• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Manchesterga qaytgan Sancho, Parijni makon tutgan Ramos va Hakimi, Kataloniya tomon yuzlangan Aguero hamda Depay. Yozning eng katta va qaynoq transferlari haqida

    Yevro—2020 klublar futbolidagi bir oyni olib qo‘ydi. Shunga qaramay bu vaqt oralig‘ida Yevropa transfer bozorida qiziqarli voqealar yuz berdi.

    2021-yil yozining eng qimmat transferlari

    Foto: “Daryo”/ Husan Sobitov

    Foto: “Daryo”/ Husan Sobitov

    • “Manchester Yunayted” anchadan buyon “Dortmund”dan Jeydon Sanchoni sotib olish uchun harakat qilayotgan edi. O‘tgan yilgi muzokaralar salbiy yakunlangandi. Endi esa yarim himoyachi Manchesterga qaytdi. To‘g‘ri, bir paytlar Germaniyaga ketish uchun tark etgan jamoasi “Manchester Siti”ga emas, uning qo‘shnisi “Manchester Yunayted” safiga.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    73 million funt (85 million yevro) — bu summa ba’zi shartlar bajarilsa, yana 5 millionga oshishi mumkin (qanday shartlar ekanligi noma’lum, lekin Guardian’ning yozishicha, ularni bajarish qiyin bo‘ladi).

    • “Inter” moliyaviy muammolar tufayli Ashraf Hakimini sotdi (jamoa ustozi Antoni Konte ham shu sabab tufayli jamoani tark etgandi): yo uni, yo Lukakuni sotish kerak edi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    • “Bavariya” Yulian Nagelsmanndan (bosh murabbiy) so‘ng 2021-yil fevralidayoq Dayo Upamekano transferini e’lon qilgandi. Lekin Dayo 1-iyuldan jamoaga kelib qo‘shildi.

    • “Liverpul” butun mavsum davomida markaziy himoya chizig‘idagi muammolardan aziyat chekdi, shuning uchun 22 yoshli Ibraima Konate xarid qilindi. U esa o‘z raqamini alanga va feyerverklar orqali noan’anaviy tarzda namoyish etdi.

    • Emiliano Buendia ikki mavsum ilgari “Norvich”ning APLdagi ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biri edi, ammo klub quyi divizionga tushib ketdi. Argentinalik futbolchi qolishga qaror qildi va Tyeemu Pukki ikkalasi bir mavsumdan so‘ng jamoani elitaga qaytardi. Buendia gol+pas tizimida 31 ochko jamg‘ardi. Futbolchiga “Aston Villa” va “Arsenal” anchadan buyon qiziqish bildirayotgandi. Kutilmaganda Emiliano “Aston Villa”larni tanladi.

    • Rodrigo De Paul bu ro‘yxatda 25 yoshdan katta (27) yagona futbolchi. O‘tgan mavsumda “Udineze” sardori jamoasi gollarining deyarli yarmida ishtirok etdi (42 tadan 18 ta). Yaqinda Messi bilan birga Amerika Kubogi sovrinini ham qo‘lga kiritdi. “Atletiko”, “Liverpul” va “Yuventus” kabi grand jamoalar futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qildi. De Paul esa Diyego Simeone jamoasini tanladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    • Petson Daka bahordayoq top-jamoalar e’tiborini tortgandi. Futbolchi ushbu mavsumda Avstriya Bundesligasini “portlatdi”: 28 o‘yinda 27 ta gol urib, katta farq bilan chempionat to‘purariga aylandi. Aprel oyida esa 8 daqiqa ichida het-trikka erishgandi. Yangi mavsumdan esa “Lester” safida javlon urishi kutilmoqda.

    • Juda kuchli raqobat tufayli “Chelsi”da Fikayo Tomoriga imkon berilmadi. Shuning uchun u “Milan”ga ijaraga berildi. Fikayo o‘ziga notanish bo‘lgan chempionatga tashrif buyurdi va darhol jamoa sardori Alessio Romanyolini zaxiraga mixlab qo‘ydi. Yarim yil ichida milanliklarning asosiy markaziy himoyachisiga aylanib oldi. “Milan” uni sotib olishga qaror qildi.

    • Jerson Santos 2016/17-yilgi mavsumda “Roma”da o‘ynagan edi, ammo braziliyalik futbolchi 64 o‘yinda 3 ta gol urganidan so‘ng vataniga qaytib ketishga majbur bo‘lgandi. Unda Yevropada to‘p surish uchun ikkinchi imkoniyat paydo bo‘lyapti — bu safar Fransiyada. Braziliyalik futbolchiga “Marsel”dan tashqari “Chelsi” va “Tottenhem” qiziqish bildirgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    • 8 yoshidan buyon “Chelsi” tizimida ta’lim olib kelgan markaziy himoyachi Mark Gei asosiy jamoa uchun ikki marta Liga Kubogi musobaqasida maydonga tushgan. “Suonsi”dagi muvaffaqiyatli ijaradan so‘ng Mark Angliyaga murabbiy sifatida Patrik Viyeyraning “Krestal Pelas”dagi ilk transferiga aylandi.

    • Andre Silva o‘tgan mavsum 32 o‘yinda 28 ta gol urib, Levandovskidan keyin Bundesliganing ikkinchi to‘purariga aylandi. U to‘p suradigan “Ayntraxt”ning Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olishiga oz qoldi. “Manchester Yunayted”, “Atletiko”, “Real”, “Barselona”, “Manchester Siti” kabi jamoalar futbolchini xarid qilish uchun kurash olib borayotgan edi. Ammo Silva Bundesligani tark etishni xohlamadi va “Leypsig”ga o‘tishga qaror qildi.

    • Nikolas Gonsales “Shtutgart”da mavsumni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadi (15 o‘yinda 6 ta gol), lekin Amerika Kubogida Argentina uchun foydasi tegdi. 23 yoshli yarim himoyachi uchun “SSKA” va “Tottenhem” da’vogarlik qilayotgandi. Gonsales Italiyaga ketishga qaror qildi va “Fiorentina” taklifini qabul qildi.

    Yozning eng yaxshi bepul transferlari

    Foto: “Daryo”/ Husan Sobitov

    Foto: “Daryo”/ Husan Sobitov

    • “Bavariya”dagi 11 yillik faoliyatidan so‘ng David Alaba Myunxenni tark etdi. David erkin agent sifatida “Real”ga o‘tdi va Serxio Ramosning 4-raqamiga ega chiqdi.

    • Yozning eng jarangdor transferlaridan biri — niderlandiyalik Memfis Depayning “Barselona” safiga o‘tishi bo‘ldi. Futbolchi Yevro—2020 da 2 ta gol urdi va o‘tgan mavsum Fransiya chempionatida gol+pas tizimida 32 ochko jamg‘ardi.

    • Yana bir niderlandiyalik futbolchi Jorjinyo Veynaldum “Liverpul”dan erkin agent sifatida ketdi. Ancha payt “Barselona” bilan aloqada bo‘lib, so‘nggi pallada Parijga yo‘l oldi. Futbolchining so‘zlariga qaraganda, “PSJ”ning loyihasi uni qiziqtirgan.

    • Eng kutilmagan transferlardan biri Xoqon Chalxono‘g‘luning “Inter”ga o‘tishi bo‘ldi. “Milan” bilan shartnomasi yakuniga yetgan futbolchi “nerazurrilar”ni tanladi. “Inter” va “Milan” o‘rtasidagi transferlar allaqachon odatiy holga aylangan bo‘lsa-da, bu hodisa baribir muxlislarni g‘azablantiradi.

    • Serxio Agueroning “Barsa”ga o‘tishi barcha uchun kutilmagan jumboqqa aylandi. 33 yoshli futbolchi kataloniyaliklarga nega kerak edi? Serxioning Messi bilan do‘stligi bu yerda katta rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Klubga qaytgan eski-yangi prezident Xoan Laporta Leoni jamoada olib qolish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qilyapti.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    • “Barselona” uchun eng foydali transfer — 19 yoshli Erik Garsiya bo‘ldi. Futbolchi “Manchester Siti”da ikki mavsum davomida 19 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lishiga qaramasdan, “Barselona” himoyasi uchun aniq asqatadi. Shartnomaga ko‘ra, Garsiyani sotib olmoqchi bo‘lgan jamoa “Barselona”ga 400 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

    • 35 yoshli Serxio Ramosning “Real”dan ketishi — muxlislar uchun qayg‘uli hodisa bo‘ldi. Sardor Madridda 15 yilini o‘tkazdi va La Ligada XXI asrda o‘ynagan himoyachilar ichida to‘purarga aylandi. Serxio yangi shartnoma ikki yillik bo‘lishini xohlagan edi, Florentino Peres esa bir yillik shartnoma taklif qildi. Shu tariqa Ramos rahbariyat bilan kelisha olmadi va jamoani tark etdi. “PSJ” unga o‘zi istagan sharoitni yaratib bermoqda.

    24.07.2021, 19:02   Izoh (0)   29363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik velopoygachi Murodjon Xolmurodov Tokio—2020 Olimpiadasida 64-bo‘lib marraga yetib keldi

    24.07.2021, 18:16

    O‘zbekistonlik ikki tennischi kelishilgan o‘yinlar sabab diskvalifikatsiya qilindi. Ulardan biri butun umrga tennisdan chetlatildi

    24.07.2021, 14:03

    Tokio—2020. Denis Istomin hindistonlik tennischiga imkoniyatni boy berdi va Olimpiya o‘yinlari bilan xayrlashdi

    24.07.2021, 11:30

    Tokio—2020. Sanjar Tursunov jazoirlik bokschiga yutqazib, Olimpiadani tark etdi

    24.07.2021, 10:56

    Tokio—2020. 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi Olimpiadadagi yurishini muddatidan avval to‘xtatdi

    24.07.2021, 10:04

    Denis Istomindan Sanjar Tursunovgacha. Tokio—2020 Olimpiadasining ilk kunida qaysi o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi?

    24.07.2021, 00:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 29-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 17:35

    Qozog‘istonda ayol avtobus bekatida farzand ko‘rdi

    Dunyo | 28 iyun, 17:15

    Pokistonda portlash tufayli kamida 16 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 28 iyun, 16:55

    Klopp klublar o‘rtasidagi JCH haqida: “Bu kabi turnirlar futbolchilar salomatligi hisobiga o‘tkazilmasligi kerak”

    Sport | 28 iyun, 16:53

    O‘zbekistonda ekologiya bo‘yicha huquqbuzarlarga 115 mlrd so‘m jarimalar belgilandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 16:35

    Hindistondagi hodisa yagona emas: tarixdagi eng yirik aviahalokatlar qayerda sodir bo‘lgan?

    Dunyo | 28 iyun, 16:15

    Toshkentda fuqaro inspektorga pichoq bilan tajovuz qildi (video)

    O‘zbekiston | 28 iyun, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.