Yaponiyaning Tokio shahrida Olimpiya o‘yinlarining 24-iyul kungi bahslari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov (-91 kg) 1/16 finalda jazoirlik Abdulhafid Benshablaga qarshi jang qildi. Birinchi raund jazoirlik bokschi foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi raund esa Sanjarning ustunligi bilan tugadi.
So‘nggi raundda Benshabla faolroq bo‘ldi va yakunda o‘zbekistonlik bokschi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Shu tariqa 22 yoshli o‘zbekistonlik bokschi Olimpiya o‘yinlaridagi o‘z yurishini ilk bosqichdayoq yakunladi.
Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Izoh (0)