• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Arab bahori”dan keyingi eng jiddiy siyosiy inqiroz: Tunisda prezident butun hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga qaror qilgach, namoyishlar avj oldi

    26-iyul, dushanba kuni Tunis parlamenti binosi oldida mamlakat prezidenti Kais Said tarafdorlari va parlament spikeri Rashid al -Gannnushi boshchiligidagi “An-Nahda” (“Uyg‘onish”) islomiy partiyasi tarafdorlari o‘rtasida ommaviy to‘qnashuvlar yuz berdi. Tartibsizliklarga Saidning bir kun oldin hokimiyatni to‘liq o‘z qo‘liga olish to‘g‘risidagi misli ko‘rilmagan qarori sabab bo‘ldi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Robokop qanday qilib hukumatni o‘z qo‘liga oldi?

    26-iyulga o‘tar kechasi davlat rahbari televizion murojaatida parlament spikeri va bosh vazir bilan maslahatlashgan holda parlament faoliyatini to‘xtatishga qaror qilganini aytdi (al-Gannushi hech qanday maslahatlashuvlarda qatnashmaganini bildirdi, hukumat rahbari Xisham Mashishi esa vaziyatga izoh bermadi).

    “Aslida, bir necha oy oldin qabul qilishim kerak bo‘lgan birinchi qaror parlamentga taalluqli — uning butun faoliyatini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror”, — dedi Said. Shuningdek, u deputatlar daxlsizlik huquqidan mahrum qilingani hamda o‘zini prokuraturaga rahbarlik qilishi to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qildi. Bundan tashqari, prezident Mashishini ishdan bo‘shatish orqali mamlakatdagi butun ijro hokimiyatini o‘z qo‘liga oldi. Said yangi bosh vazir tayinlanishini va’da qildi, ammo haligacha yangi vazir tayinlanmadi.

    Konstitutsiyaviy huquq mutaxassisi bo‘lgan Saidning aytishicha, uning barcha harakatlari 2014-yilda qabul qilingan Tunis konstitutsiyasiga muvofiq bo‘lib, bosh qonun “parlament tarqatib yuborilishini nazarda tutmaydi, ammo uning faoliyati to‘xtatilishiga to‘sqinlik qilmaydi”. Keyinchalik, prezident devonining aniqlik kiritishicha, parlamentning ishi 30 kunga muzlatilgan. Shuningdek, Said ushbu choralarning barchasi “Tunisga jamoat tinchligi qaytguniga qadar va mamlakat saqlab qolinguncha” amalga oshirilayotganini aytdi.

    Prezidentning televideniye orqali yo‘llagan murojaatidan so‘ng, uning buyrug‘iga binoan harbiylar parlament binosi va boshqa strategik ahamiyatga ega bo‘lgan davlat obyektlarini o‘rab oldi. 80 yoshli al-Gannushi parlamentga kiritilmadi — u boshqa deputatlar bilan birgalikda davlat rahbarining qarorlariga qarshi chiqishni niyat qilgandi. “An-Nahda” parlamentdagi eng katta fraksiyaga ega, u o‘rinlarning chorak qismini egallagan. Tunisdagi voqealarni faol yoritib borayotgan Qatarning Al-Jazeera telekanali xabar berishicha, 26-iyul kuni telekanalning Tunisdagi ofisiga politsiya bostirib kirgan. 20 ga yaqin huquq-tartibot organlari vakillari jurnalistlarga ishni to‘xtatish zarurligi to‘g‘risida aytgan va o‘z harakatlarini sud qarori bilan izohlagan.

    Kais Said 2019-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida 72 foizdan ko‘proq ovoz to‘plab, g‘alaba qozongandi. 63 yoshli siyosatchi partiyasiz bo‘lib, u saylov kampaniyasini budjet mablag‘lari va ommaviy mitinglarsiz olib borgan, mamlakat shaharlaridagi kafelarda, bozorlarda, ijtimoiy tarmoqlarda tashviqot o‘tkazgan, deb yozadi “TASS”. Financial Times uni populist deb ataydi. Al Jazeera uning g‘alabasini huquqshunos professorning birorta siyosiy guruhga aloqasi bo‘lmagani bilan izohladi.

    Saylovoldi davrda Said hokimiyatni markazlashmagan tizimga o‘tkazish va saylovni isloh qilishni qo‘llab-quvvatladi, xususan, u to‘g‘ridan to‘g‘ri parlament saylovlari o‘rniga, ko‘p bosqichli tizimni taklif qildi, uning doirasida fuqarolar tomonidan mahalliy kengashlarga vakillar saylanadi, ular esa o‘z navbatida, viloyat va respublika deputatlarini saylaydi. Said terrorchilarga qarshi o‘lim jazosi tayinlash va gomoseksuallarni jinoiy javobgarlikka tortish tarafdori sifatida tanilgan, u erkaklar va ayollarni meros huquqlarida tenglashtirishga qarshi chiqqan. Tashqi ko‘rinishi va nutq uslubi bilan mashhur kino qahramoniga o‘xshagani uchun Said Robokop laqabini olgan, deb yozadi The Guardian.

    Financial Times gazetasi hozir Tunisda mavjud vaziyatni “arab bahori” voqealari boshlangan 2011-yildan buyon eng jiddiy siyosiy inqiroz deb atadi. O‘sha yilgi voqealar tufayli Tunisda 20 yildan ortiq hukmronlik qilgan prezident Zin el-Obidin bin Ali qochib ketgan, konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazilgan va ilgari faoliyati taqiqlangan “An-Nahda” parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgan. Tunis hukumati tranziti aksariyat mutaxassislar tomonidan mintaqadagi boshqa mamlakatlarni qamrab olgan inqirozlar fonida eng muvaffaqiyatli deb tan olingan. 2014-yilda qabul qilingan Konstitutsiya hokimiyatni prezident, bosh vazir va parlament spikeri o‘rtasida taqsimladi.

    2015-yilda Tunis milliy muloqot kvarteti “2011-yilgi ‘yasmin inqilobi’dan keyin Tunisda plyuralistik demokratiya qurilishiga qo‘shgan hal qiluvchi hissasi” uchun Nobel mukofotini oldi. Biroq, mamlakatda siyosiy vaziyat barqaror emasdi. 2020-yilgi siyosiy inqiroz, asosiy siyosiy o‘yinchilar bilan kelishilgan holda, Mashishi bosh vazir etib tayinlanishi bilan hal qilindi. Ammo hukumat to‘liq tarkibda ishlamadi — prezident 11 nafar vazirni tasdiqlashdan bosh tortdi, natijada ko‘plab vazirlik o‘rinlari birlashtirildi.

    Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi juda sekin kechdi. Jahon banki Tunis bo‘yicha sharhida ta’kidlashicha, 2020-yil oxiriga kelib koronavirus pandemiyasi mamlakat iqtisodiyotiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi — Tunisda pasayish mintaqadagi boshqa davlatlarga qaraganda kuchliroq edi, chunki mamlakat inqirozga iqtisodiy ko‘rsatkichlarining pasayishi va davlat qarzining o‘sib borishi bilan kirdi. Natijada, yalpi ichki mahsulot 2020-yilda 8,8 foizga kamaydi, pandemiya boshida 15 foiz bo‘lgan ishsizlik 2021-yilning birinchi choragi oxiriga kelib 17,8 foizgacha o‘sdi. Ishsizlikning eng jiddiy o‘sishi ayollar (24,9 foiz ishsiz) va 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar (ishsizlarning 40,8 foizi) o‘rtasida kuzatildi.

    Tunisdagi koronavirus bilan kasallanish va o‘lim darajasi Shimoliy Afrikadagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra qariyb 12 million aholisi bo‘lgan ushbu mamlakatda pandemiya boshidan buyon 569 ming kishi COVID-19’ga chalingan, shulardan 18 ming kishi virus qurboni bo‘lgan, aholining atigi 7 foizi koronavirusga qarshi emlangan.

    Pandemiya sababli o‘rnatilgan cheklovlar yil boshida boshlangan noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bosh vazir Mashishi namoyishchilarning ko‘chalarga chiqishi asosli ekanini tan olgan, biroq ayni paytda 600 ga yaqin odam hibsga olingan, deyiladi Washington Institute tadqiqotlarida. Institut tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari shuni ko‘rsatadiki, tunisliklarning 80 foizdan ortig‘i mamlakatning rivojlanish yo‘nalishidan, asosan iqtisodiy vaziyatdan norozi.

    Qarama-qarshilik nima bilan tugaydi?

    Spiker al-Gannushi prezident Saidning harakatlarini “fitna” deb atadi, parlament byurosi uning farmonlarini “puch” deb ta’rifladi. Al-Gannushi va uning partiyasi prezident Konstitutsiyaning 80-moddasida talab qilinganidek muzokara o‘tkazmaganini ta’kidlamoqda.

    “Bir qator sharhlovchilar sodir bo‘lgan voqeani davlat to‘ntarishi deb talqin qilmoqda, chunki prezident 80-moddaga tayangan, ammo ushbu moddani qo‘llashda prezident vakolatlarni parlament bilan kelishgan holda o‘z zimmasiga oladi. 2014-yilgi Konstitutsiya yozilayotganda prezidentning hokimiyatni egallab olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun maxsus choralar ko‘rilgandi”, — deya Tunisdagi vaziyatga baho berdi Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti arab va islomshunoslik markazi rahbari, “Valday” klubi eksperti Vasiliy Kuznetsov.

    Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Tunis inqirozi, boshqa masalalar qatori, prezident va parlament o‘rtasidagi doimiy qarama-qarshilik tufayli yuzaga kelgan, ushbu ziddiyatlar esa ijroiya idoralariga na sanitariya, na iqtisodiy inqirozni hal qilish uchun samarali choralar ko‘rish imkonini bergan. Kuznetsovning ta’kidlashicha, prezidentning qarori jamiyatning muhim qismi tomonidan ma’qullandi, bir qator siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining jiddiy qarshiliklariga sabab bo‘lmadi. Tunisning nufuzli Umumiy mehnat ittifoqi juda cheklangan ohangda bayonot qildi, unda asosan konstitutsiyaviy tuzum asoslarini saqlab qolish zarurligi to‘g‘risida gap boradi. Kuznetsovning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning eng xavfli tomoni shundaki, mamlakatning barcha siyosiy kuchlarini murosaga keltirgan 2014-yilgi Konstitutsiya shubha ostiga olinishi mumkin.

    The Washington Post yozishicha, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish orqali inqirozdan chiqish yo‘lini topish mumkin edi, bunday sudning yaratilishi Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan, ammo siyosiy ziddiyatlar tufayli shu paytgacha sud yaratilmagan, so‘nggi urinishga esa yanvar oyida prezident Said to‘sqinlik qilgan.

    “Arab bahori” — Arab mamlakatlarida 2011-yil boshlarida yuz bergan norozilik namoyishlari va qo‘zg‘olonlar to‘lqini. Voqealarning dastlabki zamini 2010-yilda qayd etilgan. Tunis, Misr va Yamanda inqiloblar yuz bergan; Liviyada fuqarolar urushi hukumat o‘zgarishiga olib kelgan, Suriyada fuqarolar urushi haligacha davom etmoqda; Bahraynda fuqarolar qo‘zg‘oloni, Jazoir, Iroq, Iordaniya, Marokash va Ummonda ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, Kuvayt, Livan, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Sudan, Jibuti va G‘arbiy Sahroyi Kabirda norozilik namoyishlari o‘tkazilgan. 2011-yil may oyida Isroil chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlarni ham mahalliy “Arab bahori” ilhomlantirgan.

    Mavzuga doir: Tunis prezidenti bosh vazirni iste’foga chiqarib, parlamentni tarqatib yubordi. Parlament binosiga harbiy texnika tortib kelindi

    27.07.2021, 15:56   Izoh (0)   9882
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya KXDR bilan aloqa qayta tiklanganini ma’lum qildi

    27.07.2021, 14:25

    AQSh jangarilar harakatlari tufayli Afg‘oniston osmonidan o‘tadigan parvozlarni chekladi

    27.07.2021, 12:43

    Yevropada koronavirus cheklovlariga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi. Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Gretsiyada namoyishchilar ko‘chalarga chiqdi (f...

    27.07.2021, 12:12

    Qirg‘iziston prezidenti bino ichida ham qora ko‘zoynak taqib yurgani sababi ma’lum qilindi

    27.07.2021, 10:41

    AQSh Iroqdagi harbiy missiyasini 2021-yil oxirigacha yakunlashini e’lon qildi

    27.07.2021, 09:55

    Yevropada suv toshqinlari tufayli 200 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi. Mamlakatlar hukumatlari xavf haqida oldindan bilgan, ammo aholini vaqtida ogohlantirmagan

    27.07.2021, 09:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston Trampni Tinchlik Nobel mukofotiga nomzod etib ko‘rsatdi

    Dunyo | 21 iyun, 09:10

    Xyu Jekman muxlislardan qochib notanish kishining mashinasiga o‘tirib oldi

    Layfstayl | 21 iyun, 09:02

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.