• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Legioner” mutasaddi, PFL rahbari, O‘FA xodimi, yetakchi saytlar muxbirlari. Turli sabablar tufayli sport jurnalistikasini tark etganlar bilan suhbat

    2-iyul Xalqaro sport jurnalistlari kuni munosabati bilan “Daryo” faoliyatini sport jurnalistikasida boshlab, biroq keyinchalik bu sohadan uzoqlashgan bir qator shaxslar bilan suhbat uyushtirdi.

    Suhbatdoshlarimizdan nega sport jurnalistikasini tanlagani, shu sohadagi faoliyati va ketishga nima sabab bo‘lgani haqida so‘radik. Shuningdek, ular davridagi va hozirgi sport jurnalistikasi o‘rtasidagi farq haqida qiziqdik.

    Alisher Nikimbayev

    Hozirda Qatar futbolchi assotsiatsiyasida faoliyatini davom ettirayotgan Nikimbayev o‘z vaqtida O‘zbekistonning qator nashrlarida faoliyat yuritgan. U futbol muxlislariga O‘FF (O‘FA) va OFKdagi faoliyati bilan tanish.

    Foto: <span style=Alisher Nikimbayev arxividan" data-action="zoom" class="border lazyload" />

    Foto: Alisher Nikimbayev arxividan
    Bolaligimdan “Paxtakor” jamoasi muxlisi bo‘lganman. Futbolni yaxshi ko‘rardim. Hattoki 1982-yilgi Sobiq sovet chempionatidan boshlab har bir chempionatning natijalarini daftarchaga qayd etib borardim. Shu tariqa o‘zimni faqat sport jurnalistikasida ko‘ra oldim. Maktabni bitirgach, jurnalistika fakultetiga topshirish uchun Moskvaga bormoqchi edim. Ba’zi bir sabablarga ko‘ra Toshkent davlat universitetiga (hozirda O‘zbekiston milliy universiteti — izoh “Daryo”) topshirganman. Bir vaqtning o‘zida “Sport” gazetasida (1988-yillarda shunday nom bilan chiqardi) ham ish boshlaganman. Jurnalistika sohasida rasman o‘n yilcha faoliyat olib bordim. Norasmiy faoliyatni inobatga olsak, yana o‘n yil qo‘shsak bo‘ladi. Gazeta va jurnallarga muntazam maqola yozib turardim.

    Ketishimga asosiy sabablardan biri — O‘zbekiston futbol federatsiyasiga ishga o‘tganim. Aslida 1997-yildan boshlab u yerda yarim shtatda ishlab kelayotgandim. 2000-yilning noyabr oyida musobaqalar o‘tkazish bo‘limiga boshliq etib tayinlandim. Shu tariqa jurnalistikadan deyarli ketgandim. 1998-yildan boshlab O‘zbekiston matbuotida chiqmay qo‘ydim. Biroq o‘sha vaqtda ham jurnalistikani to‘xtatmaganman, Qozog‘istonning “Gol” gazetasiga ozroq yozib turardim. 2011-yilda Malayziyaga ketishim munosabati bilan u gazeta bilan ham hamkorlikni to‘xtatganman. Jurnalistikaga vaqt ajrata olmay qoldim. Ikki sohani bir vaqtda ushlash juda qiyin narsa. Manfaatlar to‘qnashuvi degan narsa bor. Amalga oshirsa bo‘ladi, lekin juda qiyin masala. Shuning uchun jurnalistika sohasidagi faoliyatimni tugatdim. Hozir kichik kanalim bor, o‘sha yerda futbol haqida yozib turaman.

    Avvalgi jurnalistika va hozirgisi o‘rtasida farq juda katta. Biz 1990-yillarning boshida faoliyat boshlaganimizda internet yo‘q edi. O‘yin natijalarini faqat telefonlar orqali bilsa bo‘lardi. O‘yinlar yakunlanganidan so‘ng inspektor federatsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, natijalarni ma’lum qilgandan keyingina olsa bo‘lardi. Natijalar gazetada o‘yinning ertasiga ham chiqishi qiyin edi, ular o‘zimizga kech yetib kelardi. Yevropa chempionatlari haqida esa gap bo‘lishi mumkin emas. U paytlar translyatsiya bo‘lmas edi. Top-5 ligalar natijalarini topish ham juda katta ish bo‘lgan. “Molodyoj Uzbekistana” gazetasining faqat bir sahifasi natijalar uchun berilardi. Beshta chempionatning jadvalini berishga joy bo‘lmasdi. Shuning uchun doim yuqori o‘rindagi 5-6 jamoaning natijalarini berib borardik. Bugungi kunda internet rivojlangan, natijalarni bemalol ko‘ra olasiz. Bizning davrimizda imkoniyatlar cheklangan edi. Eng asosiy farq shu.

    Bir vaqtlar gazetaga ishga kirish juda qiyin edi. Gazetalar juda ham ko‘p emas, muxbirlar soni cheklangandi. Hozir esa bitta saytda faoliyat olib borayotgan xodimlar 20—30 yil oldingi gazetalarda ishlagan butun boshli xodimlar sonidan ko‘p. Sport jurnalistlarining soni o‘n baravar oshdi. Internet rivojlangan davrda xohlagan odam sport jurnalisti bo‘lishi mumkin.

    Alisher Nikimbayev

    Zafar Qosimov

    Faoliyatini “Uff.uz” va “Chempion” gazetasida boshlagan Zafar Qosimov keyinchalik “Interfutbol” gazetasi, “Sport TV” telekanalida ish yuritdi. Ayni vaqtda Qosimov “Xabar.uz” sayti muxbiri hisoblanadi.

    Foto: Zafar Qosimov shaxsiy arxivi

    Foto: Zafar Qosimov shaxsiy arxivi
    Men sport jurnalistikasini emas, sport jurnalistikasi meni tanlagan. O‘sha vaqtlarda ko‘pchilikda bo‘lganidek, oddiy muxlislikdan jurnalistlikka o‘tib ketganman. Muxlislik nuqtayi nazaridan kelib chiqib, o‘z fikrlarimni qog‘ozga yozib, tahririyatga yuborardim. Ustozim Xayrulla Hamidov yozganlarimni ko‘rib qolgan. “Chempion” gazetasining bir sonida ustozimiz “yangilarni kashf etyapmiz, Zafar Qosimov akamiz…”, deb yozgandi o‘shanda. Ustozim yoshimni bilmagan, Xayrulla akadan yoshim ancha kichik. Mana shu narsa menga qanot bo‘lgan, ruhlanib yana yozgan narsalarimni jo‘natganman. Keyinchalik tahririyatga chaqirishdi, u yerga bordim. Shunday qilib sekin-sekin havaskorlikdan professionallikka o‘tganman. Aslida o‘qituvchilik sohasida faoliyat olib borardim. U kasbni tashlab, professional jurnalistika bilan shug‘ullana boshladim.

    Jurnalistikaga kirib kelgan vaqtlarimda, sportdan boshqa tanlash uchun imkoniyat yo‘q edi. Ijtimoiy-siyosiy jurnalistika o‘sha vaqtlarda ancha turg‘unlashib qolgandi, shuning uchun sportni tanladim va 2018-yilgacha sport jurnalistikasida faoliyat olib bordim. Yozdim, o‘qidim, gapirdim.

    Sport jurnalistikasidan ketdim deb ayta olmayman, ozroq tanaffus oldim desam to‘g‘ri bo‘lsa kerak. 2018-yilda “Xabar.uz” saytidan taklif tushdi. Ijtimoiy-siyosiy jurnalistikada o‘zimni sinab ko‘rish uchun imkoniyat tug‘ildi. O‘zim kutganimdan ortiqroq natijalarga erishdim. Bunday bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Sport jurnalistikasidan chiqqan inson ijtimoiy-siyosiy sohada faoliyat olib borishi qiyin bo‘lsa kerak degandim, lekin hammasi aksincha bo‘ldi. Bu sohadagi rang-baranglik, oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan holatlar, hissiyotlar, odamlarning muammosini ko‘tarish, bularning barchasi meni qiziqtirib qo‘ydi.

    Insonlarning turmush tarzidagi turli muammolarni ko‘rgandan keyin terma jamoa haqida gapirish biroz erish tuyulib qolarkan. Faqat sport haqida yozish odamni ancha cheklab qo‘yar ekan. Shu mavzuda Muhrim A’zamxo‘jayev bilan suhbatlashganimizda, fikrimiz bir joydan chiqdi. Sportdan chiqqan odam uchun ijtimoiy-siyosiy sohada go‘yoki katta eshiklar ochilgandek bo‘ladi. 3 yildan buyon shu sohada yuribman, lekin sportni tashlab qo‘yganim yo‘q. Yaqin kelajakda ijtimoiy-siyosiy sohani tashlamagan holda sport jurnalistikasi bilan shug‘ullanish niyatim bor.

    Sport jurnalistikasi eng avvalo tezkorlikni o‘rgatgan. Biror musobaqani yoritishga borganingizda xabarlarni tezkorlik bilan yetkazish kerak bo‘ladi. “Uff.uz” saytidan, “Chempion” gazetasidan vakil bo‘lib borardim. Gazeta haftada bir marta chiqadi, mayli uni qo‘yib turaylik, lekin saytda tezkorlik juda ham zarur. Boshqa raqobatchilardan ko‘ra tezroq harakat qilishga o‘rgatdi. Matbuot anjumanlari, futbol uchrashuvlari, musobaqalar bo‘ladi, ularning natijasini tezroq berging keladi. Maqtanish bo‘lsa ham aytaman, o‘sha vaqtlarda hech kimdan ortda qolmasdim. Mana shu bilim va ko‘nikma menga ijtimoiy-siyosiy sohada qo‘l keldi. Sport jurnalistikasi tezkorlikka o‘rgatadi, u bilan birga obyektivlikni ham qo‘shish lozim. Xolislik va tezkorlik jurnalist uchun kerak bo‘lgan narsa.

    Zafar Qosimov

    Shuhrat Shokirjonov

    “Uff.uz”, “Stadion.uz” saytlari, “Chempion” va “Stadion” gazetalarida mehnat qilgan Shuhrat Shokirjonov hozirda “Kun.uz” sayti muharriri va maxsus muxbiri sifatida faoliyat olib bormoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”
    Sport jurnalistikasida azaldan ochiqlik va so‘z erkinligi bo‘lgan. Yoshligimda (16-17 yoshlarimda, 1990-yillar) “Molodyoj Uzbekistana” va “O‘zbekiston futboli” gazetalarini sevib o‘qirdim. Alisher Nikimbayevning maqolalariga juda havas qilganman. Sport, futbol jurnalistikasi statistika (matematika) va geografiya bilan hamohang. Balki, shu jihati meni maftun etgandir. Chunki maktabda bu ikki fanni sevib o‘qiganman.

    Keyinchalik, “Uff.uz” saytidagi yigitlar bilan tanishdim. Saytda faol edim, turli maslahatlar, takliflar berardim. Ular darhol birga ishlashni taklif etdi. Keyinchalik u yigitlar bilan “Chempion” gazetasiga asos soldik. Uni boshqa odamlar sotib olgach, “Stadion” gazetasi va “Stadion.uz” saytiga asos soldik. Bir muddat ishladik va uni ham sotib yubordim. Gazeta esa rentabelligi pasayib yopildi. Katta jurnalistikaga sport jurnalistikasi orqali qadam qo‘ydim. Gazeta chiqardik, sayt yuritdik, yurtlarni kezdim, katta o‘yinlarni stadionlardan muxlislarga uzatdik — juda boy tajriba to‘pladim.

    Sohani butunlay tark etdim, deya olmayman, biroz sirtqi rejimdaman. Qolaversa, ayni paytda “Kun.uz”da katta jurnalistika bilan shug‘ullanyapman. Ochig‘i, so‘nggi 3 yilda futbollarni sinchkovlik bilan kuzatmay qo‘ydim. Garchi “Tribuna.uz” sayti faoliyatida bevosita ishtirok etsam-da, bu mavzuda kam yozyapman. Sabab bugungi kundagi faoliyatim bilan bog‘liq. Ish ko‘p, bo‘sh vaqt ajrata olmayapman. Shu kunlarda Yevro—2020 ni kuzatayotgan bo‘lsam-da, Superligamiz va Pro-Ligamizni esa hattoki TVda ham ko‘rmayapman. Ofisimiz yonginasidagi “Dinamo” stadioniga qachon so‘nggi marta tushganimni eslolmayman. Olimpiadada ham sportchilarimizning chiqishini kuzatsam kerak.

    Sport jurnalistikasi to‘liq onlaynlashdi. Sportga oid nashrlarga talab shuning uchun ham pasayib ketdi. Yoshlar futbol bo‘ladimi, boshqasimi — to‘liq internetdan kuzatmoqda. Chunki hozir axborot uzatishda tezkorlik birinchi planga chiqqan. Sport yangiliklarini bosma shaklda uzatish tarix qa’riga singdi. Faqat silliq sahifali jurnallar saqlanib qolishi mumkin. Chunki ularda tahlil va sifat bo‘ladi.

    Mana shu yerda avlodlar o‘rtasidagi farq bilinmoqda. Keksa avlod vakillari har bir so‘zni vazniga qarab, o‘rinli ishlatish, jumlani lo‘nda tuzib, muxlisga tushunarli tilda bayon etishni bilishgan. Yoshlarda esa imkon qadar informatsiyani tezroq o‘quvchiga yetkazish ustuvorlik qilmoqda. Yoshi katta ustazoda jurnalistlarimizning barchasi ham internetda ishlashni bilmaydi. Lekin ularda juda boy tajriba va chuqur tahlil bor. Chiqib kelayotgan yoshlar esa gazetada ishlab ko‘rmagan. Faqat televideniyeda birmuncha ustoz-shogird an’analari saqlanib turgandek. Ammo yoshlarda hozir imkoniyat nihoyatda katta. Chunki internetda birvarakayiga matn, ovoz va tasvir orqali axborot uzatish imkoniyati mavjud. Mutlaqo yangi nomlarni ko‘rib qolyapmiz. Albatta, xato-kamchiliklar bo‘lishi tabiiy, lekin o‘z ustida ishlash bilan ularning mahoratlari oshib boraveradi.

    Hozir raqobat juda kuchli. Jurnalistlar o‘rtasida ham, onlayn nashrlar o‘rtasida ham. Yangilik va axborot uchun poyga vujudga kelgan. Bu yo‘lda men yoshlarning faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilayman. Ko‘proq o‘qishsin, o‘rganishsin, o‘sishsin. Xalq ichida obro‘-nufuz orttirishsin.

    Shuhrat Shokirjonov

    Diyor Imomxo‘jayev

    Sport sohasidagi katta faoliyatini “Sport TV” telekanalida boshlagan Imomxo‘jayevlar avlodining vakili “Daryo”da uzoq yillar ish olib bordi. Hozirda Diyor Imomxo‘jayev PFL bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Sport jurnalistikasi yo‘nalishidan ketishimga ikkita ta’lim muassasasiga o‘qishga kirolmaganim sabab bo‘lgan. Bolaligimdan diplomatiya yo‘nalishini orzu qilardim. Ammo birinchi galda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti qoshidagi akademik litseyga kira olmaganman. Keyinroq Toshkent davlat aviatsiya institutiga kira olmaganman. Shular sabab bo‘lib, dodam va otamning (Axbor Imomxo‘jayev va Abror Imomxo‘jayev — izoh “Daryo”) yo‘llaridan ketdim.

    Sohadan ketdim, demagan bo‘lardim. Jahonda mashhur sobiq futbolchilar, murabbiylar yoki ekspertlar sport yo‘nalishida TV bilan muntazam hamkorlik qilib turadi. Shu tendensiya bizda ham sekin amalga oshyapti, ular orasida o‘zim ham bor ekanimdan xursandman. Asosiy faoliyatim PFL bilan bog‘liq bo‘lsa-da, TV va umuman OAV bilan muntazam yaqin aloqada ishlab kelaman, qolaversa, o‘z shaxsiy kanalimni yuritaman.

    Diyor Imomxo‘jayev

    Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev

    “Championat.asia” sayti asoschilaridan bo‘lgan Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev hozirda bolalar futbolini rivojlantirish yo‘lida mehnat qilmoqda.

    Kadr: YouTube / “Championat.asia”

    Kadr: YouTube / “Championat.asia”
    Sport jurnalistikasini tanlashimga futbolga bo‘lgan qiziqish sabab bo‘lgan, 2002-yilga jurnalist bo‘lishga ahd qilganman. Futbol sharhlovchisi bo‘lish niyatida edim, sababi futbolchi bo‘lishga sharoit bo‘lmagan. Ota-onam oddiy ishchi bo‘lgan, oilamda juda katta qiyinchilik bo‘lgan, hatto butsa va to‘p olishga imkon yo‘q edi. Bu kemtikni to‘ldirish uchun 2004-yilda o‘z tanlovim bilan Milliy universitetning jurnalistika fakultetiga topshirganman. Davron Kabulov bilan kursdosh bo‘lganman. O‘zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor”ning o‘yinlariga yuzlarimizni bo‘yab olgan holda borardik, futbolga bo‘lgan muhabbat shu darajada kuchli edi. Sharhlovchi bo‘lish orzum ushalmagan, sababi “Sport TV” telekanaliga kirish o‘sha vaqtlarda faqat “tanish-bilish” orqali edi. Sport jurnalistikasidagi faoliyatimdan norozi emasman, bu sohada ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdim. 23 yoshimda sherigim — G‘ayrat Xasbiulin bilan “Championat.asia” saytiga asos soldim. Ko‘pchilik meni fotograf deb biladi, biroq aslida yo‘nalishim tahlil va intervyu bo‘yicha. Vadim Abramov degan mutaxassis “Jurnalistlar hamma joyni egallab oldi”, deya gapirib yuribdi. Aslida sport jurnalistlari mutaxassis sifatida ko‘pchilikdan yaxshiroq shakllangan. Ular izlanadi, o‘qiydi, o‘rganadi. Hozirgi futbolimizdagi ayrim mutaxassislar o‘zining o‘yinidan boshqalarni kuzatmaydi ham. Shuning uchun bo‘lsa kerak, hozirda juda ko‘p jurnalistlar yuqori lavozimlarda ishlamoqda.

    Menimcha, sobiq jurnalist bo‘lmaydi. Telegram kanalim bor, saytga yozmasam ham, ba’zida o‘sha kanalga yozib turaman. 2015-yildan keyin bolalar futboliga juda mukkasidan ketdim. Biroq bu tizimdagi muammolarni yoritishdan naf ko‘rmadim, hech kim e’tibor bermadi. Shu sabab o‘zim homiylar topgan holda shu sohaga kirdim va bolalar futbolini tiklashning iloji borligi isbotlamoqchiman. Jurnalistikadan to‘liq ketdim deb aytmagan bo‘lardim, “Championat.asia” saytiga qarab turaman. Lekin qizig‘i materiallarni o‘qimayman. Hozir video-jurnalistika rivojlanyapti, o‘z loyihalarimni amalga oshirish arafasida turibman.

    Sport jurnalistikasining daromadi katta bo‘lmagani uchun, ko‘pchilik mutaxassislar oilali bo‘lgandan keyin bu sohadan chetga chiqib ketadi. Bu sohada daromad topish qiyin. Nima uchun tajribali jurnalistlar bu sohani tark etganini, o‘zimiz o‘sha yoshga yetganda tushunib yetdik. Agar bizning jurnalistikada ham homiylar Yevropa yoki arab davlatlaridagi kabi bo‘lgandami... Ishoning, jurnalistikamizga teng keladigan mutaxassislar boshqa davlatlarda yo‘q. Jurnalistlar shu sohadan topgan daromadi orqali o‘zini va oilasini ta’minlay oladigan darajaga yetgandan keyingina men bu sohaga baho bera olaman. Tengdoshlarim hozir jurnalistikadan chiqib ketdi, ularni hozirgi yoshlar bilan solishtira olmayman. O‘zimizni esa ustozlar bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bizning davrimizda har bir voqea joyidan yoritilardi. Hozirgilar esa u yer, bu yerdan eshitgan xabarini blok ko‘rinishda yoki video ko‘rinishda berib yuboryapti. Birovning mehnatini o‘zining nomidan beryapti. Menimcha, bu noto‘g‘ri. Jurnalistlar izlanishi kerak, sportchilarning ichida bo‘lishi lozim.

    Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev

    Baxtiyor Shirinov

    O‘zbekistondagi turli nashrlarda tahlil va statistika oid maqolalari bilan nom qozongan Baxtiyor Shirinov jurnalistikadan uzoqlashgandan keyin “OKMK” klubida matbuot kotib bo‘lib ishladi, hozirda esa O‘FAda faoliyat olib bormoqda.

    Kadr: YouTube / “Championat.asia”

    Kadr: YouTube / “Championat.asia”
    Bolaligimdan sportga mehrim bo‘lakcha edi. 10 yoshimda Meksikada bo‘lib o‘tgan mundialni qoldirmasdan ko‘rgandim. Ungacha ham futbol tomosha qilardim. Masalan, JCh—1982, Yevro—1984. Ular xotiramda qolmagan. Asosiy qiziqishim 1986-yilgi mundialdan boshlangan.

    Futbol, xokkey, figurali uchish, chang‘ida uchish, yengil atletika, har biriga qiziqish juda yuqori bo‘lgan. Mana shu qiziqish sohaga kirib kelishimizga sabab bo‘lgan.

    Jurnalistikadan to‘liq ketganim yo‘q. Hozirgi ishimning jurnalistikaga aloqasi bo‘lmasa ham sport jurnalistikasida ham qalam tebratib turibman. Oz bo‘lsa-da O‘FA matbuot xizmatiga ham yordam beraman. Yozish yoki ishlash bo‘ladigan bo‘lsa, hozirda meni qoniqtiradigan hamkor yo‘q. Shuning uchun hech kim bilan ishlamayapman.

    Biz ishlagan davrimizda internet hali rivojlanmagan edi. Hozirda internetdan istalgan ma’lumotni olish mumkin. Har bir jamoani Instagram, Telegram kanallari ishlab turibdi. Ma’lumotlar ko‘p, lekin hozirgi sport jurnalistikasida dangasalik juda avj olgan. Jurnalistlar o‘zini ustida ishlamay qo‘ygan. Hattoki suhbatdoshini to‘liq o‘rganmasdan turib suhbat o‘tkazib yuborishlariga kuyunaman. Avvalo, ma’lumotlarni yig‘ish kerak, chuqurroq o‘rganish kerak. Xalq uni tinglaydi, xalq uni gapiga ishonadi. Xalqni qondirish uchun inson ozgina mehnat qilishi lozim. Avvalgi jurnalistlarda bu narsa juda yuqori saviyada bo‘lgan. Ustozlarimni eslayman, sharh davomida ham, gazetaga maqola berishdan oldin ham ular albatta izlangan. Shundan so‘ng xalqqa yetkazgan. O‘zim guvohi bo‘lgan voqealardan biri: suhbatdan so‘ng jurnalist suhbatdoshidan o‘zini tanishtirib yuborishini so‘radi. Bu jurnalistika uchun uyat.

    Baxtiyor Shirinov, O‘FA xodimi

    Qayd etish kerak, sport jurnalistikasida qalam tebratib, hozirda faoliyatini boshqa sohada davom ettirayotganlar talaygina. “Daryo” ularning ayrimlarini misol keltirdi, xolos.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    02.07.2021, 22:07   Izoh (0)   19009
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Keyingi manzili aniq bo‘lgan Serxio Ramos, sudlangan UEFA va qaysar Mbappe. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    02.07.2021, 07:10

    Bekhemning so‘nggi katta o‘yini, Angliya uchun qo‘rqinchli tushga aylangan penaltilar seriyasi va “qovun tushirgan” Runi. JCh—2006 1/4 finalidan o‘rin olgan Angliy...

    01.07.2021, 23:51

    “Ichimdagi bolakay o‘ldirildi”. “Ayaks” muxlisining o‘limiga sababchi bo‘lgan, 18 yoshida YChL finalida gol urgan Patrik Klyuyvert haqida

    01.07.2021, 22:37

    Yozning dastlabki shov-shuvli transferi tasdiqlandi: Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tadi

    01.07.2021, 15:43

    Messining “Barselona”dagi so‘nggi kuni, “Paxtakor” futbolchisiga qiziqqan Belgiya klubi va vaqtlari aniq bo‘lgan “El-Klasiko”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.06.2021, 23:14

    Ringdagi “qotil”, kabutarlarga muhabbat, qamoq va sovurilgan millionlar. 55 yoshni qarshilagan afsonaviy Mayk Tayson haqida

    30.06.2021, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tong sehri: Jennifer Lopes, Opra Uinfri va boshqa mashhurlar nega soat 5 da turadi?

    Layfstayl | 10 may, 08:30

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.