• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bekhemning so‘nggi katta o‘yini, Angliya uchun qo‘rqinchli tushga aylangan penaltilar seriyasi va “qovun tushirgan” Runi. JCh—2006 1/4 finalidan o‘rin olgan Angliya — Portugaliya uchrashuvini eslab

    So‘nggi bir necha o‘n yillikda Angliya yirik musobaqalarga doim yulduzlarga to‘la tarkib bilan borib, aytarli natija qayd eta olmasligi odatga aylandi. Germaniyada o‘tgan JCh—2006 ga ham inglizlar qator nomlar bilan borgan, biroq chorak finalda Portugaliyaga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.

    Foto: Getty Images

    “Penaltilar seriyasi” degan so‘zni eshitganda Angliya terma jamoasi muxlislari haligacha o‘zini yaxshi his qilmaydi. JCh—1990 da Germaniyaga yutqazilgan seriya. Yevro—1996 da yana nemislar, yana yarim final va yana seriyadagi omadsizlik. JCh—1998 da Karlos Roa Angliyani 1/8 finalda “ko‘madi”, Portugaliyaga qarshi Yevro—2004 chorak finali: Bekhem va Vassellning xatosi. Ushbu maqolada so‘z boradigan Portugaliyaga qarshi JCh—2006 dagi o‘yin. Germaniyadagi mundialdan keyin Yevro—2012 inglizlar Italiyaga qarshi seriyada omadsiz harakat qilgan. Faqat 2018-yilgi chempionatda Angliya Jordan Pikfordning muvaffaqiyatli harakatlari evaziga Kolumbiyani taslim etgandi.

    Sven-Yoran Eriksson asosiy tarkibga faqat bitta markaziy hujumchini tushiradi — Ueyn Runi. Gari Nevill nihoyat jarohatdan forig‘ bo‘lib, safga qaytgan va Ouen Hargrivz o‘zi uchun qulay bo‘lgan tayanch yarim himoyasiga qaytgandi. Luis Felipe Skolarida esa bosh og‘rig‘i ko‘proq edi: Niderlandiyaga qarshi kechgan “bolta chopqi” o‘yindan keyin Deku va Koshtinya diskvalifikatsiya sabab safdan chiqqan, ularning o‘rnini asosiy tarkibda Tiagu va Peti egallagandi. Avvalgi o‘yinda Xolid Bulahruzdan dahshatli zarba qabul qilib olgan va maydonni yig‘lab tark etgan Krishtianu Ronalduning holati bo‘yicha ham savollar bor edi, biroq “Manchester Yunayted” forvardi qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

    Birinchi bo‘limda Angliya yaqqol ustunlik bilan o‘ynadi. Nevill safga qaytganidan keyin Eriksson jamoasi qanotlarni aql bilan ishlatishni boshlagandi. Shuningdek, Hargrivzni ham alohida ta’kidlash kerak: “Bavariya” yarim himoyachisi mayda qoida buzishlar va to‘pni olib qo‘yishda muvaffaqiyatli harakat qilib, portugallarning ko‘plab hujumlarini to‘xtatib qoladi.

    To‘p uchun kurashayotgan Ouen Hargrivz va Tiagu

    To‘p uchun kurashayotgan Ouen Hargrivz va Tiagu
    Foto: Getty Images

    Angliya terma jamoasining ushbu chempionatdagi eng omadsiz o‘yinchisi haqida gap ketsa, u holda bu — Frenk Lempard. “Chelsi” yetakchisi bu o‘yinda son-sanoqsiz uzoqdan berilgan zarbalardan tashqari uzatmalarda ham ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yadi. Yuqori darajadagi o‘yinchining bunday harakat qilishi aqlga sig‘masdi. Aynan Frenk inglizlarning birinchi bo‘limdagi eng xavfli vaziyatini ko‘kka sovuradi, biroq bu Lempard uchun omadsizlikning cho‘qqisi emasdi.

    Tanaffusdan keyin ham inglizlar to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘ldi. Bekhem bo‘lim debyutida penaltida ishlab oladi, biroq hakam Orasio Elisondo Portugaliya futbolchisi Nunu Valente qo‘l bilan harakat qilganini payqamay qoladi. Sal turib Bekhem ko‘z yosh to‘kkan holda maydonni tark etadi — avvalgi epizodlarning birida futbolchi aynan Valente bilan to‘qnashuvda jarohat olgandi. Sardor o‘rniga Aaron Lennon maydonga tushadi. Bu Bekhem uchun terma jamoa safida yirik musobaqadagi so‘nggi o‘yin bo‘lib qoldi.

    Kadr: SBS

    Oradan ko‘p o‘tmay Lempard navbatdagi vaziyatni yo‘qqa chiqaradi: Jerrardning standart vaziyatdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Frenk bir necha metr masofadan darvozani aniq nishonga ololmaydi. Biroz o‘tib Lennon Runini yuz foizlik vaziyatga olib chiqadi — Ueyn to‘pga yetib borolmaydi, Jo Koulning zarbasi esa darvoza yonida o‘tib ketadi.

    Angliya borgan sari Portugaliya ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga olardi. Biroq Runining asablari dosh bera olmadi: Rikardu Karvalyuning keskin harakatidan keyin angliyalik futbolchi butsasi bilan raqibining oyoqlari orasini atayin bosadi.

    Vaziyat sodir bo‘lgan joyga Krishtianu Ronaldu yugurib keladi va birinchilardan bo‘lib Elisondodan Runini jazolashni talab qiladi. Runi esa “Nima qilyapsan?”, deya klubdoshini turtib yuboradi. Elisondo qizil kartochka berishni to‘g‘ri deb topadi.

    Runining qizil kartochkasiga sabab bo‘lgan qo‘pollik

    Runining qizil kartochkasiga sabab bo‘lgan qo‘pollik
    Foto: Getty Images

    Bir necha yil avval Runi shu holatni yodga oldi: “Bu faoliyatimdagi eng yomon holat. Jamoaga pand berdim va mag‘lubiyatda meni aybdor deb bilishadi. O‘yindan keyin Ronaldu bilan tunnelda uchrashdim. Darhol yakkama-yakka gaplashib olish kerak degan fikrda edim. U menga qaradi, xuddi kechirim so‘rashni istayotgandek edi. Unga o‘rtamizda muammo yo‘qligini aytdim. Musobaqadan zavq olishini va qolgan o‘yinda omad tiladim. Unga bir necha haftadan keyin ko‘rishishimizni va yonma-yon jang qilishimizni aytdim”.

    Ingliz nashrlari darhol Runi Ronaldudan hisob so‘rash uchun o‘yindan keyin Portugaliya kiyinish xonasiga bostirib kiray degani, Aleks Fergyuson bo‘lib o‘tgan vaziyatdan xavotirda ekani haqida yoza boshladi. Biroq hech qanday kelishmovchilik yo‘q edi — Ronaldu Angliyaga qaytdi, bir o‘yinda hushtakbozlikka uchradi, Runi bilan birga “Fulhem”ni 5:1 hisobida taslim etdi va barcha Jahon Chempionatidagi voqeani yodidan chiqardi.

    Foto: Getty Images

    Yana Gelzenkirxenga qaytamiz — Eriksson Jo Koulni o‘yindan oldi va Runidan tubdan farq qiladigan Krauchni maydonga tushirdi. Qo‘shimchasiga Angliya shu vaqtga qadar o‘yin nazoratini ushlab turgan maydon markazidagi futbolchisini yo‘qotgandi. Portugaliya bir kishi kam bo‘lib o‘ynayotgan raqibiga ortiqcha bosim uyushtirmadi. Aksincha, Skolari shogirdlari raqiblarini xato qilishini kutdi.

    Angliyaliklar juda kam xatoga yo‘l qo‘yishga urinardi. Himoyaviy o‘yin bo‘yicha Angliya terma jamoasining musobaqadagi eng yaxshi o‘yini shu bo‘ldi — juda kam xatolar, Terri va Ferdinandning klassik to‘p olib qo‘yishlari, havodagi to‘plar nazorati.

    Qo‘shimcha bo‘limlarda Angliyaning bir nechta chiroyli vaziyatini eslab o‘tishimiz lozim, ammo “Liverpul” hujumchisi Piter Krauch ulardan unumli foydalana olmadi. Portugaliya esa Ronalduning uzoqdan bergan zarbasi va Elder Poshtiganing ofsayddan urgan goli bilan javob qaytardi. Angliya himoyada juda ajoyib o‘yin namoyish etdi (ayniqsa Hargrivz juda yaxshi harakat qildi).

    Penaltilar seriyasi — Angliya uchun hukm edi. Uning ustiga raqib xuddi Yevro—2004 dagidek Portugaliya. Hattoki zarba beruvchi futbolchilar ham o‘sha edi. Penaltini aniq amalga oshira olmagan Bekhem va Vassellar maydonda emasdi. Lekin bu safar ham qahramonlar topildi.

    Birinchi bo‘lib to‘pga Simau yaqinlashdi — Robinson to‘p yo‘nalishini topdi, lekin to‘pga yeta olmadi. Keyin Lempard Angliya terma jamoasining asosiy omadsiziga aylandi — Rikarduning uning zarbasini qaytardi. Ugu Viananing zarbasi ustunga tegdi va Eriksson jamoasida imkoniyat paydo bo‘ldi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatgan Hargrivz penaltini aniq amalga oshirdi.

    Peti zarbani noaniq amalga oshirib, Angliyaliklarga oldinga chiqib olish uchun imkoniyat berdi. Lekin yana Rikardu qutqarib qoldi. Bu safar Jerrard gol ura olmadi. Poshtiga noaniq penaltilar seriyasiga nuqta qo‘ydi va Robinson darvozasini ishg‘ol qildi. Navbat Karragerga keldi. U ham imkoniyatidan foydalana olmadi. Aslida “Liverpul” himoyachisi gol urgandi, lekin Elisondo qaytadan nuqtani ko‘rsatdi — Jeymi hakam hushtagi chalinmasdan turib zarba bergandi. Ikkinchi imkoniyatidan esa foydalana olmadi.

    Nuqtani Krishtianu Ronaldu qo‘ydi — penaltini aniq amalga oshirdi va Portugaliyani yarim finalga olib chiqdi.

    Foto: Getty Images

    Angliya Portugaliya hujumlariga qarshi munosib himoyalandi, hududlarda ustunlikka erishdi va ko‘proq vaziyatlar sodir etdi. Aslida bu muxlislar avvalgi o‘yinlarda ko‘rgan ahmoqonalik fonida Eriksson jamoasi tomonidan namoyish etilgan yaxshi o‘yin edi. Angliyaliklar bu o‘yinga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rishgan edi. Lekin imkoniyatlardan foydalanmaslik va Runining maydondan chetlatilishi muhim rol o‘ynadi. Bu hodisa Angliya o‘yinni endi o‘zi tomonga og‘dirayotgan mahalda sodir bo‘ldi.

    Angliyaliklarga qarshi o‘yinda penaltini qaytarish tajribasi bo‘lgan Rikardu bu safar ham o‘sha ishni takrorladi.

    JCh—2006

    1/4 final

    1-iyul, 2006-yil

    Angliya — Portugaliya 0:0

    Penaltilar seriyasi — 1:3

    Angliya: Robinson, Nevill, Ferdinand, Terri, Endi Koul, Bekhem (Lennon, 52; Karrager, 119), Jerrard, Hargrivz, Lempard, Jo Koul (Krauch, 65), Runi.

    Portugaliya: Rikardu, Migel, Meyra, Karvalyu, Nunu Valente, Peti, Manishe, Tyagu (Ugu Viana, 74), Figu (Poshtiga, 86), Ronaldu, Pauleta (Simau, 63).

    Chetlatish: Runi (62).

    O‘yin qahramonlari — Rikardu va Ouen Hargrivz bo‘ldi. Biri — penaltilar seriyasidagi qoyilmaqom o‘yini uchun, ikkinchi — shunchaki ajoyib o‘yin o‘tkazgani uchun. Hargrivz qizil kartochkadan keyin hujumda ham, himoyada ham ikki hissa ko‘proq mehnat qildi. Hargrivz hamma yakkakurashlarda g‘olib chiqdi. Afsuski, doimiy jarohatlar futbolchining faoliyatiga nuqta qo‘ydi.

    Foto: Getty Images

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    01.07.2021, 23:51   Izoh (0)   22548
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ichimdagi bolakay o‘ldirildi”. “Ayaks” muxlisining o‘limiga sababchi bo‘lgan, 18 yoshida YChL finalida gol urgan Patrik Klyuyvert haqida

    01.07.2021, 22:37

    Yozning dastlabki shov-shuvli transferi tasdiqlandi: Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga o‘tadi

    01.07.2021, 15:43

    Messining “Barselona”dagi so‘nggi kuni, “Paxtakor” futbolchisiga qiziqqan Belgiya klubi va vaqtlari aniq bo‘lgan “El-Klasiko”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.06.2021, 23:14

    Ringdagi “qotil”, kabutarlarga muhabbat, qamoq va sovurilgan millionlar. 55 yoshni qarshilagan afsonaviy Mayk Tayson haqida

    30.06.2021, 17:00

    Yevro—2020 chorak finalining kutilgan va kutilmagan ishtirokchilari, de Bur ketdi, Desham esa qoladi. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.06.2021, 10:54

    Yevro—2020. Ukraina qo‘shimcha bo‘limlarning so‘nggi daqiqalarida gol urib, o‘z tarixida ilk bor chorak finalga yo‘l oldi

    30.06.2021, 02:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.