Boks bo‘yicha -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Boturov 27-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasidagi ishtirokini boshladi.
1/8 finalda Bobousmon dominikanlik Polando Rohanga qarshi bahs olib bordi. Dastlabki raund to‘liq Boturovning ustunligida o‘tdi. Ikkinchi raundni hakamlar Rohan foydasiga hal qildi. Uchinchi raundda esa o‘zbekistonlik bokschi faollik ko‘rsatdi va yakunda g‘alaba qozondi.
Bobousmon chorak finalda 30-iyul kuni Buyuk Britaniya vakili Pet Makkormakka qarshi jang qiladi.
26-iyulda Shahobiddin Zoirov va Fanat Qahramonov 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. 25-iyul kuni esa Tursunoy Rahimova, Elnur Abduraimov va Dilshod Ro‘zmetov o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l olgandi.
Izoh (0)