O‘zbekistonda 2–6-avgust kunlari 1 544 882 million doza vaksina qo‘llanildi, deya xabar bermoqda SVV.
Ularning 1 215 076 dozasi bilan birinchi marta vaksina olgan fuqarolar emlandi.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 2–6-avgust kunlarida qo‘llangan vaksinalarning:
- 8 886 dozasi “Sputnik V”,
- 804 029 dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 731 967 dozasi Moderna vaksinasidir.
Bundan avval O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 1,3 mln kishidan oshgani, O‘zbekistonda vaksina zaxirasi 14,5 milliondan oshgani hamda O‘zbekistonda so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarolarning qanchasi koronavirusga qarshi vaksina olishni xohlamasligi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)