• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Hindistonda COVID-19’dan tuzalgan bolalar orasida xavfli yallig‘lanish sindromi qayd etildi

    Hindistonda koronavirusdan tuzalgan bolalarda o‘limga olib keladigan yallig‘lanish sindromi tarqaldi, deb yozadi Daily Mail nashri.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Xabarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab COVID-19’dan tuzalgan bolalarda multisistemali yallig‘lanish sindromi (MIS-C)ga chalinish bo‘yicha 2000 dan ortiq holat qayd etilgan. Ayni paytda mazkur sindromga uchragan bolalarning 70 foizga yaqini intensiv terapiyaga muhtoj.

    Qayd etilishicha, MIS-C asosan, 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ular koronavirus bilan kasallanganidan ikki-olti hafta o‘tgach ta’sir qiladi. Kasallik birinchi navbatda yuqori isitma shaklida rivojlanib, organlarning yallig‘lanishiga olib keladi. Bu kamdan kam uchraydi va simptomlarsiz kechgan infeksiyadan so‘ng rivojlanishi mumkin.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    “Sindrom yurak, nafas olish yoki buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Sog‘ayishi uchun uzoq vaqt talab qilinadigan bolalarda hayot darajasi sindromning organlarga qanchalik yomon ta’sir qilganiga bog‘liq. Kasallikni hali davolash oson bo‘lgan dastlabki bosqichdayoq qo‘lga olish juda muhimdir”, — dedi Dehlidagi “Xardinj ledi” tibbiyot kolleji pediatriya bo‘limi direktori doktor Xarish Pemde. Uning ta’kidlashicha, MIS-C o‘limga olib kelishi mumkin, chunki u ko‘plab organ tizimlariga ta’sir qiladi.

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan MIS-C noyob yallig‘lanish kasalligini tanasida rivojlantiradigan barcha bolalarning yarmida nevrologik belgilar mavjud. Eng tez-tez uchraydigan alomat bosh og‘rig‘i bo‘lgan, ammo bolalarda gallyutsinatsiya yoki tutqanoq kabi yanada jiddiy ikkilamchi ta’sirlar paydo bo‘lishi mumkin.

    MIS-C dastlab qon tomirlari devorlarining yallig‘lanishini keltirib chiqaradigan va asosan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’sir qiladigan Kavasaki kasalligi bilan bog‘liq deya taxmin qilingan. MIS-C bo‘yicha ilk holatlar Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyada 2020-yilning aprelida qayd etilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, MIS-C tashxisi qiyin bo‘lgan, chunki uning ko‘plab belgilari, jumladan, toshmalar, isitma va oshqozon-ichak buzilishi boshqa bolalar kasalliklariga o‘xshashdir.

    Multisistemali yallig‘lanish sindromining boshqa alomatlariga — toshma, yiring chiqmasdan ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi yoki yallig‘lanishining boshqa ko‘rinishlari, qon bosimining tushib ketishi yoki shok, koagulopatiya belgilari kiradi. Davolashda immunoglobulin terapiyasi va kortikosteroidlar qo‘llaniladi. Sindrom kamdan kam uchrasa-da, bu bola uchun virusning o‘ziga qaraganda ancha xavfli bo‘lishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, Hindistonda COVID-pandemiya fonida odamlarning xavfli zamburug‘larga chalinish holatlari ko‘paydi. Mamlakatda koronavirus tarqalishining ikkilamchi ta’siri sifatida paydo bo‘lgan qora zamburug‘ epidemiyasi fonida yana bir zamburug‘ kasalligi aniqlandi, u mamlakatda oq zamburug‘ deb ataladi.

    May oxirida Hindiston shifokorlari koronavirusga chalingan bemorda zamburug‘ infeksiyasining uchinchi turi — sariq zamburug‘ni aniqladi. Mamlakatda sariq zamburug‘ bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi.

    07.06.2021, 19:26   Izoh (0)   58956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin Ochiq osmon shartnomasidan chiqish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    07.06.2021, 18:10

    “Tolibon” Tojikiston va Qirg‘izistonni o‘z muammolarini oqilona va muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirdi

    07.06.2021, 17:27

    “Dunyoning istalgan joyida va istalgan vaqtda” — Zelenskiy Baydendan Rossiya—Amerika sammiti oldidan u bilan uchrashishni so‘radi

    07.06.2021, 16:56

    Xitoyda 3 yoshdan oshgan bolalar koronavirusga qarshi emlanadi, Malayziyada isitmani aniqlashda dronlar qo‘llanilmoqda, Isroilda niqob rejimi bekor qilinadi. Koron...

    07.06.2021, 16:13

    Turkmaniston prezidenti o‘g‘liga axaltekin otini sovg‘a qildi

    07.06.2021, 14:27

    AQSh vitse-prezidentining Lotin Amerikasiga uchayotgan samolyoti texnik muammo tufayli ortga qaytdi

    07.06.2021, 13:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.