahri (29 foiz), Toshkent (12 foiz), Farg‘ona (9 foiz), Samarqand (7 foiz) viloyatlarida shakllangan bo‘lsa, nisbatan past ko‘rsatkichlar Sirdaryo (2 foiz), Jizzax (2 foiz), Xorazm (4 foiz) hamda Navoiy (4 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    2021-yil I yarim yilligida ajratilgan ipoteka kreditlarining 61 foizi 5 ta hudud hissasiga to‘g‘ri kelib, bunda 28,2 foizi (994,3 milliard so‘m) Toshkent shahri, 9,3 foizi (328,2 milliard so‘m) Farg‘ona viloyati, 8,4 foizi (294,3 milliard so‘m) Andijon viloyati hamda 7,8 foizi (276,5 milliard so‘m) Samarqand viloyati hamda 7,1 foizi (248,7 milliard so‘m) Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga ajratilgan.

    Ipoteka kreditlarining 24 foizi (847,9 milliard so‘m) 18-30 yoshgacha, 70 foizi (2,468 trillion so‘m) 31-50 yoshgacha, 6 foizi (206,4 milliard so‘m) esa 50 yoshdan yuqori fuqarolarga ajratilgan.

    Ipoteka kreditlari portfeli sifatining yomonlashuvi

    6 oy natijalariga ko‘ra, jami ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha 90 kundan ortiq vaqt davomida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi miqdori (muammoli kreditlar) 480,0 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 364,2 milliard so‘mga, 2021-yil boshiga nisbatan esa 186,8 milliard so‘mga ko‘paygan.

    2021-yil 1-iyul holatiga ipoteka kreditlari qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga o‘sgan bo‘lsa, muammoli kreditlari miqdori esa 8 foizga oshgan.

    Markaziy bank mazkur holatni pandemiya tufayli aholi to‘lov qobiliyatining pasayishi hamda kreditlarni qaytarish bo‘yicha berilgan yengilliklar bilan izohlagan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Muammoli kreditlar miqdorining jami kredit qoldig‘iga nisbati 2020-yilning mos davriga nisbatan 2,9 foizdan 5,6 foizga oshgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich ipoteka kreditlari bo‘yicha 0,5 foizdan 1,6 foizgacha oshgan.

    Tahlillar muammoli kreditlar miqdorining (NPL) nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,3 foizni (66,1 milliard so‘m), Jizzaxda 3,3 foizni (50,6 milliard), Surxondaryoda 3,1 foizni (66,9 milliard so‘m), Andijonda 2,6 foizni (50,4 milliard so‘m) va Sirdaryoda 2,4 foizni (26,4 milliard so‘m) tashkil etayotganini ko‘rsatdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Tijorat banklari kesimida, muammoli kredit qoldig‘ining jami ipoteka krediti qoldig‘idagi ulushi “Milliy bank”da 3,8 foizga (135,5 milliard so‘m), “Asakabank”da 2,0 foizga (79,9 milliard so‘m), “Mikrokreditbank”da 1,6 foizga (4,2 milliard so‘m) hamda “Xalq banki”da 1,5 foizga (25,6 milliard so‘m) tengligi kuzatilgan.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston Qurilish vazirligi ipoteka kreditlari va yangi uy-joylar qurilishi haqida ma’lumot berdi
    • O‘zbekistonda uy olish va qurish uchun fuqarolarga 20 yilga kam foizli kreditlar hamda subsidiyalar beriladi

    12.08.2021, 16:56   Izoh (0)   29734
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida “Jiguli” haydovchisi 2-sinf o‘quvchisini urib yuborib, voqea joyidan ketib qoldi. Jabrlanuvchi hodisa joyida vafot etdi

    12.08.2021, 16:11

    Payariq tumani “to‘rtligi” ham almashdi. Hokim o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgan, o‘rniga viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

    12.08.2021, 15:55

    Xorazm bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    12.08.2021, 15:10

    O‘zbekistonda 13-avgust kuni ob-havo salqinlashadi

    12.08.2021, 14:54

    Toshkentda qovun-tarvuz sotuvchisi va IIB xodimlari o‘rtasida janjal aks etgan video yuzasidan izoh berildi

    12.08.2021, 14:24

    Abdulaziz Komilov koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ma’lum qilindi

    12.08.2021, 14:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.