• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Ozodlikni sevuvchi insonlar oxir-oqibat ozod bo‘ladi”. Bir emas, bir necha xalqlar qahramoni — Simon Bolivar

    1783-yil 24-iyul sanasida Ispaniya hukmronligi ostidagi Lotin (Janubiy) Amerikasining Karakas shahrida keyinchalik butun qit’a ozodligi asoschisi Simon Bolivar dunyoga keladi. Butun bir davlat uning sharafiga nomlangan Simon Bolivar hayoti va faoliyati haqida quyida hikoya qilamiz.

    Simon Bolivar kim edi?

    Simon Bolivar Lotin Amerikasi xalqlarining Ispaniya zulmidan ozod bo‘lishida katta rol o‘ynagan venesuelalik harbiy va siyosiy lider, Janubiy Amerika xalqlari qahramoni. Bolivar Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Peru va Boliviya (ushbu davlat aynan Simon Bolivar sharafiga nomlangan) mustaqillikka erishishida ulkan yordam bergan va El-Libertador ya’ni “ozod qiluvchi” nomi bilan tanilgan. 1819-yildan 1830-yilga qadar o‘zi asos solgan Buyuk Kolumbiya respublikasining prezidenti. U mamlakatni garchi diktator sifatida boshqargan bo‘lsa-da Lotin Amerikasida demokratiya asoslarining  paydo bo‘lishiga muhim hissa qo‘shgan.

    Yoshlik yillari

    Simon Bolivar 1783-yil 24-iyul kuni hozirgi Venesuela davlati poytaxti Karakas shahrida, mahalliy aristokratlar oilasida dunyoga keladi. Bu paytda deyarli butun Janubiy Amerika qit’asi (Braziliyadan tashqari) Ispaniya hukmronligi ostida edi. Uning ota-onasi yoshligidayoq vafot etgan va Bolivar enagasi, o‘qituvchilari va oilasining do‘stlari homiyligida o‘sgan. Uning o‘qituvchilaridan biri Don Simon Rodriges bo‘lib, u Bolivarga ma’rifat, tenglik va ozodlik g‘oyalarini o‘rgatadi. Biroq Bolivarning 14 yoshligida ustozi Simon Rodriges Ispaniya hukmronligiga qarshi fitna uyushtirishda ayblanadi va mamlakatdan qochib ketishga majbur bo‘ladi. Keyinroq Bolivar Milicias de Veraguas harbiy akademiyasiga o‘qishga kiradi.

    Yevropadagi yillar

    1799-yil Bolivar o‘qishni tugatish uchun Ispaniya poytaxti Madridga keladi. Shu yerda u o‘zining aytishi bo‘yicha hayotida burilish yasagan Mariya Rodriges bilan uchrashadi. Juftlik ikki yildan so‘ng turmush quradi, biroq to‘ydan biroz o‘tib Mariya sariq isitma (amarillez) kasaliga chalinib vafot etadi. Aynan shu voqea Simon Bolivar hayotida muhim iz qoldiradi. U bu borada 1828-yil quyidagilarni aytgandi:

    “Vaziyatning qanday bo‘lganiga e’tibor bering: agar men so‘qqabosh qolmaganimda, ehtimol, hayotim boshqacha bo‘lardi, men general Bolivar yoki Libertador bo‘lmas edim”.

    Keyinchalik Bolivar Parijga ko‘chib o‘tadi va shu yerda u o‘zining siyosiy qarashlariga katta ta’sir o‘tkazgan Volter, Monteskye va Jak Russo ma’ruzalarini eshitadi. Shuningdek, Bolivarning Fransiyadagi yillari Napoleon Bonapartning taxtga o‘tirish davriga to‘g‘ri keladi. Napoleondan ruhlangan Simon uning mamlakatiga ham ana shunday yetakchi kerakligini tushunadi. Janubiy Amerikada besh yil bo‘lib qaytgan nemis geografi va sayohatshunosi Aleksandr fon Humboldt Bolivarga uning mamlakati mustaqillikka tayyor ekani, faqat buni amalga oshiruvchi yo‘lboshchiga ega emasligini aytadi. Bolivardagi mustaqillik haqidagi g‘oyalar intilish-harakatga aylanadi.

    Rimdagi Aventin tepaligiga tashrif buyurgan Simon Bolivar o‘z mamlakatini bosqinchilardan ozod qilmagunga qadar tinchimasligi haqida qasamyod qiladi.

    Simon Bolivar

    Simon Bolivar
    Foto: Google Images

    Ozodlik harakatining boshlanishi

    1807-yil AQSh orqali Venesuelaga qaytgan Simon Bolivar Lotin Amerikasi xalqlarining allaqachon mustaqillik haqida o‘ylayotganini ko‘radi. Napoleonning Ispaniyaga hujumi va qirollik oilasini taxtdan ag‘darishi janubiy amerikaliklarga mustaqillik e’lon qilish uchun qulay vaziyat yaratadi. Bolivar mustaqillik kampaniyasida faol qatnashadi va kampaniyani harbiy hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchilarni topish uchun 1810-yili Buyuk Britaniyaga yuboriladi.

    Oradan bir yil o‘tib Venesuelada mustaqillik muhokamasi boshlanganini eshitgan Bolivar vataniga qaytadi. U qat’iyan mustaqillikka ovoz beradi. 1811-yil 5-iyul kuni qizg‘in munozaralardan keyin Venesuela Milliy Assambleyasi mamlakat mustaqilligini e’lon qiladi. Bundan xursand bo‘lgan Bolivar o‘zining barcha qullarini ozod qiladi va G‘arbiy yarimsharda qullikni tugatishga chaqiradi.

    Biroq 1812-yil ispanlar Venesuela ustidan nazoratni qaytarib oladi, Bolivar Kartaxenaga qochib ketishga majbur bo‘ladi. Bu yerda u Venesuela xalqini Ispaniya hukmronligiga qarshi qayta bosh ko‘tarishga chaqirgan “Kartaxena manifesti”ni e’lon qiladi.

    Ozodlikni sevuvchi insonlar oxir-oqibat ozod bo‘ladi. Biz insoniyatning kichik dunyosimiz. Biz ikki okean bilan o‘ralgan, ilm-fan va san’atda yosh, ammo kishilik jamiyati sifatida qadimiy alohida dunyomiz. Biz hindu ham, yevropalik ham emasmiz, biroq ularning bir qismimiz.

    Simon Bolivar, Yamaykadan xat, 1815-yil

    Bolivar — “El Libertador”

    1813-yil Simon Bolivar Venesuelani Ispaniyadan ozod qiluvchi kuchlarning qo‘mondoniga aylanadi. Ispanlar bilan bo‘lib o‘tgan bir necha janglarda g‘alaba qozongan Bolivar 1813-yil 6-avgust kuni El-Libertador sifatida Karakasga kirib keladi. Hokimiyatni egallagan Bolivar davlatni diktatorlik tuzumida boshqara boshlaydi. Biroq birinchi respublikaning umri uzoq bo‘lmadi, ko‘pchilik venesuelaliklar yangi tuzum bilan kelisha olmaydi va ispanlarning barqaror boshqaruvini afzal ko‘radi. Natijada mamlakatda fuqarolar urushi boshlanadi hamda Ispaniya kuchlari Bolivarni mag‘lub etadi. Libertador yana qochishga majbur bo‘ldi.

    Bu safar Simon Bolivar mustaqillikning siyosiy qarashlarini tushuntirdi hamda Buyuk Britaniya va AQSh qo‘lloviga erishishga harakat qildi. Shuningdek, u xalqaro birdamlik va erkinlikni sevuvchi xalqlarning o‘zaro rishtalari haqida gapirib, ularni Lotin Amerikasi xalqlariga yordamga chaqiradi. Buyuk Britaniya va AQSh o‘z ichki muhitdan cho‘chib yordam bermagan bo‘lsa ham, Bolivarning chaqirig‘iga javoban polyak, serb, rus va boshqa xalqlardan ko‘ngillilar Janubiy Amerikaga yordamga keladi.

    1816-yilda Gaiti qo‘shinlari va ingliz askarlari ko‘magida Bolivar Venesuela qirg‘oqlariga tushishga muvaffaq bo‘ladi. Shu tariqa Bolivar Venesuelani ispanlardan ozod qiluvchi uzoq davom etgan “Yoqimli kampaniya”’ deb atalgan harakatini boshladi.

    Ushbu kampaniya davomida Bolivar o‘zining jangovar mahorati va kuchli yetakchilik qobiliyatlarini namoyish qiladi. Qattiq yomg‘irlarga qaramasdan u qo‘shinini loyli dalalar va And tog‘lari orqali olib o‘tadi. Dengiz sathidan minglab kilometr balanddan o‘tuvchi bu tor tog‘ yo‘laklarida ko‘plab askarlar halok bo‘ladi, ammo Bolivar yurishni davom ettirib And tog‘laridan o‘tib Bogotaga yurish qiladi. Bu yo‘ldan o‘tishning imkoni yo‘q deb hisoblagan ispanlar hujumni umuman kutmagandi. 1819-yil 7-avgust Boyaka jangida Bolivar ispan qo‘shinlarini tor-mor etadi va Bogotaga kirib keladi.

    Boyaka jangi

    Boyaka jangi
    Foto: Wikipedia

    Yana bir nechta kichik g‘alabalar orqali Bolivar Venesuela va Ekvadorni ozod qiladi, Shu tariqa u El-Libertador — Ozod qiluvchi deb atala boshlanadi.

    Buyuk Kolumbiya prezidenti

    Erishilgan g‘alabalardan so‘ng Simon Bolivar yangi Buyuk Kolumbiya (hozirgi Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peruning shimoliy va Braziliyaning shimoli-g‘arbiy hududlari) davlatining prezidentiga aylandi. Garchi mamlakatning katta qismi hali ham Ispaniyaga sodiq kuchlar nazorati ostida bo‘lsa-da, Ispaniyadagi 1820-1823-yilgi inqilobdan keyin ular ancha zaiflashadi va Bolivar qo‘shini ularning ustidan ketma-ket g‘alabalar qozonadi.

    1822-yilda Bolivar o‘zining eng yaxshi qo‘mondoni Antonio Xose de Sukre bilan Ekvadorning qolgan qismlarini ham ozod qilish uchun yurish boshlaydi. Yurish natijasida Peru ham ispanlardan ozod qilinadi. Argentinalik inqilobchi general Xose San-Martin Lotin Amerikasining janubiy qismlarini ozod qiladi va kuchlarini shimolga tashlaydi. Biroq argentinalik general shuhratparast Simon Bolivarga Peruning shimoliy qismini berishga qaror qiladi, chunki u Bolivarda ispanlarni yengish uchun harbiy va siyosiy kuch yetarli deb hisoblardi.

    1824-yilda armiyasi bilan muvaffaqiyatga qozongan Bolivar o‘n sakkiz mingdan ortiq ispanlarni asir oladi. Yuqori Perudagi so‘nggi qal’a 1825-yilda ispanlardan tortib olinadi. Va bu hudud Simon Bolivar sharafiga Boliviya deb nomlanadi.

    Buyuk Kolumbiya Respublikasi

    Buyuk Kolumbiya Respublikasi
    Foto: Wikipedia

    “Xalqlarimizning shonli kelajagi xalqlarmiz birdamligida!”

    Bolivarning Lotin Amerikasi respublikalari ittifoqi (AQSh kabi) tuzish g‘oyasini amalga oshirishning imkoni yo‘qligi tez orada namoyon bo‘ldi.

    Bolivar xuddi Napoleon kabi demokratik g‘oyalar va qattiq tartib o‘rnatish borasida ikkilanishga duch keladi. Bolivar demokratik qadriyatlarni yaxshi ko‘rardi, biroq faqat kuchli rahbargina mamlakatni birlashtirishi mumkin deya hisoblardi. Boliviya konstitutsiyasini yozar ekan, u ikki palatali parlament bilan cheklanmagan hokimiyatga ega prezident lavozimini ham joriy etadi. Simon Bolivar qullikka qat’iyan qarshi edi, ammo bu Buyuk Kolumbiyada qulchilikning tugashini anglatmadi. Chunki qulchilik Venesuela iqtisodiyotining muhim qismi edi.

    Bolivarda internatsional ruh juda kuchli bo‘lgan, Lotin Amerikasi mamlakatlari Federatsiyasini qurish uning orzularidan biri edi.

    Bizning xalqlarimizning shonli kelajagi bizning xalqlarmiz birdamligida!

    Simon Bolivar

    Bolivar davlatlar ittifoqi va birdamligi o‘zaro manfaatli bo‘lishiga ishongan, ammo bu g‘oya o‘z davridan ilgarilagan g‘oya bo‘lib chiqadi: faqatgina Kolumbiya Bolivarning birlashuv bo‘yicha takliflarini ratifikatsiya qiladi. Shu bilan umumiy armiya tashkil qilish bo‘yicha umidlar yo‘qoladi.

    Mamlakatning turli mintaqalarida ko‘pincha noroziliklar kelib chiqa boshlaydi, natijada Bolivar diktatorlik vakolatlaridan foydalanishga majbur bo‘lardi. 1828-yil suiqasddan qutulib qolgan Bolivar mamlakatlarni birlashtirib turish real vaziyatga mos kelmasligini tushunadi.

    Yetakchining so‘nggi yillari va vafoti

    1830-yili Simon Bolivar umrbod prezident bo‘lish vakolatidan voz kechib, lavozimidan iste’foga chiqadi. U Yevropaga safar qilishni niyat qiladi, lekin bunga ulgurmaydi, El-Libertador sil kasaliga chalinadi.

    Shu yilning dekabrida buyuk yetakchi, Lotin Amerikasi xalqlarining qahramoni, tarixda o‘chmas iz qoldirgan Simon Bolivar hayotdan ko‘z yumadi.

    Kolumbiyaliklar! Mening so‘nggi tilagim — Vatanim baxti! Agar mening o‘limim ichki kurashlarni to‘xtatish va ittifoqni mustahkamlashga hissa qo‘shsa, men tinchgina qabrga tushaman.

    Simon Bolivar

    Simon Bolivar, shubhasiz, buyuk inson edi, u doimo o‘z xalqi va mamlakati kelajagi uchun qayg‘urdi. Xalqining ozod bo‘lishida u hech qachon harakatdan to‘xtamadi. Garchi mamlakatni diktatorlik tuzumida boshqargan bo‘lsa ham Bolivar hech qachon mutlaq hokimyatini o‘rnatmadi, demokratik qadriyatlarga hurmat saqladi. Lotin Amerikasida qulchilikning tugatilishi va demokratiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Bugungi kunda Simon Bolivar Janubiy Amerika xalqlarining eng sevimli qahramoni hisoblanadi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    11.08.2021, 14:00   Izoh (0)   36519
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliyada kolaga ruju qo‘ygan erkak organizmidan 35 ta tosh chiqdi (video)

    Dunyo | 25 may, 20:37

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40

    Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

    Dunyo | 25 may, 17:11

    Xavi Osiyo qit’asiga qaytishi mumkin

    Sport | 25 may, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.