• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Belarusda saylovlardan keyingi norozilik namoyishlari boshlanganiga bir yil to‘ldi. Lukashenko raqiblariga nima bo‘ldi?

    Aleksandr Lukashenkoning 2020-yil 9-avgustda prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani, mamlakatda fuqarolarning hukumatga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazishiga sabab bo‘lgandi. Namoyishlarda ishtirok etganlarga nisbatan 4 mingtadan ziyod jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “RBK” nashri hukumatga qarshi chiqqan jamoat faollarining taqdiri qanday kechgani haqida maqola tayyorladi.

    Viktor Babariko

    Viktor Babariko
    Foto: AP Photo

    Viktor Babariko

    Viktor Babariko 2020-yil may oyida prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqida e’lon qilishidan oldin 20 yil davomida Belgazprombankga (Rossiyaning “Gazprom” hamda “Gazprombank” kabi tashkilotlariga o‘xshash muassasa) rahbarlik qilgan.

    Saylovoldi kampaniyasi vaqtida bankir muxolifat vakili sifatida qariyb 370 mingta imzo yig‘di, shundan 165 mingtasi haqqoniy deb topildi, ammo u saylovlarda qatnashish uchun o‘z nomzodini qo‘yishga ulgurmagan. Markaziy saylov komissiyasi Babarikoning daromadlar va mulk haqidagi deklalaratsiyasini haqiqatga mos emas deb topib, uning nomzodini ro‘yxatga olishni rad etgan. 2020-yil 18-iyunda Babariko hibsga olindi. U o‘rinbosarlari bilan birgalikda jinoiy guruh tuzib, biznes uchun doimiy ravishda pora olgani, bankdagi rahbarlik vakolatlarini suiiste’mol qilgani aytilgandi. Jinoyat ishi mamlakat Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqildi, oqibatda himoyachilar appelyatsiya berish imkoniyatidan ham mahrum bo‘ldi. 2021-yil 6-iyulda Babariko 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U jinoyatlarga aloqadorligi, aybdorligini tan olmagan.

    Eduard Babariko

    Eduard Babariko
    Foto: Facebook / eduard.babariko

    Eduard Babariko

    30 yoshli Eduard Babariko otasining saylovlardagi ishtiroki uchun imzo to‘plash tashabbuskorlar guruhiga rahbarlik qilgan. Uni va Babariko shtabining yana bir nechta a’zosini bir kunda — 2020-yil 18-iyunda hibsga olishgan. Shu kuni shtab a’zolari saylovlarda ishtirok etish uchun to‘plangan imzolarni MSKga topshirmoqchi bo‘lgan. O‘tgan yili 21-iyunda kichik Babarikoga saylovlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda bu orqali davlatga katta miqdorda ziyon yetkazish ayblovi qo‘yildi. Ushbu jinoyat ishi Viktor Babariko ishiga aloqador emas. Kichik Babariko bir yildan ortiq vaqtdan buyon Milliy xavfsizlik qo‘mitasining tergov qamog‘ida saqlanmoqda va besh yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    Mariya Kolesnikova

    Mariya Kolesnikova
    Foto: AP Photo

    Mariya Kolesnikova

    2020-yil iyul oyi o‘rtalarida Lukashenkoning saylovlardagi barcha raqobatchilari yo Viktor Babariko va Sergey Tixanovskiy kabi hibsga olingan yoki Valeriy Sepkalodek ta’qibdan yashirinib, xorijga qochib ketgan. 16-iyulda yuqoridagi uch nafar nomzodning shtablari muxolifatning yagona vakili – Svetlana Tixanovskaya atrofida birlashdi. Yangi saylov kampaniyasining diqqat markazida uch ayol — Tixanovskaya, Sepkaloning rafiqasi Veronika va Viktor Babariko shtabi koordinatori Mariya Kolesnikova qoldi.

    Kolesnikova — professional fleytachi, 2007-yildan beri Germaniyada yashagan va ishlagan. Biroq 2017-yilda Minskga qaytgan hamda Viktor Babariko tashabbusi bilan tuzilgan art-makonga (madaniyat muassasasi) rahbarlik qilgan.

    Veronika Sepkalo saylovlar boshlanguniga qadar mamlakatdan chiqib ketgan. Svetlana Tixanovskaya ham 2020-yil 11-avgustda Belarusdan chiqib ketishga majbur bo‘lgani haqida gapirgan. Bu uchlikning uchinchi vakili Kolesnikova o‘tgan yili sentabrda hibsga olingan va Ukrainadan kuch bilan qaytarishga urinilgan. Ammo oxirgi daqiqalarda ayol o‘z pasportini yirtib tashlashga ulgurgan. Yakunda u ham tergov qamog‘iga olingan. 16-sentabrda Kolesnikovaga Belarus xavfsizligiga tahdid uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat etish ayblovi qo‘yildi. 2021-yil 4-avgustda unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha yopiq sud boshlandi. Ayol 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    Svetlana Tixanovskaya

    Svetlana Tixanovskaya
    Foto: Getty Images

    Svetlana Tixanovskaya

    Svetlana Tixanovskaya dastlab prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ishtirok etdi, keyinchalik vaziyat o‘zgarib ketishi oqibatida Belarus muxolifatining yetakchisiga aylandi. Prezidentlik uchun uning turmush o‘rtog‘i – Sergey Tixanovksiy kurash olib bormoqchi edi, biroq u 2020-yil 29-mayda hibsga olingan. O‘shanda Svetlana erining o‘rniga o‘z nomzodini ilgari surgan. “Bu ishni sen va senga ishonib, ortingdan ergashgan odamlar uchun qilyapman”, — degan edi Tixanovskaya nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan vaqtida.

    U saylovlarda texnik nomzod sifatida ishtirok etayotganini bildirgan, uning dasturi qisqa bo‘lib, atigi beshta banddan iborat edi. Vazifalar orasida saylovlardan keyin yana qaytadan saylov o‘tkazish, siyosiy mahbuslarga amnistiya berish hamda barcha nomzodlarning siyosiy tadbirdagi ishtirokini ta’minlash masalalari qamrab olingandi.

    2020-yil 11-avgustda Tixanovskaya Lukashenko hukumati ta’qibidan qochib, Belarusni tark etdi va Litvaga ko‘chib o‘tdi. U muxolifat yetakchisi hisoblanadi. Oxirgi bir yil ichida Tixanovskaya 30 dan ziyod dunyo mamlakatlarining yetakchilari, jumladan, AQSh prezidenti Jo Bayden hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bilan uchrashdi.

    Sergey Tixanovskiy

    Sergey Tixanovskiy
    Foto: Reuters

    Sergey Tixanovskiy

    Sergey Tixanovskiy siyosiy faoliyatini 2019-yil bahorida boshlagan. U YouTube’da “Mamlakat hayot uchun” deb nomlangan kanal ochgan (Belarus hukumati 2021-yil iyulda ushbu resursni ekstremistik deb topgan). Tixanovskiy videoroliklarda mamlakatdagi ijtimoiy muammolar haqida hikoya qilgan va amaldorlar ishiga tanqidiy munosabat bildirgan. 2020-yil may oyida u prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi ekanligini e’lon qilgan. Tixanovskiy Aleksandr Lukashenkoni keskin tanqid qiluvchi raqiblaridan biri edi va Korney Chukovskiy ertagidan ilhomlanib “To‘xta, suvarak!” shiorini ommalashtirgan.

    U 2020-yil 29-mayda Grodno shahrida imzo yig‘ish vaqtida qamoqqa olingan. Shu yili 24-iyunda Sergey Tixanovskiy ishi bo‘yicha sud boshlandi. Sud Jinoyat kodeksining to‘rtta moddasi: ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirish, jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzuvchi harakatlarni tashkillashtirish, amaldagi saylov huquqiga to‘sqinlik qilish va xalq orasida norozilik kayfiyatini shakllantirish ishlari bo‘yicha ayblanmoqda. Mazkur ayblovlar bo‘yicha Tixanovskiy 15 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    Pavel Latushko

    Pavel Latushko
    Foto: Getty Images

    Pavel Latushko

    Pavel Latushko 2020-yildagi saylovlargacha Belarusning sobiq madaniyat vaziri, Fransiya, Ispaniya va Portugaliyada mamlakatning sobiq elchisi sifatida tanilgan edi. 2019-yilda u Yanki Kupala nomidagi milliy akademik teatrga rahbarlik qilgan. Ommaviy namoyishlar vaqtida 2020-yilda u zo‘ravonlikni qoralagan, ichki ishlar vaziri Yuriy Karayevni va MSK rahbari Lidiya Yermoshinaning iste’fosini so‘ragandi.

    O‘tgan yili 19-avgustda Latushko hukumatni qabul qilib olish bo‘yicha muxolifat muvofiqlashtiruvchi kengashi ijroiya qo‘mitasi raisligiga saylandi. 2020-yil sentabrda mamlakatni tark etib, Polshaga qochib ketdi. U yerda Latushko Belarusni inqirozdan olib chiqish strategiyasini ishlab chiquvchi Milliy inqirozga qarshi kurash boshqarmasini tuzdi.

    Muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi

    Muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi ijro qo‘mitasining a’zosi Olga Kovalkova, yurist Maksim Znak, Minsk traktor zavodidagi ish tashlash yetakchisi Sergey Dilevskiy Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi matbuot anjumanida

    Muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi ijro qo‘mitasining a’zosi Olga Kovalkova, yurist Maksim Znak, Minsk traktor zavodidagi ish tashlash yetakchisi Sergey Dilevskiy Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi matbuot anjumanida
    Foto: “TASS”

    Belarusda saylovlardan keyin ommaviy namoyishlar boshlanib ketgach, Svetlana Tixanovskaya mamlakatni tark etdi. Belarus muxolifati esa muvofiqlashtiruvchi kengash tuzilganini e’lon qildi. Lukashenko muxolifatchilari prezident bilan muloqot o‘rnatishga urindi. Kengashning ijro qo‘mitasiga yetti nafar a’zo — Mariya Kolesnikova, Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Alekseyevich, huquqshunoslar Olga Kovalkova, Maksim Znak va Liliya Vlasova, Minsk traktor zavodidagi ish tashlash koordinatori Sergey Dilevskiy hamda Pavel Latushko kirgan.

    Yettilikning yarmi tergov qamog‘ida (Kolesnikova, Znak, Vlasova), qolganlar esa mamlakatdan chiqib ketgan (Alekseyevich, Dilevskiy, Kovalkova, Latushko).

    Aleksandra Gerasimenya

    Aleksandra Gerasimenya
    Foto: Reuters

    Aleksandra Gerasimenya

    Aleksandr Lukashenko siyosatiga qarshi bir qancha sportchilar, milliy terma jamoalari a’zolari va Olimpiada g‘oliblari ham bayonot bergan. 2020-yil avgustda namoyishlarni kuchishlatar tizimlar vakillari tomonidan shafqatsiz ravishda bostirilishga urinilishi oqibatida yuzlab sportchilar va soha vakillari saylovlarni qayta o‘tkazishni talab qilib, xat imzolagan va uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Imzolovchilar orasida suzuvchi Aleksandra Gerasimenya ham bor.

    U 2012-yilda bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida ikkita kumush medal, Rio-2016 Olimpiadasida esa 50 va 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, Jahon va Yevropa chempionatlarida 50 metrga va qisqa masofaga (25 metr) suzish yo‘nalishlarida bir necha marta oltin medallarni yutib olgan.

    O‘tgan yili oktabrda sportchi mamlakatni tark etdi va siyosiy muxolifatni himoya qilgan atletlarga yordam beruvchi Belarus sport birdamligi fondining rasmiy vakiliga aylandi. 2021-yil aprelda unga qarshi jinoyat ishi ochildi, sportchi Belarusdagi vaziyat haqida yolg‘on axborotlar tarqatganlikda ayblanmoqda.

    Foto: “Spring96.org”

    “Vesna” huquqni himoya qilish markazi

    2021-yil 14-iyulda “Vesna” huquqni himoya qilish markazi rahbari Ales Belyastkiy (yuqoridagi suratda o‘ngda), uning o‘rinbosari Valentina Stefanovich (chapda) va markazning boshqa xodimlari hibsga olingan. Shu kuni mamlakatdagi o‘nlab huquq himoyachilari, faollar va jurnalistlarning uylarida tintuvlar o‘tkazilgan. Huquq-tartibot idoralarining vakillari Belarus Xelsinki qo‘mitasi, Belarus jurnalistlar assosiatsiyasi, “Imena” xayriya loyihasining va boshqa tashkilotlarning ofisiga kelib tintuvlar qilgan.

    “Vesna” — Belarusdagi eng keksa huquqni himoya qiluvchi nodavlat tashkilotlardan biri. Markaz 1996-yilda tashkil qilingan, 2003-yilda davlat ro‘yxatidan chiqarilgan. Markaz rahbari Ales Belyatskiy 2010-yildagi prezidentlik saylovlaridan keyin hibsga olingan. 2011-yilda soliqlarni to‘lashdan bosh tortishda ayblanib 4,5 yilni koloniyada o‘tkazgan, 2014-yilda muddatidan avval ozodlikka chiqarilgan. 2020-yilda Belyatskiy va boshqa huquq himoyachilariga “Fikr erkinligi” uchun Yevroparlamentning Saxarov mukofoti berilgan.

    2020-yil avgust voqealaridan keyin “Vesna” markazi mamlakatdagi siyosiy mahbuslar sanog‘ini yuritishni boshladi va ularning soni 600 nafardan oshib ketdi.

    Foto: Reuters

    Mustaqil OAV va jurnalistlar

    2020-yil avgustdagi voqealardan so‘ng Belarusda 70 dan ziyod mustaqil OAVga taqiq qo‘yildi. Rossiya OAV ham muammolarga duch kelgan, xususan, “Komsomolskaya pravda” gazetasining mamlakatdagi filiali norozilik namoyishlarini yoritgani tufayli Belarusda chop etilmayapti, mushtariylar gazetani Rossiyadan olib o‘qishga majbur bo‘lgan.

    2021-yil 18-mayda mamlakatdagi eng ommabop “Tut.by” internet-nashrining rahbar va xodimlariga soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovi qo‘yildi. Nashrni Baynetning 60 foiz qismi — taxminan 3 millionga yaqin internet foydalanuvchisi kuzatib borardi. Jinoyat ishi bo‘yicha 15 nafar odam, jumladan, nashrni 2004-yilda tashkil qilinganidan buyon boshqarayotgan bosh muharrir Marina Zolotova hibsga olingan.

    Shuningdek, shu kuni “Tut.by” jurnalisti Yekaterina Borisevich ozodlikkda chiqarilgan. Jurnalist o‘tgan yili noyabrda hibsga olingan, 2021-yil martda esa olti oylik koloniya qamog‘i jazosini olib, namoyishlar vaqtida urib o‘ldirilgan Roman Bondarenko haqidagi qaydlari uchun jazoga tortilgandi. Ayni vaqtda “Belsat” jurnalistlari Darya Chultsova va Yekaterina Andreyeva ham ikki yillik qamoq jazosini o‘tamoqda, ular fevral oyida Minskda namoyishlar tashkil qilganlikda aybdor deb topilgan, ular mitingdan strim efir olib borgandi.

    Roman Protasevich

    Roman Protasevich
    Foto: Reuters

    Roman Protasevich

    Saylovlardan keyingi dastlabki bir nechta hafta davomida Nexta va boshqa Telegram-kanallar Belarusdagi norozilik namoyishlarining asosiy alangalantiruvchi manbasiga aylandi. Saylovlardan bir necha kun o‘tgach Nexta kanali obunachilari soni 300 mingdan 1 milliongacha ko‘paydi va resurs eng ko‘p o‘qiladigan rus tilidagi Telegram-kanalga aylandi. Kanal 2015-yilda 17 yoshli Stepan Putilo tomonidan yaratilgan. Putilo u vaqtda Polshaga ko‘chib o‘tgandi. Roman Protasevich ham kanal bosh muharriri bo‘lganidan keyin 2019-yil oxirida Polshada yashay boshlagan va Belarus hukumatining ta’qibi tufayli Varshavaga siyosiy boshpana berishni so‘rab murojaat yo‘llagan.

    Nexta’da ish boshlashidan avval Protasevich Belarusdagi bir nechta OAV — Tut.by, Onliner.by, “Yevroradio”, “Komsomolskaya pravda” va “Radio Svoboda”ning Belarus tahririyatlari va boshqa nashrlarda ishlagan.

    2021-yil 23-mayda Afinadan Vilnyusga uchgan Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasiga qarashli FR4978 samolyoti minalashtirilgani haqidagi axborotdan keyin Minsk milliy aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Havo kemasi bortida bo‘lgan Protasevich hamda uning sevgan qizi Sofya Sapegu hibsga olindi. Protasevich Belarus muxolifatining harakatlaridan ko‘ngli qola boshlagani haqida gapirganidan keyin unga nisbatan jazo chorasi uy qamog‘iga almashtirildi.

    Foto: Instagram / dudinski_denis

    Teleboshlovchilar

    Belarusda norozilik namoyishlari boshlangach, mamlakatdagi davlat telekanallarida faoliyat olib boruvchi xodimlar — operatorlar, rejissorlar, muharrirlar va yana o‘nlab boshlovchilar ishdan bo‘shab ketdi. “Belarus-1” telekanalidagi “Arsenal” harbiy ko‘rsatuvi boshlovchisi Vladimir Burko, kechki tok-shou boshlovchisi Yevgeniy Perlin, boshlovchi Denis Dudinskiy (suratda) ishdan bo‘shadi. Dudinskiy Belarus ko‘ngilochar dasturlarida 2005-yildan beri ishlab kelardi. U 2006-yilda Vitebskda “Slavyanskiy bazar” xalqaro san’at festivalining doimiy boshlovchisi bo‘lgan.

    2020-yili sentabrda Dudinskiy ham norozilik namoyishlarida ishtirok etganlikda ayblanib hibsga olingan. 2021-yili 2-iyunda Dudinskiy va uning rafiqasi kuchishlatar tizim vakillari tomonidan soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha tekshirilgan. Ushbu voqeadan keyin oila Ukrainaga ko‘chib ketdi.

    10.08.2021, 14:56   Izoh (0)   35794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT Afg‘onistondagi tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

    10.08.2021, 14:26

    Bill Geyts rafiqasi bilan ajrashgandan so‘ng eng boy odamlar reytingida beshinchi o‘ringa tushib ketdi

    10.08.2021, 13:25

    “Tolibon” Afg‘onistonda egallab olgan viloyat poytaxtlari soni 6 taga yetdi

    10.08.2021, 12:10

    Londondagi Tauer ko‘prigi texnik nosozlik tufayli ko‘tarilgan holatda qolib ketdi (video)

    10.08.2021, 11:39

    Xitoy Gonkongdagi muxolifatga uzoq vaqt toqat qilib keldi, ammo endi uzil-kesil uning tanobini tortishga qaror qildi. Shahar-davlatda demokratiya qanday uyg‘onib,

    10.08.2021, 08:08

    BMT erta nikoh qurish holatlarini qoraladi

    10.08.2021, 07:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.