• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Serquyosh Jarqo‘rg‘ondan ko‘hna Rimgacha. Eldor Shomurodov bosib o‘tgan yo‘l

    Serquyosh O‘zbekistonning eng janubiy (ya’ni, eng issiq) viloyati Surxondaryoning Jarqo‘rg‘onidan chiqqan Eldor Shomurodov eng ko‘hna shaharlardan biri Rimning “Roma”siga o‘tdi. Ha, bu rost. “Roma”ning qanday klub ekanini yaxshiroq tushuntirish (garchi, bunga hojat bo‘lmasa-da) uchun jamoada dunyoning eng mashhur va benazir murabbiyi ishlashi, uning 94 yil avval tashkil etilgani, 3 karra A Seriya sohibi, 9 karra mamlakat Kubogi egasi va 2 karra Italiya Superkugobi g‘olibi ekanini aytish kifoya qiladi. Klub tarkibida Karlo Anchelotti, Franchesko Totti, Kafu, Daniele de Rossi, Eden Jeko, Genrix Mxitaryan kabi ko‘plab o‘z ishining ustalari harakat qilgan va qilib kelmoqda. Xo‘sh, tortinchoqqina qora ko‘z o‘zbek yigiti bu jamoada qanday paydo bo‘lib qoldi? Quyida Eldor Shomurodovning “Roma”gacha bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qilamiz.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Futboldagi ilk qadamlar va O‘zbekistondagi faoliyat

    Futbolchilar oilasida dunyoga kelgan Eldor 6 yoshida millionlar o‘yinidagi ilk qadamlarini tashlaydi. 11 yoshida esa “Mash’al” akademiyasiga qabul qilinadi. Muborak klubida murabbiylaridan futbol sir-asrorlarini o‘rganishni boshlagan Eldor professional futboldagi debyutini 2014-yilda, 19 yoshida nishonlaydi. O‘sha yili O‘zbekiston Oliy Ligasida (hozirgi Superliga) 10 ta o‘yin o‘tkazadi va 2015-yilning boshida “Bunyodkor”ga o‘tadi. Eldor poytaxt klubida ham tezda o‘z o‘yinini topib oladi va asosiy tarkibdan joy oladi. Shuningdek, u O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida ham yorqin o‘yinlar ko‘rsatadi va milliy jamoaga chaqiruv oladi. “Bunyodkor”da va termada jamoaviy yutuqlarga erishmagan bo‘lsa ham, u futbolchi sifatida o‘sadi va bir qator xorij klublarining e’tiboriga tushadi.

    Rus o‘lkasining zabt etilishi

    Foto: Twitter/@rostovfc

    Foto: Twitter/@rostovfc

    Bir qator arab klublarining moliyaviy tomondan yaxshi bo‘lgan shartnomalariga qaramay, Eldor va uning atrofidagilar Rossiyaning kam maosh to‘laydigan o‘rtamiyona klubi variantida to‘xtaladi. Ushbu qarorning qanchalik to‘g‘ri bo‘lganligi haqida esa ortiqcha gapirmagan ma’qul. Ammo Eldorning atletizmga ixtisoslashgan rus futboli va yangi jamoaga moslashishi oson kechmaydi. Hatto uni autsayder jamoalarga ijaraga berib yuborishlariga ham bir baxya qoladi. Biroq rostovliklar boshqaruviga Valeriy Karpinning kelishi Shomurodovning foydasiga ishlaydi. Karpin Eldorda o‘ziga xos bo‘lgan jihatlarni ko‘ra oladi va uni jamoada olib qoladi. Shunga qaramay, Eldor uchun dastlabki ikki yil oson kechmaydi. Boisi, u maydonda o‘z pozitsiyasini topishga qiynaladi. “Bunyodkor”da chap qanot vingeri sifatida to‘p surgan bo‘lsa, Karpin uni “Rostov”da maydon markazidan tortib to qanot himoyachisigacha bo‘lgan pozitsiyalarda o‘ynatib ko‘rdi.

    2019-yilda esa Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi, terma jamoani musobaqaga Ektor Kuper olib boradi. Aynan Kuper Eldorni markaziy hujumchi rolida sinab ko‘radi va uni forvard sifatida kashf qiladi. Musobaqa, garchi, terma jamoa uchun muvaffaqiyatli o‘tmagan bo‘lsa ham, Eldor to‘rt o‘yinda to‘rtta gol uradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirib oldi. Shu tariqa Eldor yaxshi sport formasida “Rostov”ga qaytadi. Osiyo chempionatidan qaytgach, Valeriy Karpin Eldorga kinoya bilan shunday deydi: “Shoma, nima sen faqat Osiyo jamoalariga gol ura olasanmi?”. Shundan keyin Shoma tom ma’noda porlaydi va Rossiya Premyer Ligasida ketma-ket o‘yinlarda gollar ura boshlaydi. Shundan so‘ng rus matbuoti Eldor haqida bong uradi va u bilan qator intervyular tashkil qiladi. Shuningdek, ushbu seriyali gollar unga “Shalke-04”, “Shtutgart” va bir qator Yevropa klublarining e’tiborini tortishga yordam berdi. Biroq Eldor “Rostov” bilan xayrlashishga shoshilmadi. Keyin esa koronavirus pandemiyasi boshlandi va butun dunyoda futbol to‘xtab qoldi. Tanaffusdan so‘ng esa Eldor gol urishda oqsadi, u naq 208 kunni (16 ta o‘yin) “quruq” o‘tkazdi. Shunga qaramay, Rossiya futboli zabt etildi deb hisoblash mumkin edi. Endi yana olg‘a yurish vaqti kelgandi. Eldorning keyingi manzili Italiya A Seriyasi bo‘ldi.

    Apenin yarim orolidagi davomli sarguzashtlar

    O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari orasida “Yuventus”, “Inter”, “Milan” kabi grand klublarning minglab muxlisini uchratish mumkin. 2020-yilning 1-oktabridan ular orasiga o‘rtamiyonadan ham pastroq darajada bo‘lgan “Jenoa” ham qo‘shildi. Chunki genuyaliklar Eldorni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Shomaning kuchli beshlikka o‘tishi nafaqat O‘zbekiston, balki, Rossiya uchun tom ma’noda shov-shuvli voqea bo‘ldi. Boisi aksariyat hollarda transferlar teskari yo‘nalishda amalga oshirilardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Odatga ko‘ra, bu yerda ham moslashish jarayoni oson kechmadi, “Jenoa” o‘ta himoyaviy (himoyachilar esa juda no‘noq) va zerikarli o‘yin ko‘rsatar, ko‘pincha to‘p Eldorgacha yetib bormasdi. Ushbu holatda gollar haqida gapirishning hojati ham yo‘q edi. O‘sha kezlarda Eldorning salohiyatiga shubha bilan qaraganlar va hatto ushbu transferning katta xato bo‘lganini ta’kidlaganlar ham topildi. Biroq Shoma bu gaplarga parvo ham qilmasdan mehnat qilishdan va ishlashdan to‘xtamadi.

    Shomurodov uzoq kutilgan gol(i)ni o‘zining “Jenoa”dagi to‘rtinchi o‘yinida, yangi murabbiy Davide Ballardini qo‘l ostida urdi. Mavsum yakunida esa bu gollarning soni 8 taga yetdi. Shuningdek, Eldor bitta samarali uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa Eldor tanqidlarga munosib javob qaytardi va o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi.

    Eldor “Jenoa”dagi o‘yinlari orqali gol ura olishdan tashqari jamoa uchun ham o‘ynay olishi va hujumkorroq tarkib bilan bundan-da yaxshiroq natijalar (ko‘proq gol) ko‘rsata olishi mumkinligini isbotlab ham qo‘ygandi. Aynan shu omillar tufayli unga qishda “Yuventus”dan ham qiziqish bo‘lgandi. Ammo yozga kelib “Roma” Eldor uchun 17,5 million sarfladi va u bilan 5 yillik bitim imzoladi.

    Foto: “Roma”

    Foto: “Roma”

    Endilikda Eldor dunyoning top-klubida, top-murabbiy qo‘l ostida, top-o‘yinchilar bilan birga to‘p suradi. Shunday ekan, yangi mavsumdan boshlab “Roma”ning muxlislari ko‘payishiga hech qanday shubha yo‘q, boisi endi u yerda o‘zbekning Eldor Shomurodovi bor.

    Ha, shunday, bu tush emas: “Roma” va “Shoma” birlashdi!

    Forza, Eldor! Forza, “Jenoa”, ma’zur tutasiz, “Roma”!

    03.08.2021, 23:47   Izoh (0)   50079
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Nilufar Zokirovadan Bahodir Jalolovgacha. Tokio—2020 Olimpiadasida 4-avgust kuni qaysi o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi?

    03.08.2021, 23:03

    Og‘ir atletikada oltin, yengil atletika va boksdagi omadsiz seriya davom etadi. O‘zbekistonlik sportchilarning Tokio—2020 11-kunidagi natijalari

    03.08.2021, 22:14

    “Faoliyatimdagi bu bosqich xotiramda bir umr qoladi”. Eldor Shomurodov “Jenoa” bilan xayrlashdi

    03.08.2021, 21:33

    Shavkat Mirziyoyev Tokio—2020 Olimpiadasi sovrindorlari Ulug‘bek Rashidov, Davlat Bobonov va Akbar Jo‘rayevni tabrikladi

    03.08.2021, 19:14

    Tokio—2020. Braziliya penaltilar seriyasida Meksikani mag‘lub etib, Ispaniya esa oxirgi daqiqalardagi evaziga Yaponiyani yengib, Olimpiada finaliga chiqdi

    03.08.2021, 18:48

    Akbar Jo‘rayev Tokio—2020 Olimpiadasi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun uchinchi medal

    03.08.2021, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Eron rahbariga Saddam Husayn taqdiri bilan tahdid qildi

    Dunyo | 17 iyun, 23:50

    Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga qariyb 210 mln dollar beg‘araz grant ajratadi

    Dunyo | 17 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 17-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 17 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Borussiya Dortmund” “Fluminense” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 17 iyun, 23:02

    Buxoroda chaqalog‘ini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan onaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:50

    Tramp AQSH kuchlari Eron havo hududini to‘liq nazorat qilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyun, 22:35

    Toshkentdagi “Sokin” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sabab uchta tumanda “svet” o‘chdi

    O‘zbekiston | 17 iyun, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.