Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 181 851 597 kishiga yetdi, shularning 3 938 885 nafari vafot etdi. Koronavirusga chalinish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (33,6 million), Hindiston (30,3 million), Braziliya (18,5 million), Fransiya (5,8 million) va Rossiya (5,4 million) eng oldinda bormoqda.

Foto: Hindistonning Tamilnad shtati koronavirus tufayli joriy etilgan qat’iy cheklovlarni yumshatdi

Foto: Hindistonning Tamilnad shtati koronavirus tufayli joriy etilgan qat’iy cheklovlarni yumshatdi
Foto: AFP

O‘tgan bir kecha-kunduzda Rossiyada 669 kishi koronavirusdan vafot etdi. Bu pandemiya boshidan buyon kuzatilgan yangi kunlik rekorddir. Bundan avvalgi rekord bir kun oldin qayd etilgan, o‘shanda 652 kishi vafot etgan edi.

30-iyun ertalab holatiga Rossiyada 21 042 kishida koronavirus aniqlandi, umumiy kasallanganlar soni esa 5 514 599 kishiga yetdi.

Eng ko‘p COVID-bemorlar Moskvada (bir kunda 5823 kishi), Podmoskovyeda (2583) va Peterburgda (1503) qayd etildi.

Turkiyaning 26 ta viloyatida COVID-19’ning delta (“hindcha”) shtammi aniqlandi, kasallanish holatlarining yarmi Istanbul ulushiga to‘g‘ri keladi, deya ma’lum qildi sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Jami 224 kishi delta shtammni yuqtirib olgan, shularning 134 nafari — Istanbulda. Turkiyada hozircha koronavirusning delta plyus varianti aniqlangani yo‘q.

So‘nggi vaqtlarda butun dunyoda delta shtammining keng tarqalishi kuzatilmoqda. U dastlab Hindistonda aniqlangan bo‘lib, xususan, yuqumlilik darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Ayni paytda bolalar koronavirusning “hindcha” shtammiga ko‘proq chalinuvchandir, deya ma’lum qilmoqda Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Vladimir Chexonin.

Uning aytishicha, hozirda Rossiya Fanlar akademiyasi koronavirusning “hindcha” shtammini faol o‘rganmoqda. “Aytish mumkinki, bu shtamm ancha yuqumli, uning yuqumlilik koeffitsiyenti ‘uxancha’ shtammdan ancha kattaroq”, — dedi akademiya vitse-prezidenti.

Avvalroq Rossiya epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Aleksandr Gorelov koronavirus ayni paytda yoshlar va o‘smirlar orasida faolroq tarqalayotgani, asosan, 14-29 yosh odamlarda ko‘proq qayd etilayotganini ma’lum qilib, bu “hindcha” shtammning tarqalishi natijasi ekanini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi