Dzyudo bo‘yicha -81 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Boltaboyev 27-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasining 1/4 finalida ishtirok etdi.
Boltaboyevga ushbu bosqichda avstriyalik Shamil Borchashvili raqiblik qildi. Ushbu bahsda ham bellashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. “Oltin ochko”ni esa avstriyalik sportchi qo‘lga kiritdi. Endilikda Boltaboyev bronza medali uchun bahslarga kirishadi. U o‘tish jangida gruziyalik Tato Grigalashvili bilan kurashadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 13:30 dan so‘ng boshlanishi kutilmoqda.
Sharofiddin 1/8 finalda bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi bahs yuritib, “oltin ochko” evaziga g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 1/16 finalda vanuatulik Ugo Kumboni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Avvalroq -63 kg vazn toifasida harakat qilayotgan dzyudochi Farangiz Hojiyeva Kabo-Verde vakili Sandrin Billetga mag‘lub bo‘lib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagandi.
Izoh (0)