Dunyoning turli nuqtalarida 30-iyun kuni kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni namoyish etamiz.

Hindistonda uch oy ichida birinchi marta 40 mingdan kam koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi.

Foto: EPA

Yaqinda turmush qurgan Alberto va Lusiya Italiyaning Matera shahrida joylashgan Sassi di Matera tumanida suratga tushmoqda.

Foto: Reuters

Amerikalik tennischi Serena Uilyams Belarus vakili Aleksandra Sasnovichga qarshi “Ulkan toj” tasnifidagi “Uimbldon” turnirining birinchi davra uchrashuvini yakunlay olmadi. Birinchi set 3:3 hisobi bilan davom etayotgan vaqtda Uilyams tizzasi bilan yiqilib tushdi va uchrashuvni davom ettirolmasligini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Niderlandiyaning Gaaga shahrida “tirik haykallar” kasaba uyushmalari namoyishida qatnashib, ish haqini oshirish va budjet sohasi ishchilarini qadrlashni talab qilmoqda.

Foto: Shutterstock

Boks zalida mashg‘ulotlarni tugatgandan so‘ng video tomosha qilish uchun yig‘ilgan bolalar.

Foto: Reuters

O‘tgan oy G‘azo sektori shimolida Isroil va Hamas o‘rtasidagi jang paytida Isroilning havo hujumi natijasida vayron bo‘lgan uyning ustida turgan falastinlik.

Foto: Reuters

Chennayda “Koronavirus iblislari” kostyumini kiygan ko‘ngilli aholini kasallikka qarshi emlanishga chaqirmoqda.

Foto: AFP

Germaniyaning Frankfurt shahri osmonida chaqnayotgan yashin.

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin doimgidek to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazib, rossiyaliklarning savollariga javob berdi. 3 soat 40 daqiqa davom etgan suhbatda davlat rahbari 69 ta savolga javob berdi.

Foto: EPA

1988-yilda ishlab chiqarilgan “Child’s Play” qo‘rqinchli filmidagi Chaki personaji niqobini kiyib olgan namoyishchi Bagota shahrining Suba dahasida prezident Ivan Duke Markes hukumatiga qarshi norozilik namoyishida qatnashmoqda.

Foto: AFP

Iroqda kuzatilayotgan jaziramada Shatt al-Arab daryosida cho‘milayotgan odamlar.

Foto: AFP

Jakartaning Daan Mogot dahasida arava tortib ketayotgan odam Qizil Xoch tashkiloti mashinasi yordamida sepilayotgan dezinfeksiyalash vositasidan qochishga urinmoqda.

Foto: Reuters

Quddus brigadasining tasmasini taqib olgan yosh falastinlik bola Islomiy Jihod Harakati tomonidan G‘azoda tashkil etilgan yozgi harbiy lagerda bitiruv marosimini tomosha qilmoqda.

Foto: Reuters

Himoya yuz niqobini kiygan erkak Jakartadagi milliy qo‘g‘irchoq figuralari yonidan o‘tib ketmoqda.

Foto: Reuters

Qora dengiz sohillarida joylashgan Rossiyaning Anapa kurort-shahrida dam olayotgan sayyohlar.

Foto: “TASS”

Tuman bilan qoplangan Sidneyda sayr qilib yurgan mahalliy aholi.

Foto: EPA

30-iyun kuni kechqurun Baykonur kosmodromidan uchirilgan “Soyuz-2.1a” raketasi “Progress MS-17” yuk tashish vositasini oraliq orbitaga olib chiqdi.

Foto: “TASS”

Iqlim isishi oqibatida o‘simlik shillig‘i bilan qoplangan Turkiyadagi Marmar dengizi qisman tozalandi.

Foto: Getty Images

Jakartadagi davlat kasalxonasida koronavirus bilan kasallangan odamlar shoshilinch tibbiy yordam xonasida dam olmoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Leypsig shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi ibislar.

Foto: Getty Images

Fransiyada jurnalistlar va Madaniyat ishlari bo‘yicha viloyat boshqarmasi xodimlari yong‘in tufayli vayron bo‘lganidan bir yil o‘tib, Avliyo Piter va Pol soboriga tashrif buyurdi.

Foto: AFP

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Shotlandiyaga qilgan tashrifi davomida idishga solingan asalni ko‘zdan kechirmoqda.

Foto: PA