• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qirg‘izistonda bolalar markazining xodimasi mijozga rus tilida murojaat qilgani uchun hujumga uchradi. Rossiya Davlat dumasi voqeaga munosabat bildirdi (video)

    Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin 9-avgust kuni o‘z Telegram-kanalida Duma kengashi majlisida Qirg‘iziston Jogorku Keneshi spikeri Talant Mamitov nomiga murojaatnoma tayyorlash haqida qaror qabul qilingani haqida yozdi.

    Murojaatnoma Bishkekdagi MagicCity bolalar ko‘ngilochar markazidagi voqea bilan bog‘liq. U yerda 2-avgust kuni shirakayf erkak kassir qizning unga rus tilida gapirganidan norozi bo‘lib, unga hujum qilgan edi.

    Davlat dumasida qanday qaror qabul qilishdi?

    Volodinning so‘zlariga ko‘ra, Mamitovga qaratilgan murojaatda ular qizga qilingan hujum bilan bog‘liq vaziyatni uning o‘zi shaxsan nazorat qilishini so‘raydi. Volodinning aytishicha, tegishli topshiriq Davlat dumasining maxsus qo‘mitasiga berilgan.

    “Rus tili Qirg‘izistonda rasmiy maqomga ega ekani va bu nizom mamlakat konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganini hisobga olganda, bu birinchi marta sodir bo‘layotgan nomaqbul holat emas. Deputatlar javob ko‘rsatish choralarini ishlab chiqishni taklif qilmoqda, masalan, rus tilida so‘zlashuvchi fuqarolarga nisbatan shunday xatti-harakatlar amalga oshirishni o‘ziga ep ko‘rganlarga Rossiyaga kirishni taqiqlab qo‘yish”, — deb yozdi Volodin.

    Avvalroq bolalar ko‘ngilochar markazidagi hodisa yuzasidan Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Nikolay Udovichenko munosabat bildirgan edi.

    “Bishkekdagi bolalar markazlaridan birida navbatdagi maishiy millatchilik holatiga e’tibor berdim. Bunda salbiy tendensiyani ko‘rishni xohlamayman, ammo uni e‘tiborsiz qoldirish ham mumkin emas, deb hisoblayman. Milliy sovuqchilik asosidagi har qanday, ayniqsa, tajovuzkor xatti-harakatlarni qoralamay bo‘lmaydi, ular tinchlik va millatlararo totuvlikni saqlab qolish imkonini bermaydi”, — deb yozgandi elchi.

    Uning ta’kidlashicha, elchixona vaziyatni adekvat baholash uchun Qirg‘iziston hukumatiga murojaat qilmoqchi.

    Ko‘ngilochar markazda nima yuz berdi?

    5-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir video tarqaldi, unda MagicCity ko‘ngilochar markazida erkak kishi markaz xodimasiga hamla qilgan. Markaz ma’muri Timur Junusovning so‘zlariga ko‘ra, erkak unga rus tilida xizmat ko‘rsatilganidan norozi bo‘lgan.

    “Voqea 2-avgust kuni sodir bo‘ldi. Farzandi bilan kelgan mijozlarimizdan biri sarxush holatda bo‘lgan. U peshtaxta yoniga kelib, kassir qizga yuzlanganida u rus tilida gapira boshlagan. Erkak ancha tajovuzkorona tarzda qizdan faqat qirg‘iz tilida muomala qilishini talab qilgan. Qiz qirg‘izchalab gapira boshlagan, chunki bu tilni yaxshi biladi. Ammo bu mijozni qanoatlantirmagan, u qizga tarmashib olib, uni milliy belgilar bo‘yicha haqorat qila boshlagan. Unga tashlanib, tahdid qila boshlagan. Kutilmaganda peshtaxtadan kalkulyatorni olib, qizning boshiga otib yuborgan”, — dedi Junusov.

    Militsiya va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi nima qildi?

    Bishkek shahar Ichki ishlar boshqarmasi militsiya erkakni qidirib topganini hamda ushbu hodisani “Jinoyatlar va nojo‘ya xatti-harakatlar yagona reyestri” avtomatlashgan axborot tizimida “mayda bezorilik” sifatida ro‘yxatdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

    Sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan, ammo jabrlanuvchi “salomatligiga yetkazilgan zarar jiddiy bo‘lmagani sababli tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortgan”. Ammo ish bo‘yicha sudgacha tergov davom etmoqda.

    Keyinroq Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qizga hujum qilgan erkakka rasman ogohlantirish e’lon qildi. Qo‘mita qayd etishicha, konstitutsiyaga muvofiq, rus tili mamlakatda to‘la qonuniy asoslarda amal qiladi: qirg‘iz tili davlat tili, rus tili esa rasmiy til hisoblanadi.

    “Tana rangi, irqi, etnik va irqiy, milliy va diniy nafrat yoki dushmanlik asosida obro‘sizlantirish o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jinoiy jazoga loyiq xatti-harakat hisoblanadi”, — deya eslatdi qo‘mita.

    Hukumat qanday munosabat bildirdi?

    “Maishiy millatchilik bilan bog‘liq alohida holatlarni Rossiya Qirg‘izistonda etnik ruslarning huquq va manfaatlari tizimli ravishda buzilishi va ularga zulm qilinishi sifatida qabul qilmasligi kerak”, — dedi Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev Rossiyaning Bishkekdagi elchisi Nikolay Udovichenkoga.

    Vazirning eslatishicha, Qirg‘iziston — ko‘p millatli davlat va uning konstitutsiyasiga muvofiq, “hech kim jinsi, irqi, tili, etnik mansubligi, diniy e’tiqodi, yoshi, siyosiy va boshqa qarashlari bo‘yicha diskriminatsiyaga uchrashi mumkin emas”.

    U elchidan “ba’zi rossiyalik siyosatchilarning e’tiborini tarixiy do‘stona munosabatlar bilan bog‘langan ikki mamlakat o‘rtasiga sovuqchilik tushirishga urinayotgan ba’zi provokatsion unsurlarga yon bosgan holda bunday muammolar yuzasidan keskin bayonotlar berish va ularni jamoatchilikka olib chiqish nomaqbulligiga qaratishni” so‘radi.

    Vazirning ishontirishicha, Qirg‘izistonda rusofobiya va tajovuzkor millatchilikning boshqa shakllari yo‘q, tarixni qayta yozish, haykallar va rus tiliga qarshi kurashish holatlari yo‘q. U sobiq ittifoq makonida faqat Qirg‘iziston va Belarusda rus tili rasmiy til hisoblanishiga urg‘u berdi.

    Qirg‘izistonda rus tili bilan bog‘liq vaziyat qanaqa?

    2020-yil noyabrida Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy kengashi a’zosi Sadirdin To‘raliyev mamlakatda rus tilining rasmiy maqomini bekor qilish taklifi bilan chiqqandi. Bunga Qirg‘iziston yoshlari o‘z ona tilida gaplashmay qo‘yganini sabab qilib ko‘rsatgan. Ammo keyinroq Konstitutsiyaviy kengash rus tili rasmiy til sifatida qoldirilishini ma’lum qildi.

    Sadir Japarov 10-yanvar kuni o‘tkazilgan Qirg‘iziston prezidenti saylovida salkam 80 foiz ovoz olib g‘alaba qozondi. Shundan keyin u Qirg‘izistonda rus tili o‘zining rasmiy til maqomini saqlab qolishiga va’da berdi. Sadir Japarov Rossiyani ko‘p marotaba mamlakatning asosiy strategik sherigi deb atagan.

    Keyinroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston so‘zi” gazetasida chop etilgan “Ittifoqdoshlik aloqalari” maqolasida mamlakatda rasmiy tillardan biri, shuningdek, millatlararo muloqot tili bo‘lgan rus tilining maqomini o‘zgartirishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi chiqishini ma’lum qildi.

    “Rus tili — mamlakatda nafaqat rasmiy til, balki millatlararo muloqot tili hamdir. Men prezident hamda inson va fuqaro huquq, erkinliklari kafili sifatida bu masalada har qanday siyosiy manipulyatsiyalarga urinishlarga qat’iyan qarshiman”, — deb yozdi Japarov.

    Uning eslatishicha, rus tilining maqomi Qirg‘iziston konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, prezidentning ta’kidlashicha, bu til zamonaviy adabiyot, madaniyatni tushunishda cheksiz imkoniyatlarni ochib beradi.

    Bundan tashqari, Japarov o‘z maqolasida yozishicha, Rossiya bilan aloqalarni ittifoqdoshlik va strategik sheriklikning eng yuqori darajasiga chiqarish Qirg‘iziston milliy manfaatlariga javob beradi. “Ushbu yo‘nalishga respublika tashqi siyosatida asosiy joy ajratiladi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

    Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda ruslar respublikada milliy guruh sifatida son bo‘yicha qirg‘izlar va o‘zbeklardan keyingi o‘rinni egallagan. 6,5 million aholining qariyb 345 ming nafarini ruslar tashkil etadi.

    11.08.2021, 13:26   Izoh (0)   44852
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralarini nazorat qilmoqda — Sergey Shoygu

    11.08.2021, 12:24

    Yevroittifoq: “Tolibon” Afg‘oniston hududining 65 foizini egalladi

    11.08.2021, 11:44

    “Tolibon” AQShning Afg‘onistonda o‘tish davri hukumatini tuzish rejasiga qarshi chiqdi

    11.08.2021, 10:11

    “Misli ko‘rilmagan tabiiy ofat”: Gretsiyada o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda (foto)

    11.08.2021, 08:39

    “Tolibon” Afg‘onistondagi yana bir shaharni egalladi

    11.08.2021, 08:08

    Sitsiliya orolidagi Etna vulqoni faollashdi (video)

    11.08.2021, 07:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.