• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropada suv toshqinlari tufayli 200 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi. Mamlakatlar hukumatlari xavf haqida oldindan bilgan, ammo aholini vaqtida ogohlantirmagan

    2021-yil 13-iyuldan G‘arbiy Yevropada kuchli yomg‘irlar kuzatildi va yog‘ingarchilik bir necha kun davomida to‘xtamadi. Germaniya, Belgiya, Shveysariya, Niderlandiya va boshqa davlatlarda daryolar o‘zanlaridan toshishi oqibatida kuchli sel va toshqinlar kuzatildi. 200 dan ziyod odam halok bo‘lgan, shundan 170 dan ortig‘i Germaniyada hayotdan ko‘z yumgan. Suv toshqinlari mamlakat tarixida 60 yil ichidagi eng katta talafotlardan biri bo‘ldi. Meduza Politico hamda CNN nashrlarining suv toshqinlari haqidagi materiallari asosida Yevropadagi suv toshqinlari va uning oqibatlari haqida ma’lumotlarni taqdim etgan.

    Germaniya g‘arbidagi Rex shahrida buzilgan avtomobil yo‘lida turgan qutqaruvchi, 2021-yil 21-iyul

    Germaniya g‘arbidagi Rex shahrida buzilgan avtomobil yo‘lida turgan qutqaruvchi, 2021-yil 21-iyul
    Foto: AFP

    Olimlar mazkur tabiiy ofat oqibatidagi qurbonlar soni kamroq bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lganini qayd etgan.

    “Men suv toshqinlarini prognoz qilish bilan shug‘ullanaman va Germaniya hamda unga yaqin bo‘lgan boshqa mamlakatlarda yaqinda kuzatilgan suv toshqinlarini taxmin qilgan ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqishga ko‘maklashganman. Toshqinlar bo‘lishini oldindan bilardim. Yog‘ingarchilik darajasi va daryolar sathi ko‘tarilganini o‘qigandim. Keyinchalik toshqin oqibatida odamlarning halok bo‘lgani haqidagi qo‘rqinchli xabarlarni afsus bilan kuzatib bordim”, — degan Buyuk Britaniyaning Reding universiteti gidrologiya professori Hanna Klok.

    Yevroittifoqda suv toshqinlari haqida ogohlantiruvchi tizim mavjud. Ammo fuqarolar u haqida bilmaydi, hukumatlar esa ma’lumotlarga e’tibor qaratmaganProfessor Klok eslab o‘tgan ogohlantirish tizimi — suv toshqinlari haqida xabarnoma yuboradigan Yevropa tizimi (EFAS) deb nomlanadi. Yevropa ittifoqi hukumati 2002-yilda Elba hamda Dunayda kuzatilgan toshqinlardan keyin 100 dan ziyod odam halok bo‘lgach, mazkur tizimni yaratish hamda joriy etishga qaror qilgan.

    EFAS 2012-yilda to‘liq ishlashni boshlagan. Tizim toshqindan 10 kun avval taxminiy suv toshqinlari xaritasini tuzadi, shu bilan birga Yevroittifoq mamlakatlarining hukumatilarini ogohlantiradi. Amaldorlar tizim bergan ma’lumotlarni boshqa axborotlar bilan solishtirishi va tabiiy ofat xavfini baholashi kerak. EFAS tizimi aholi orasida sarosima va vahima ko‘tarilmasligi uchun oddiy fuqarolarga xabarnomalar yubormaydi.

    Hanna Klok EFAS ma’lumotlarini tahlil qilishga yordam beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbiy Yevropada suv toshqinlari boshlanishidan to‘rt kun avval, ya’ni 9-iyulda tizim Reyn hamda Maas daryolarining toshishi mumkinligini prognoz qilgan. 10-iyulda bu haqdagi dastlabki xabarnomalar hukumatlarga yuborilgan. Shu kuni va qolgan ikki kun davomida Germaniya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya va Lyuksemburg xabarnomalarni qabul qilgan. Germaniya va Belgiyada milliy meteoxizmatlar kuchli yomg‘irlar bo‘lishi haqida ogohlantirgan. Biroq bu harakatlar o‘nlab odamlarning hayotini saqlab qolishga yordam bermagan.

    Ekspertlar fikricha, fojiaga oddiy fuqarolarga axborot yetkazib berish jarayonidagi zanjirda uzilish sodir bo‘lgani sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Politico. Nashr ma’lumot olgan ekspertlar axborot tarqatishdagi uzilishlar hududiy va mahalliy hukumatlar miqyosida kuzatilgan, ular sodir bo‘lishi kutilayotgan toshqinlarga to‘g‘ri baho bera olmagan.

    “Ayrim hududiy ma’muriyatlar o‘z vaqtida odamlarni evakuatsiya qilgan, vaqtinchalik himoya inshootlarini qurgan va avtomobillarni xavfsiz yerga olib o‘tgan. Biroq bunday tartibdagi ishlar hamma joyda ham bir xilda to‘g‘ri qilinmagan”, — deya qo‘shimcha qilgan Hanna Klok.

    Belgiyada ham hukumat vakillari xabarnoma olgan. Ammo toshqin oqibatlari kutilganidan ham ayanchliroq bo‘ldiPolitico 12-iyulda EFAS tizimi tomonidan Belgiyaga berilgan xabarnomani e’lon qilgan (tizim suv toshqinlari haqida Yevropaning jami 25 ta turli hududiga xabarnoma yuborgan). Xabarnomada Maasning o‘ng tomondagi irmog‘i Urt daryosida suv sathi ko‘tarilgani haqida axborot berilgan. Suv balandligi 20 yil ichidagi rekorddan o‘tishining ehtimoli 49 foiz deb baholangan.

    “Biroq Urt daryosi oqib o‘tgan Belgiyaning Lyej provinsiyasi ma’muriyati prognozlarga jiddiy munosabat qilmagan”, – deya ta’kidlagan Politico nashriga bergan intervyusida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan Lyej universitetining tabiit ofatlar boshqarmasi eksperti Sebastyan Bryune.

    Bundan tashqari, Lyej ma’muriyati suv toshqini oqibatlarini yanayam yomonlashtirgan. 14-iyulda ular Eypen ko‘lidagi to‘g‘onni ochgan va toshqin oqibatida ko‘tarilgan suv sathini kamaytirmoqchi bo‘lgan. Suv Urtga qo‘shiladigan Vesdre daryosiga oqizilgan. Oqibatda suv oqimining kengligi soatiga 150 kubometrga yetgan. Mahalliy aholi daryoda ikkita katta to‘lqin kuzatilganini bildirgan (guvohlardan birining aytishicha, ikkinchi to‘lqinning balandligi bir metrgacha ko‘tarilgan).

    Vesdre daryosi oqib o‘tadigan Vervye va Pepnster shaharlarida 12 ming aholi turar joyidan ayrilgan. Mahalliy aholi bunday katta talafotlarning sababi nafaqat suv toshqini, balki Eypen ko‘lidan suvning chiqarilishi ham sabab ekanini gumon qilmoqda.

    “Men mazkur talafotlarning faqat tabbiy ofat oqibatida sodir bo‘lganini ishonmayman”, — deya qayd etgan Vervyedan Belgiya parlamentiga saylangan deputat Malik Ben Ashur.

    Lyej universiteti injeneriya yo‘nalishi professori Demien Ernstning fikricha toshqinlar vaqtida Eypen ko‘lidagi suv sathini tushirish xato qaroro bo‘lgan va buni avvalroq amalga oshirish lozim edi. Lekin hukumat vakillari vaziyatdan chiqish uchun bundan yaxshiroq yo‘l bo‘lmaganini bildirgan.

    Belgiyadagi toshqinlar oqibati aks etgan surat

    Belgiyadagi toshqinlar oqibati aks etgan surat
    Foto: Sinhua

    Niderlandiyada toshqinlardan keyingi talafotlar katta emas. Mamlakatda bu kabi tabbiy ofatlarga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan.Niderlandiyada boshqa Yevropa davlatlaridan ko‘ra suv toshqinlariga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rilgan, bu yerda tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan odamlar mavjud emas, deya qayd etgan CNN.

    Bu mamlakatda bu kabi tabiiy ofatlar bilan kurashishda katta tajriba borligi bilan izohlanadi, Niderlandiya hududining 60 foizida suv toshqinining ehtimoli yuqori deb baholanadi. Mamlakatda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha zamonaviy infratuzilma mavjud, xuddi shunday nomli boshqarma vazirliklardan birida faoliyat olib boradi, shuningdek, suv masalalari bilan shug‘ullanadigan, suv toshqinlaridan, oqova suvlargacha nazorat qiladigan mahalliy bo‘linmalar ishlaydi.

    Bundan tashqari Niderlandiyada hukumat daryolar o‘zanini doimiy ravishda kengaytirib sharoitga moslashtirib boradi, bu orqali toshqinlar oqibatidagi ziyonni kamaytiradi, deya toshqinlar bo‘yicha boshqarma mutaxassis Natali Asselman so‘zlarini keltirgan Science jurnali.

    “Niderlandiya hukumati boshqa mamlakatlardan farqli ravishda ko‘p sonli aholini suv toshqini haqida ogohlantirishni yaxshi biladi”, – deya qo‘shimcha qilgan Amsterdam mustaqil universiteti suv va iqlim xavf-xatarlari bo‘limi rahbati Yerun Aerts.

    Olimlar siyosatchilarga suv toshqinlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qilmoqda. Sababi kelajakda global isish sabab toshqinlar soni yildan yilga ko‘payib boradiGermaniya g‘arbidagi Shuld shaharchasi suv toshqini oqibatida eng ko‘p talafot yetgan Yevropa aholi yashash joylaridan biri bo‘ldi. Shahar meri Xelmut Lyussi falokatni o‘ta fojiali ekanligini ta’kidlab, Shuldda toshqinlar avval ikki marta 1799- hamda 1910-yillarda sodir bo‘lganini qayd etgan.

    Reding universitetining gidrometereologiya bo‘yicha tadqiqtochisi Jeff Da Kosat CNN nashriga bergan intervyusida Germaniyadagi shaharcha meriga hamdardlik bildirishi, biroq uning talafotlarga munosabatini noto‘g‘ri deb hisoblashini aytgan. Olimlar ancha vaqtdan buyon Yevropada global isish oqibatida suv toshqinlari ko‘p sodir bo‘lishi va mahalliy hukumatlar mazkur jarayonga jiddiy yondashishi zarurligi haqida ogohlantirib keladi.

    “Shuld merida va shaharchadagi odamlarda har bir uyga, korxona va muassasaga kirib borgan reja bo‘lganida, har bir odam bu kabi suv toshqinlari kuzatilsa nima qilish kerakligini bilganida, ular vaziyatga har tomonlama yaxshi tayyorgalik ko‘rganida hammasi bu qadar ayanchli bo‘lmasdi”, — degan Da Kosta.

    Germaniya Ichki ishlar vazirligi sodir bo‘lgan voqealardan so‘ng mamlakatda bir yildan keyin odamlarni SMS orqali tabiiy ofatlardan himoya qiladigan tizim ishga tushirilishini e’lon qildi. Ayni vaqtda bu kabi xabarnomalar maxsus mobil ilovalar orqali yuboriladi, ammo Germaniyada 80 million aholi yashaydi va bu dasturiy ta’minotga atigi 10 million foydalanuvchi ulangan.

    27.07.2021, 09:09   Izoh (0)   15958
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Iroqdagi qo‘shinini olib chiqib ketishi haqida e’lon qilishi mumkin

    27.07.2021, 08:39

    Vatikan birinchi marta o‘z mulki haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi

    27.07.2021, 08:08

    Usmoniylarning Yevropadagi ilk yirik mag‘lubiyati. Mehmet II Fotihning Yevropa tomon yurishini to‘xtatib qo‘ygan Belgrad jangi

    27.07.2021, 07:59

    JSST koronavirusning delta shtammi tufayli turizmdan voz kechishga chaqirdi

    27.07.2021, 07:28

    Olimlar COVID-19 aqliy salohiyatning pasayishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi

    27.07.2021, 06:48

    “Tolibon” bilan to‘qnashuvlardan keyin 46 nafar Afg‘oniston hukumati harbiysining Pokistonga qochib o‘tgani va boshpana so‘ragani ma’lum bo‘ldi

    27.07.2021, 06:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev “Hisorak”da 1,5 mln dollarga qurilgan kichik GESni ko‘zdan kechirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:35

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    Nogironligi bo‘lganlar uchun transport moslashuvi xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:30

    “Ukraina tez orada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin” — Ukraina parlamenti deputati

    Dunyo | 19 iyun, 20:15

    8,6 mlrd so‘mlik zarar: Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalanayotgan korxona fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:00

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    Toshkent davlat yuridik universiteti “THE Impact Ranking — 2025” xalqaro reytingida 100 pog‘ona yuqorilab, dunyo bo‘yicha 301-o‘rinni egalladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 18:00

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.