Yaponiyaning Tokio shahrida Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 27-iyul, seshanba kuni musobaqaning to‘rtinchi kungi bahslari o‘tkaziladi.
Ushbu kunda ham o‘zbekistonlik sportchilar bir qancha turlar bo‘yicha bahslarga kirishadi. Quyida 27-iyul kuni bahslarga kirishadigan sportchilar ro‘yxati va bellashuvlarning boshlanish vaqti (Toshkent vaqti bilan) keltiriladi:
- Farangiz Hojiyeva — dzyudo, 63 kg — 7:00;
- Svetlana Osipova — taekvondo, 67 kg — 7:00;
- Bobousmon Boturov — boks, 69 kg — 7:15;
- Sharofiddin Boltaboyev — dzyudo, 81 kg — 7:30;
- Xurshidjon Tursunov — suzish, 100 m — 15:10.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)