• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pandemiya tufayli bolalarning aqliy rivojlanishi sekinlashdi, Xitoy 22 ta vaksinani sinovdan o‘tkazadi. Koronaxabarlar

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 185 685 438 kishiga yetdi. Kasallikdan vafot etganlar 4 012 856 kishini tashkil qilmoqda. Virus yuqtirib olish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (33,7 million), Hindiston (30,7 million), Braziliya (18,9 million), Fransiya (5,8 million) va Rossiya (5,7 million) hamon yetakchilik qilmoqda.

    Pxenyandagi maktabga kelayotgan o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanmoqda

    Pxenyandagi maktabga kelayotgan o‘quvchilarning tana harorati o‘lchanmoqda
    Foto: Getty Images

    Pandemiya tufayli bolalarning aqliy rivojlanishi sekinlashdi

    Karantin va lokdaunlar davrida bolalar to‘rt devor ichida, shuningdek, gadjetlar qarshisida ko‘p vaqt o‘tkaza boshladi, bu esa ularning aqliy rivojlanishiga ta’sir qildi.

    Rossiya Ta’lim akademiyasining yangi tadqiqotida ta’kidlanishicha, pandemiya boshlanishidan oldin ham maktabgacha yoshdagi o‘rtacha bola gadjetlar uchun haftasiga 24 soat atrofida vaqt sarflagan. Biroq pandemiya sabab bu ko‘rsatkich oshdi, bolalar ko‘p vaqtini video o‘yinlar o‘ynash, multfilm tomosha qilish va internetda muloqot qilishga sarflay boshladi.

    Ta’kidlanishicha, o‘g‘il bolalar video tomosha qilish va o‘yin o‘ynashga bir yarim barobar ko‘proq vaqt sarflamoqda. Tadqiqotchilar shuni aniqladiki, bolalarning atigi 12 foizi gadjetlardan ota-onalari bilan birgalikda foydalanadi, aksariyat bolalar (62 foiz) ushbu qurilmalardan mustaqil foydalanadi, yana 20 foizi akasi yoki opasidan yordam oladi.

    Rossiyalik tadqiqotchilar karantin davrida bolalar qanday rivojlanishini kuzatdi. Pandemiya boshlanishidan oldin va boshlanganidan bir yil o‘tgach, olimlar 600 dan ortiq bola bilan tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqotchilar bolalardagi xotira va diqqatning rivojlanishi, diqqatni jamlash, o‘zini tutish va his-tuyg‘ularni boshqarish qobiliyatini kuzatdi. Pandemiyadan bir yil o‘tgach, har bir bolaning rivojlanishini hisoblab, olimlar dinamikaning sezilarli darajada yomonlashganini aniqladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hissiy va kognitiv rivojlanishi pasayib ketgan.

    “Bizning tadqiqotlarimiz uzoq vaqtdan beri davom etmoqda. Biz uni pandemiya paytida ham o‘tkazdik. Pandemiyadan oldin o‘sgan maktabgacha yoshdagi bolalar bilan taqqoslaganda, pandemiyada xuddi shunday besh yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar xulq-atvorni boshqarish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, ba’zi impulslarini jilovlay olish qobiliyatini afsuski pastroq darajada namoyon etmoqda. Umuman olganda, bu rivojlanish sur’ati pasayganini anglatadi”, —dedi Rossiya Ta’lim akademiyasining psixologiya instituti akademigi Aleksandr Veraks.

    Mavzuga doir: Hindistonda COVID-19’dan tuzalgan bolalar orasida xavfli yallig‘lanish sindromi qayd etildi

    Xitoy hukumati COVID-19’ga qarshi 22 ta vaksinaning klinik sinovlariga ruxsat berdi.

    Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining oziq-ovqat va farmatsevtika bo‘yicha davlat boshqarmasi vakili Yuan Lin ma’lum qildi.  “XXR oziq-ovqat va farmatsevtika davlat boshqarmasi besh xil texnologiya asosida ishlab chiqarilgan 22 ta COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarini allaqachon ma’qullagan”, — dedi Yuan Lin Pekindagi matbuot anjumanida.

    Ta’kidlanishicha, COVID-19’ga qarshi vaksinalarning to‘rttasini shartli ravishda bozorga chiqarish uchun ruxsat berildi, yana uchtasi mamlakatda favqulodda foydalanish uchun tasdiqlandi.

    XXR bosh epidemiologi Chjun Nanshanning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda adenovirusli vektorga asoslangan vaksinalar va nofaol vaksinalar eng tezkor ravishda ishlab chiqilmoqda.

    Shuningdek, u tadqiqotlarda qatnashgan ko‘ngillilarni klinik sinovlardan so‘ng kuzatib borish zarurligini ta’kidladi, bu odatda bir yildan ikki yilgacha davom etadi, ammo COVID-19 tarqalish tezligi va ko‘lamini hisobga olgan holda ushbu kasallikka qarshi vaksinalar bozorga odatdagidan tezroq kiradi.

    Mavzuga doir: Xitoy o‘zining koronavirusga qarshi vaksinalari samaradorligi past ekanini tan oldi

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish universal emlash rejasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi

    “Bu yo‘qotishlar ko‘pchiligimizga bevosita tanish, ko‘pchilik bu og‘riqni his qilmoqda”, — dedi Guterrish. “Bizni ulg‘aytirgan ota-onalar, bizni ilhomlantirgan o‘g‘il-qizlar, bizdan o‘z dono nasihatlarini ayamaydigan bobo-buvilar, hayotimizni rang-barang qilgan hamkasblar va do‘stlar uchun qayg‘uramiz”.

    Guterresh pandemiyaning oxiri hali uzoqligini ta’kidladi: qurbonlarning yarmi joriy yilga to‘g‘ri keldi, umid baxsh etganiga qaramay vaksinatsiya ham juda sekin ilgarilamoqda. Bundan tashqari, virusning tarqalishi qanchalik keng bo‘lsa, yangi va xavfliroq variantlarning paydo bo‘lishi ham shuncha tezlashadi.

    “Vaksinatsiyadagi bo‘shliqni bartaraf etish uchun biz tarixdagi eng katta sog‘liqni saqlash loyihasini boshlashimiz kerak”, — dedi Guterresh.

    BMT bosh kotibi dunyo rahbarlarini vaksinalar ishlab chiqarishni kamida ikki baravar ko‘paytirish va ularning COVAX platformasi orqali bir tekis tarqatilishini ta’minlash uchun global emlash rejasini ishlab chiqishga chaqirdi.

    Guterrishning yozishicha, u vaksina ishlab chiqaruvchi mamlakatlar, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, dori-darmonlarni teng taqsimlash uchun kurashayotgan GAVI alyansi va farmatsevtika guruhlari vakillarining shoshilinch ishchi guruhini chaqirishni rejalashtirmoqda. Ular birgalikda emlash rejasi ustida ish boshlashi lozim.

    “Hamma emlanmaguncha, barchamiz xavf ostidamiz”, — deya xulosa qildi BMT Bosh kotibi.

    Mavzuga doir: BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi emlandi

    09.07.2021, 20:26   Izoh (0)   15530
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hindistonda biryo‘la 12 nafar vazir iste’foga chiqdi

    09.07.2021, 17:56

    Gaiti prezidentini o‘ldirishda Kolumbiya va AQSh fuqarolari ayblanmoqda

    09.07.2021, 16:55

    Qozog‘istonda issiq havo harorati 30 yillik rekordni yangiladi

    09.07.2021, 15:11

    AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib ketganidan keyin ham terrorizmga qarshi kurashda davom etadi

    09.07.2021, 14:42

    “Tolibon” Tojikiston bilan chegarada o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi

    09.07.2021, 12:40

    Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma yuz berdi, qirg‘izistonlik harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

    09.07.2021, 11:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.