• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jamoaviy immunitetga erishish ilojsiz, “Sputnik V” o‘zini to‘liq oqladi, chekish antitanalar miqdorini kamaytiradi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 204 027 000 kishini tashkil qilmoqda, vafot etganlar esa 4 314 598 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (36 million kishi), Hindiston (32 million), Braziliya (20,2 million), Fransiya (6,407 million) va Rossiya (6,404 million) eng oldinda bormoqda.

    Shuningdek, so‘nggi 28 kun ichida 16 151 732 kishida virus aniqlangan, 257 814 kishi vafot etgan. Bu davrdagi kasallanish holatlari bo‘yicha AQSh (2,1 million), Indoneziya (1,1 million), Braziliya (1 million) yetakchilik qilmoqda.

    Chilidagi Vilyarrika vulqoni

    Chilidagi Vilyarrika vulqoni
    Foto: “TASS”

    Oksford universitetining vaksinalar yaratish bo‘yicha guruhi rahbari professor Endryu Pollard koronavirusning delta shtammi tarqalayotgan bir paytda jamoaviy immunitetga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi. AstraZeneca ishlab chiqaruvchisi emlanganlar orasida ko‘proq tarqaladigan yangi shtamm paydo bo‘lishini kutmoqda.

    “Biz hozirgi shtamm bilan bog‘liq vaziyatdamiz, bunda jamoaviy immunitetning imkoni yo‘q, chunki bu shtamm emlanganlarga ham yuqmoqda. Fikrimcha, virus bizga yangi shtammni tashlaydi, u, ehtimol, emlanganlar orasida yanada ko‘proq tarqaladi”, — deya ma’lum qildi Pollard koronavirus bo‘yicha Britaniya partiyalararo parlament guruhiga. U vaksinatsiya dasturini jamoaviy immunitet atrofiga qurmaslikka chaqirdi.

    Endryu Pollardning ta’kidlashicha, qizamiq kasalligi bilan bog‘liq vaziyatda aholining 95 foizini emlash orqali kasallikni to‘xtatish mumkin. Delta shtamm esa emlanganlarga ham yuqishi mumkin.

    Mavzuga doir: JSST: 2021-yilda COVID-19’ga nisbatan jamoaviy immunitet paydo bo‘lmaydi

    “Sputnik V” vaksinasining konstruksiyasi bugungi kunda COVID-19’ga qarshi kurashda eng optimal va yuqori samarali hisoblanadi. Bu haqda Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Aleksandr Ginsburg ma’lum qildi.

    “Ikki vektorli komponentlar bilan emlash o‘zini oqladi. Biroq bu yerda qandaydir bashorat haqida gap ketmayapti, shunchaki jamoamizda Ebola va MERS (Middle East respiratory syndrome-related coronavirus — 2012—2013-yillarda pandemiyani keltirib chiqargan Yaqin Sharq sindromi)ga qarshi avvalgi vaksinalar bo‘yicha tajriba bor edi. Bir yil ichida ‘Sputnik V’ o‘zini to‘liq oqladi”, — dedi Ginsburg.

    U o‘zining “Sputnik V” haqidagi prognozlari ro‘yobga chiqqanini qayd etdi.

    “Hammasi ro‘yobga chiqayotgani kishini hayratda qoldiradi. Biz prezidentga bergan hisobotda aytgan hamma narsa, barcha prognozlar amalga oshmoqda. Va vaksinaning ushbu konstruksiyasi bugungi kunda eng optimal va yuqori samarali bo‘lib chiqishi borasidagi taxminlar ham to‘liq amalga oshmoqda”, — deya aniqlik kiritdi Ginsburg.

    Nima sababdan boshqa vektorli vaksinalar COVID-19’ga qarshi samarasizroq bo‘lib chiqqani haqida gapirar ekan, Ginsburg: “Birinchidan, ularda busting (kuchaytirish) yo‘q”, — dedi.

    “Shuni ham aytishdan qo‘rqmaymanki, bizning mamlakatda ‘Sputnik V’ uchun qo‘llaniladigan komponentlarni tozalash darajasi boshqa mamlakatlardagi vektorli vaksinalar ishlab chiqaruvchilari qo‘llaydigan tozalash texnologiyasidan ustunroq”, — dedi akademik.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yaqin orada yo‘lga qo‘yilishi aytildi

    Chekish koronavirusga qarshi emlangandan keyin organizmda antitanalar miqdorini kamaytiradi. Yaponiyaning Dokke va Jichi universitetlari olimlari emlangan tibbiyot xodimlarining qon namunalarini tekshirib, shunday xulosaga keldi.

    Mutaxassislar koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining ikkinchi komponenti bilan emlanganidan keyin uch oy o‘tib, 378 nafar tibbiy xodimning qon namunalarini tekshirdi. Shu tariqa, ekspertlar COVID-19’ga nisbatan himoya antitanalarining titrlari miqdorini aniqlamoqchi edi. Tahlil chog‘ida kasalliklar tarixi, yosh va zararli odatlar haqidagi ma’lumotlar hisobga olingan.

    Keyinchalik olimlar chekuvchilar va hech qachon chekmaganlarning tahlillarini qiyoslab ko‘rdi. Aniqlanishicha, birinchi guruhning qonidagi antitanalar konsentratsiyasi, jinsdan qat’i nazar, normadan 140-250 taga kamroq. Shuningdek, keksa ko‘ngillilarda IgG miqdori eng kam bo‘lgan.

    Immunologlar shunday xulosaga keldiki, chekishdan voz kechish koronavirusga qarshi vaksinaning individual samaradorligini yaxshilashi mumkin: zararli odatdan voz kechganlarda hujayra immuniteti mustahkamroq.

    Mavzuga doir: “Koronavirus chekuvchilar uchun o‘ta xavfli”. Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori izohi

    Shuningdek:
    • Portugaliyada 12-15 yoshli o‘smirlarni koronavirusga qarshi emlashga ruxsat berildi. Statistikaga ko‘ra, mamlakatda bu yoshdagi o‘smirlar soni taxminan 400 mingni tashkil etadi. Bu borada uzoq vaqt bahs-munozara olib borilgan, ammo oxir-oqibat Yevroittifoq va AQShdagi tadqiqotlarga tayangan holda vaksinalarni qo‘llash imkoniyati haqida qaror qabul qilindi.
    • Gruziya hukumati mamlakatda COVID-19 tarqalishi kuchaygani tufayli niqob rejimini qaytadan joriy qildi. 10-avgustdan ochiq va yopiq makonlarda, besh kishidan ortiq odam to‘planganida niqob taqish shart bo‘ladi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish obyektlarida ma’rakalar, to‘ylar va yubileylar o‘tkazish taqiqlangan bo‘lib, bu cheklovni buzganlik uchun birinchi marta obyekt egasi 3 ming dollar jarimaga tortiladi, ikkinchi martada esa obyekt xatlanadi.

    11.08.2021, 14:10   Izoh (0)   25018
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ozodlikni sevuvchi insonlar oxir-oqibat ozod bo‘ladi”. Bir emas, bir necha xalqlar qahramoni — Simon Bolivar

    11.08.2021, 14:00

    Qirg‘izistonda bolalar markazining xodimasi mijozga rus tilida murojaat qilgani uchun hujumga uchradi. Rossiya Davlat dumasi voqeaga munosabat bildirdi (video)

    11.08.2021, 13:26

    “Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarini nazorat qilmoqda — Sergey Shoygu

    11.08.2021, 12:24

    Yevroittifoq: “Tolibon” Afg‘oniston hududining 65 foizini egalladi

    11.08.2021, 11:44

    “Tolibon” AQShning Afg‘onistonda o‘tish davri hukumatini tuzish rejasiga qarshi chiqdi

    11.08.2021, 10:11

    “Misli ko‘rilmagan tabiiy ofat”: Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda (foto)

    11.08.2021, 08:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.