Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyo bo‘ylab 29-iyun kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Yevro—2020 musobaqasi doirasida Fransiya—Shveysariya o‘yinida g‘olib asosiy vaqtda aniqlanmadi (3:3). Penaltilar seriyasida Shveysariya 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Suratda Kilian Mbappening zarbasini qaytargan darvozabon ortidan yugurayotgan Shveysariya terma jamoasi a’zolari.

Foto: Getty Images

Nepaldagi sholi ekish mavsumi boshlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan Asar Panda bayramida qatnashayotgan yuziga loy chaplangan bola.

Foto: Reuters

“Tolibon”ga qarshi bo‘lgan qurollangan odamlar Afg‘onistonning Parvon viloyati, G‘o‘rband tumanidagi nazorat punktini qo‘riqlamoqda.

Mayombe ismli gorilla yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ushlab turibdi. Mayombe va Jongo asli tutqunlikda tug‘ilib, so‘ng yovvoyi tabiatda farzandli bo‘lgan tarixdagi ilk gorillalar bo‘ldi.

Foto: PA

Pekindagi Milliy stadionda Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligiga bag‘ishlangan shou paytida Qizil bayroq atrofiga yig‘ilgan qatnashchilar.

Yangi tashkil etilgan Eviatar hududiga ko‘chib o‘tgan isroilliklar G‘arbiy Sohilning Nablus shahri yaqinidagi Beyta qishlog‘idan falastinliklarning ularga qarshi yo‘naltirayotgan lazer nurlarini tomosha qilmoqda.

Tokioning Toyosu shahridagi TeamLab Planets bog‘i xodimi “Suzuvchi gullar” nomli interaktiv kinetik installyatsiya yonida turibdi.

Foto: AFP

Shtutgartda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan keyin shahar opera teatri tomi katta zarar ko‘rdi.

Foto: AP Photo

Dinozavrlar kiyimidagi o‘qituvchilar Bangkok maktabida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun onlayn dars suratga olmoqda.

Foto: EPA

Barselonada Xalqaro mobil kongressi boshlandi. Unda turli yangi texnologiyalar namoyish etiladi.

Vatikanda Rim Papasi Fransisk rahbarligida avliyo Butrus va Pol kuniga bag‘ishlangan messa bo‘lib o‘tdi.

Vatikanda Rim Papasi Fransisk rahbarligida avliyo Butrus va Pol kuniga bag‘ishlangan messa bo‘lib o‘tdi.
Foto: Getty Images

Londondagi Uimbldon tennis musobaqasining tomoshabini o‘yinni suratga olmoqda.

Londondagi Uimbldon tennis musobaqasining tomoshabini o‘yinni suratga olmoqda.
Foto: EPA

Bo‘sh turgan sohil bo‘ylab yurgan bola. Koronavirus holatlari ko‘paygani sababli Bali orolining chet ellik sayyohlarni qabul qilishi keyinga qoldirildi.

Suriyaning Idlib shahridagi vayron bo‘lgan bino yaqinida fonar bilan turgan odam.

Suriyaning Idlib shahridagi vayron bo‘lgan bino yaqinida fonar bilan turgan odam.
Foto: Getty Images

1-iyuldan boshlab Turkiyada karantin cheklovlarining bir qismi bekor qilinishi e’lon qilindi.

Tokiodagi TeamLab Planets maydonchasida Garden Area nomli interaktiv installyatsiya ochildi.

Sidneyda ikki haftalik lokdaun e’lon qilingandan so‘ng shahar ko‘chalarining ko‘rinishi.

Kirbi uy-joy massivida Angliya va Falastin bayrog‘i bilan bezatilgan balkonlar oldida to‘p o‘ynayotgan bola. Angliya 29-iyun kuni “Uembli” stadionida Yevro—2020 musobaqasining nimchorak final o‘yinida Germaniya bilan to‘qnashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Kolumbiyada hukumatga qarshi namoyish paytida Xristofor Kolumb haykalini ag‘darayotgan odamlar.

Vashingtonda Demokratik partiya vakili Aleksandriya Okasio-Kortez Oq uy oldida “Iqlim yo‘q bo‘lsa, bitim ham yo‘q” namoyishida qatnashmoqda.

Gretsiya politsiyasi 2012-yilda Afinadagi Milliy galereyadan o‘g‘irlangan Pikasso va Mondrianning rasmlarini topdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi