• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu yil reanimatsiya bolalarga to‘la, o‘tgan yili bunday holat bo‘lmagan” — mutaxassis hozirgi kunda vaksinatsiya nima uchun zarurligiga izoh berdi

    Vaksina haqidagi mish-mishlar emlana olmaydigan aholi qatlamiga zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda 23-iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi biotexnologiyalar laboratoriyasi mudiri Dilbar Dalimova aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Dilbar Dalimova

    Dilbar Dalimova
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Dilbar Dalimovaning ta’kidlashicha, hozirgi kasallik, og‘ir holatlar ko‘payayotgan bir vaziyatda vrachlar ma’lumot berishdan avval mavzuni chuqur o‘rganishlari kerak.

    “Agar qanaqadir ma’lumotlar bo‘lmasa, so‘ranglar, biz ochiqmiz, barcha ma’lumotlar bor bizda. Lekin bunday qilmagan holda, OAVlarda chiqib vaksina haqida bilmasdan har xil gapirib, bu vaksina o‘limga olib kelarkan, degan va hokazo gaplarni tarqatmanglar”, – dedi markaz mas’ul xodimi.

    Dalimovaning alohida qayd etishicha, tibbiyot xodimlari va olimlar tarqatayotgan ma’lumotlar aholiga qattiq ta’sir qilmoqda, natijada kasalliklar ko‘payib, hatto bolalar orasida og‘ir holatlar kuzatilmoqda.

    “Markaz Zangota-1 va Zangota-2 bilan shtammlar va atipik holatlarni aniqlashda doimiy ishlamoqda. Bu yil reanimatsiya bolalarga to‘la. O‘tgan yili bunday holat bo‘lmagan, hozir go‘daklar, yosh bolalar reanimatsiyada yotibdi. Shuni his qilishimiz kerakki, siz kimgadir vaksina olmagin, uning nojo‘ya ta’sirlari ko‘p va hokazo, desangiz, u ertaga borib qari odamlarga yoki bolalarga yuqtirsa, bu bilan vaksina qildira olmaydigan aholiga zarar yetkazyapmiz”, – dedi mutaxassis.

    Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov hamkasbi fikriga qo‘shilgan holda, odamlar ikkilanib turgan paytda ayro fikrlarning taqdim etilishi ularning sog‘lig‘iga yomon ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

    Nurmat Otabekov

    Nurmat Otabekov
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Har birimiz bildirgan fikrimizga asos sifatida ko‘rsatadigan omillarimiz bo‘lishi kerak. Odamlar ikkilanib, olsammikan, olmasammikan, deb turgan paytda ayro fikrlarning taqdim etilishi emlanmaslikka sabab bo‘lishi mumkin. Oqibatda bu odam kasallikka chalinsa, hayotdan ko‘z yumsa, ularning uvolini kim bo‘yniga oladi? Mana shu masalani yoddan chiqarmasligimiz kerak”, — dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi.

    Avvalroq Asab va ruhiyat ilmiy-tibbiy markazi direktori, professor Zarifboy Ibodullayevning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanilayotgan O‘zbekiston—Xitoy hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining yaratilish bosqichlari haqida ma’lumotlar yo‘qligini aytib, ushbu vaksina qo‘llanilishining maqsadga muvofiqligini shubha ostiga olgan savollari bilan ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaati tarqalgan edi.

    Bunga javoban Innovatsion rivojlanish vazirligi bayonot bergan. Unda Ibodullayevning e’tirozlari noo‘rin va haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmasligi, u tomonidan tarqatilgan videomateriallar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida aholini chalg‘itishga xizmat qilayotgani aytilgan. “Professor Ibodullayev ilmiy jurnallardagi ma’lumotlarni o‘rganmay, mazkur vaksina haqida hech qayerda ma’lumotlar berilmagan, deb xalqimizning ko‘ngliga g‘ulg‘ula solmoqda”, — deyilgan vazirlik bayonotida.

    Mavzuga doir: Vaksinaga ishonmayotganlar, emlangach koronavirusga chalinganlar, boshqa vaksinani kutayotganlar. O‘zbekistonliklar nima uchun emlanishni xohlamayapti?

    Eslatib o'tamiz, majburiy emlanishdan asossiz bosh tortgan 14 toifadagi xodimlarga qanday jazo qo‘llanishi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekistonda 6 milliondan ortiq kishi vaksina qabul qilgani, reja — 21 million nafar ekanligi, shuningdek, xodimlarini to‘liq emlagan kafe-restoranlarning soat 20:00 dan keyin ham ishlashiga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar berilgan, shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab ochilgan emlash punktlari ro‘yxati e’lon qilingan edi.

    Eslatib o‘tamiz, 23-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida xalqqa murojaat qilib, koronavirus pandemiyasidan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

    24.07.2021, 20:14   Izoh (0)   29241
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2021-yil yakuniga qadar Turkiya bilan Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi

    24.07.2021, 19:33

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti sharafiga saf tortgan faxriy qorovul

    24.07.2021, 19:13

    Qamchiq dovonida ehtiyotsizligi oqibatida pastlikka tushib ketgan Nexia yo‘lovchisi qutqarildi

    24.07.2021, 18:12

    Tolyattidagi xostelda zaharlangan o‘zbekistonliklarga “noma’lum bakterial ichak infeksiyasi” tashxisi qo‘yildi

    24.07.2021, 17:34

    Foto: Odamlar orasidagi Shavkat Mirziyoyev

    24.07.2021, 17:08

    Video: Svetoforda to‘xtab turgan ikki mashina orasiga suqilib, YTH sodir etgan Lacetti

    24.07.2021, 16:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda 4,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:20

    Xitoyda osma ko‘prik uzilib, odamlar daryoga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 8 avgust, 08:55

    Qozog‘iston bir necha oydan so‘ng AZAL samolyoti halokati haqida hisobot tayyorlaydi

    Dunyo | 8 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.