Dzyudo bo‘yicha -81 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Sharofiddin Boltaboyev 27-iyul kuni Tokio—2020 Olimpiadasining 1/8 finalida ishtirok etdi.
Boltaboyev ushbu bosqichda bolgariyalik Ivaylo Ivanovga qarshi bahs yuritdi. Bellashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Golden score’da esa Boltaboyev vazari bahosi bilan g‘alaba qozondi. Qayd etish o‘rinli, Boltaboyev 2021-yilning mart oyida Isroilda o‘tkazilgan musobaqada Ivanovni ippon bilan mag‘lubiyatga uchratgandi.
Sharofiddin chorak finalda avstriyalik Shamil Borchashviliga qarshi tatamiga chiqadi. U 1/16 finalda vanuatulik Ugo Kumbo ustidan g‘alabaga erishgandi.
Avvalroq -63 kg vazn toifasida harakat qilayotgan dzyudochi Farangiz Hojiyeva Kabo-Verde vakili Sandrin Billetga mag‘lub bo‘lib, Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagandi.
Izoh (0)