O‘zbekistonga Ispaniyadan yangi bitta “Afrosiyob” tezyurar elektr poyezdi olib kelinmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 30-iyun kuni ushbu “Afrosiyob” poyezdi Ispaniyaning Bilbao portidan Rossiyaning Sankt-Peterburg portiga yetib kelgan. Bunda, 2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon mavjud.
Ayni kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poyezdni relsga qo‘yib, O‘zbekistonga olib kelishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati 2019-yilning mayida “O‘zbekistonda, temiryo‘llarda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash doirasida bitta Talgo – 250 tezyurar poyezdi va yana qo‘shimcha to‘rtta vagon sotib olish haqidagi qaror”ni qabul qilgandi. Unga ko‘ra, 2021-yil oxiriga qadar 57,5 million yevro evaziga bitta Talgo – 250 tezyurar poyezdi va qo‘shimcha to‘rtta vagon yetkazib berilishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, yangi “Afrosiyob”larning dastlabkisi 2017-yilning mart oyida O‘zbekistonga yetib kelgan edi. Bungacha 2011-yili dastlabki bitta Talgo poyezdlari O‘zbekistonga olib kelingandi. Shu yilning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Buxoroda yangi “Afrosiyob” poyezdi imkoniyatlari bilan tanishgan.
Izoh (0)