• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT Afg‘onistondagi tomonlarni zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining insonparvarlik yordami koordinatori Martin Griffits Afg‘onistondagi tomonlarni zudlik bilan sulhga chaqirdi, deb yozadi “Interfaks”.

    Foto: Unsplash

    Foto: Unsplash

    “Afg‘onistonlik bolalar, ayollar va erkaklar har daqiqada o‘z hayoti uchun xavf tug‘diradigan sharoitda yashamoqda va ko‘p qiyinchiliklarga duch kelmoqda. O‘tgan bir oy mobaynida Helmand, Qandahor va Hirot viloyatlariga tartibsiz hujumlar oqibatida kamida ming kishi halok bo‘ldi”, — deydi Griffits, BMT saytidan iqtibos keltirgan holda.

    “Men bugun BMT bosh kotibi va Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan hamfikrlikda tinch aholiga qilingan hujumlarni keskin qoralayman, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiraman”, — deyiladi Griffits bayonotida.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, gumanitar tashkilotlar Afg‘onistonda qolib, afg‘on xalqiga yordam berishda davom etadi.

    “Ular betaraflikni saqlaydi va o‘z vazifalarini xolis bajaradi, lekin ularga aholiga tovar va yordamlarni hech qanday to‘siqsiz yetkazib berishi uchun ruxsat va kafolat kerak”, — deya qo‘shimcha qildi BMTning yuqori lavozimli mulozimi.

    Griffits xalqaro qonun ziddiyat ishtirokchilarining barchasiga tinch aholini himoya qilish va insonparvarlik yordamidan foydalanishni ta’minlash majburiyatini yuklaganini eslatib o‘tdi.

    “Afg‘onistonning xavfsiz va farovon kelajagi tinchlik muzokaralarining muvaffaqiyatli bo‘lishiga bog‘liq”,— deydi Griffits.

    Shu bilan birga, YuNISEF Afg‘onistondagi vaziyatning keskin yomonlashayotganidan ham hayratda, ham g‘azabda ekanini bildirdi: “Oxirgi 72 soat ichida Qandahor viloyatida kamida 20 bola halok bo‘ldi, 130 bola yaralandi, Xostda ikki bola yaralandi, Paktiya viloyatida 5 bola halok bo‘ldi, 3 bola jarohat oldi”.

    “Bu shunchaki raqamlar emas”, — deyiladi BMT Bolalar fondi bayonotida.

    “Har bir o‘lim va jismoniy azob-uqubat — bu fojia, biz kimningdir sevimli qizlari va o‘g‘illari, aka-uka, opa-singillari, qarindoshlari va do‘stlari haqida gapiryapmiz. Urishayotgan tomonlar bu bolalarning muhofazalanish huquqini qo‘pol ravishda buzib, xalqaro qonunlarni e’tiborsiz qoldirdi ”, — deyiladi BMT saytida e’lon qilingan bayonotda.

    “Tolibon” 9-avgust kuni Afg‘oniston shimolidagi Samangan viloyati markazi Aybak shahrini o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda ushbu viloyat gubernatorining o‘rinbosari Sefatulloh Samanganiyga tayanib, g‘arb matbuoti xabar qilgan.

    OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda “Tolibon” tomonidan qo‘lga olingan viloyat markazi miqyosidagi oltinchi shahar. Aybak masalasida mahalliy oqsoqollar hukumatni shaharda jangovar harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirganidan so‘ng, ‘Tolibon’ shaharga jangsiz kirgan. “Gubernator bunga rozi bo‘lib, barcha qo‘shinlarni shahardan olib chiqib ketdi”, — dedi Samanganiy va endi “Tolibon” Aybakni to‘liq nazorat qilayotganini qo‘shimcha qildi.

    AQSh 9-avgust kuni Afg‘oniston kuchlariga yordam berish uchun B-52 strategik bombardimonchi samolyotlarini va quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlovchi AC-130 samolyotlarini yubordi.

    Mavzuga doir:

    • “Tolibon” Afg‘onistonda kuchayib borayotganiga qaramay, Bayden mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqish rejasini o‘zgartirmaydi
    • Afg‘onistonning Helmand viloyatida bir sutkada 40 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Aholidan uylarini tark etish so‘ralmoqda
    • Afg‘onistonda aviazarbalar yordamida qariyb 200 nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi

    10.08.2021, 14:26   Izoh (0)   14932
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bill Geyts rafiqasi bilan ajrashgandan so‘ng eng boy odamlar reytingida beshinchi o‘ringa tushib ketdi

    10.08.2021, 13:25

    “Tolibon” Afg‘onistonda egallab olgan viloyat poytaxtlari soni 6 taga yetdi

    10.08.2021, 12:10

    Londondagi Tauer ko‘prigi texnik nosozlik tufayli ko‘tarilgan holatda qolib ketdi (video)

    10.08.2021, 11:39

    Xitoy Gonkongdagi muxolifatga uzoq vaqt toqat qilib keldi, ammo endi uzil-kesil uning tanobini tortishga qaror qildi. Shahar-davlatda demokratiya qanday uyg‘onib,

    10.08.2021, 08:08

    BMT erta nikoh qurish holatlarini qoraladi

    10.08.2021, 07:28

    Britaniya hukumati supermarketlarga oziq-ovqat yetkazib berish uchun harbiylarni jalb qilmoqchi

    09.08.2021, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.