• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “O‘g‘limning orzulari ushaldi. Afsuski, dadasi bu kunlarni ko‘rmadi”. Tokio Olimpiadasi sovrindorlarining onalari bilan suhbat

    Tokio shahrida o‘tgan to‘rt (besh) yillikning eng nufuzli musobaqasi ortda qoldi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar vatanga 5 ta medal bilan qaytdi. Olimpiadada sovrindor bo‘lish insonga qanday baxt va quvonch olib kelishi haqidagi har qanday izoh ortiqcha bo‘lishi mumkin. Lekin sportchilarning ushbu yutug‘ida ularning o‘zidan-da ko‘proq suyunadigan odamlar ham bor. Ha, shubhasiz, bu ularning ota-onalaridir. “Daryo” Tokio Olimpiadasi sovrindorlarining onalarini suhbatga tortib, ularning g‘alabadan keyingi ichki kechinmalari va quvonchi bilan qiziqdi.

    Nuriya Bobonova — Davlat Bobonovning onasi

    Nuriya Bobonova — Davlat Bobonovning onasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Avvalambor, hammaga assalomu alaykum. Davlatjon Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi, biz bundan juda xursand bo‘ldik. O‘g‘limni qo‘llab-quvvatlab turgan o‘zbek xalqiga rahmat. Hamma-hammaga rahmat aytmoqchiman. Biz bundan judayam quvondik. Ammo biz oltin medal kutgandik. Lekin mayli, Xudoga behisob shukr, u medalsiz qaytmadi. Davlatjon Tokioda turib, Parijda oltin olishga va’da berdi. Nasib etsa, maqsadiga erishadi. O‘g‘limning kurashlarini ko‘ra olmayman, bu juda og‘ir. Janglar tugagandan keyin hayajonimni bosib, yozib olinganini ko‘raman. Bu yil Davlatjon uchun juda omadli bo‘ldi, Osiyo chempioni bo‘ldi, Jahon chempionatida kumush medal oldi, Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi.Nuriya Bobonova, Davlat Bobonovning onasi

    Oksana Rashidova — Ulug‘bek Rashidovning onasi

    Oksana Rashidova — Ulug‘bek Rashidovning onasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    O‘g‘lim 6 yoshidan beri taekvondo bilan shug‘ullanadi. 19 yoshida Olimpiya chempioni bo‘ldi. Baxtimning cheki yo‘q. 13 yil davomida qilingan mehnat o‘z samarasini berdi, buning ortida katta mashaqqat va harakatlar yotibdi. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, hammasidan voz kechging keladi, biroq o‘g‘lim juda qat’iyatli yigit, u taslim bo‘lmadi va orzusiga erishdi. Ulug‘bek bu yo‘lda kun-u tun mehnat qildi. Mana, natija ham shunga yarasha bo‘ldi. Men barcha ota-onalardan farzandlarini sportga, ayniqsa, taekvondoga berishlarini so‘ragan bo‘lardim. Agar xohish bo‘lsa va mehnat qilinsa, 19 yoshda ham Olimpiada chempioni bo‘lish mumkinligi isbotlandi. Men bu yerda (aeroportda — “Daryo”) o‘tiribman-u, lekin hamon o‘g‘limning chempion bo‘lganiga ishonolmayapman. Bu tushuntirib bo‘lmas darajada katta quvonch.

    Ulug‘bekning futbolga o‘tib ketishiga bir baxya qolgani haqida

    Ulug‘bek mashg‘ulotlar bilan band bo‘lardi, uning tengqurlari esa ko‘chada futbol o‘ynardi, tabiiyki, Ulug‘bekka ham bu jarayon qiziq bo‘lgan. Shu tariqa u o‘zini futbolda ham sinab ko‘rgan. Futbol murabbiylari uni olib qo‘ymoqchi bo‘lgan, biroq u baribir taekvondoga qaytgan. Bunda Pavel Xanning xizmatlari juda katta. Biz undan minnatdormiz. U bizga oilamiz a’zosidek bo‘lib qolgan. Pavel — juda ajoyib murabbiy.

    Oksana Rashidova, Ulug‘bek Rashidovning onasi

    Mavzuga doir: Bryus Li, qiyin tanlov va u kutgan kun. O‘zbek sportida 19 yoshida tarix yoza olgan Ulug‘bek Rashidov hikoyasi

    Sabohat Jalolova — Bahodir Jalolovning onasi

    Sabohat Jalolova — Bahodir Jalolovning onasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Hozir judayam quvonchdaman, — deya gap boshlaydi Bahodir Jalolovning onasi Sabohat opa ko‘z yoshlarini artar ekan. — Sanoqli soniyalardan so‘ng bolam bag‘rimga qaytadi, quruq qo‘l bilan emas, Olimpiadaning oltin medali bilan. O‘g‘lim yuzi yorug‘ bo‘lib qaytyapti, bundan 3 yil avval u Prezidentimizga va’da bergan edi, u so‘zining ustidan chiqdi. Xalqimizning ishonchini oqladi. Bundan xursandman, o‘g‘lim bilan faxrlanaman.

    Bundan besh yil avval Bahodir Riodan medalsiz qaytgandi. O‘shanda turmush o‘rtog‘im vafot etgan paytlar edi, azador kiyimlarim bilan, qarindoshlarimning qistovi bilan Toshkentga kelgandim. “O‘g‘ling o‘ksinib qolmasin, orqasidan bor”, deyishgandi. O‘sha paytda men uni ovutish o‘rniga, u menga “siqilmang ona, hali hammasi yaxshi bo‘ladi”, deb va’da bergandi. O‘g‘lim chempion bo‘ldi, o‘g‘limning orzulari ushaldi. Afsuski, dadasi bu kunlarni ko‘rmadi, o‘g‘lim dadasining issiq yuzini ko‘rmadi.

    Bu darajaga yetishning o‘zi bo‘lmadi. Qancha mehnat, qancha sog‘inch hislari. Bahodirning bokschi bo‘lishini ham dadasi xohlagandi, o‘zi esa futbolchi bo‘lishni xohlagan. Ular yoshligidan birga o‘tirib, boks janglarini tomosha qilardi.

    Bilasizmi, shunday paytlar bo‘lganki, menga “bo‘ldi, kelinoyi, bolangizni olib keting, undan bokschi chiqmaydi. Uni tumaningizdagi maktabda o‘qiting”, deyishgan. Ammo To‘lqin Qilichev va Rustam Saidov uni olib qolgan.

    Internetda o‘qidim, Bahodir 2018-yildan beri yutqazmayotgan ekan, rosa xursand bo‘lib ketdim. Rus sharhlovchilari agar osmondan meteorit tushmasa, Bahodirni to‘xtatib bo‘lmaydi deyishdi. Bu ona uchun katta narsa. Yana o‘zimga o‘zim bolamga ko‘zim tegmasin ham deb qo‘yaman (kuladi). Chet elliklarni ham lol qoldirdi, bunday o‘g‘lim borligidan faxrlanaman. Bitta bo‘lsa ham, o‘nta o‘g‘ilning o‘rnini bosdi. Barcha o‘zbek onalariga chempionning onasi bo‘lishni tilayman.

    Sabohat Jalolova, Bahodir Jalolovning onasi

    Mavzuga doir: Tanqidlar, 5 yil kutilgan g‘alaba va ko‘z yoshlar. Onasiga bergan va’dasining ustidan chiqqan Bahodir Jalolov (fotogalereya)

    Madina Kumushova (Bekzod Abdurahmonovning opasi) va Nigora Tursunqulova (Bekzod Abdurahmonovning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i)

    Madina Kumushova (Bekzod Abdurahmonovning opasi) va Nigora Tursunqulova (Bekzod Abdurahmonovning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i)
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Ukam Bekzod bu yutuqlarga erishish uchun juda ko‘p qiyin yo‘llarni bosib o‘tdi. Buning tagida judayam katta mehnat, mashaqqat yotibdi. Ochig‘ini aytish kerak, hamma ham bu qiyinchiliklarga chiday olmaydi. Buni sport bilan shug‘ullanganlar biladi. Mana shu yutuqlar bilan ukamni tabriklayman. Kelajakda bu bronza oltinga aylanadi.

    Rio Olimpiadasida medal olishiga ozgina yetmay qolgandi. U shundan keyin ham to‘xtamadi va baribir medal olaman deb harakat qildi. Besh yil davomida tinimsiz mehnat qilib, mana shu natijalarga erishdi. Rioda medal ololmagandan keyin Bekzod anchagacha o‘ziga kelolmay siqilib yurdi, uyqusizliklar bo‘ldi. Lekin to‘xtamadi va oxiri niyatiga yetdi.

    Madina Kumushova, Bekzod Abdurahmonovning opasi

    Hafiza Jo‘rayeva — Akbar Jo‘rayevning onasi

    Hafiza Jo‘rayeva — Akbar Jo‘rayevning onasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Akbardan judayam xursandman, unga ishonardim. Biz buni bir umr orzu qilganmiz. Uning yutuqlarini ko‘rib, juda g‘ururlandim, u bilan faxrlanaman. Akbar har doim o‘z oldiga Olimpiada chempioni bo‘laman deb maqsad qo‘yardi. Orzusiga yetdi. Rahmatli otasi ham o‘g‘lining Olimpiya chempioni bo‘lishini xohlardi. U shu bilan to‘xtamoqchi emas va oldiga yana bir maqsad qo‘ydi: Akbar endilikda Parij Olimpiadasida ham qatnashib, g‘olib bo‘lmoqchi. O‘g‘lim juda kamgap va kamtar, shuning bilan birga o‘ziga juda ishonadi.

    Hafiza Jo‘rayeva, Akbar Jo‘rayevning onasi

    Bilol Erkin suhbatlashdi

    10.08.2021, 22:44   Izoh (0)   92098
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasman: Lionel Messi — “PSJ” futbolchisi

    10.08.2021, 19:04

    Tokio—2020 Olimpiadasida O‘zbekiston vakilini yengib, bronza medalini qo‘lga kiritgan Artur Nayfonov: u 17 yil avval Beslan voqealarida garovda bo‘lgan va o‘sha te...

    10.08.2021, 16:03

    Tokio Olimpiadasi oltin medal egalariga Tahoe va 4 sotixli hovli, bronza qo‘lga kiritganlarga esa Trailblazer va 2 xonali uy berildi

    10.08.2021, 01:08

    “Umrim davomida hech qachon bunaqa adolatsizlikni ko‘rmaganman”. Bosh vazir Abdulla Aripov Olimpiadadagi nohaqliklar haqida gapirdi

    09.08.2021, 23:06

    Bahodir Jalolov Tokio—2020 finali haqida: “Birinchi raundda kuchli zarba o‘tkazib yubordim. Juda og‘ir bo‘ldi”

    09.08.2021, 22:00

    Video: Tokio Olimpiadasining o‘zbekistonlik sovrindorlariga atalgan Tahoe va Trailblazer avtomobillari

    09.08.2021, 15:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.