Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

24-iyun kuni O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Circa sirk akrobatlari Avstraliyadagi Rainbow Bay Beach nomli sohilda mashq qilmoqda. Guruh 2022-yil Buyuk Britaniyada o‘tkaziladigan shouga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Getty Images

Toshkentdagi “Chorsu” bozorining avtobus bekatida gazeta o‘qib o‘tirgan otaxon.

Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

Bangkokda 1932-yilgi Siam inqilobini xotirlab, skuterda hukumatga qarshi namoyish uyishtirayotgan demokratiya tarafdorlari.

Foto: AFP

Kosta-Rikaning Guanakaste provinsiyasidagi Garza plyajida syorfing bilan shug‘ullanayotgan yigit.

Foto: EPA

“Chorsu” mehmonxonasining tomi.

“Chorsu” mehmonxonasining tomi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Angliyalik siyosatchi Ser Kir Starmer Buyuk Britaniyadagi Ipsvich okrugida joylashgan kutubxonaga tashrifi davomida bolalarga kitob o‘qib bermoqda.

Foto: PA

Gonkongda rahbarlari hibsga olingan Apple Daily gazetasini sotib olish uchun navbatda turgan odamlar. Navbatdagi nashr kutilganidan uch kun oldinroq tarqatildi.

Boris Jonson Qurolli Kuchlar haftaligini nishonlash uchun Oldershot garnizoniga tashrifi chog‘ida harbiy mashinaga minmoqda.

Florida shtatida qisman qulab tushgan 12 qavatli binoning ko‘rinishi. Voqea joyida 80 dan ortiq yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari ishtirok etdi.

Avstriyada Bregenz festivali arafasida Rigoletto operasining mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Avstriyada Bregenz festivali arafasida Rigoletto operasining mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Foto: Getty Images

Turkiyaning Antaliya shahrida koronavirus cheklovlari yumshatilgandan so‘ng aholi ko‘ngilochar joylarga borishi mumkin bo‘ldi.

Foto: “TASS”

Londondagi Christie’s auksion uyi xodimlari Keyt Xering tomonidan chizilgan “Nomsiz” asarini namoyishga tayyorlamoqda.

Londondagi Christie’s auksion uyi xodimlari Keyt Xering tomonidan chizilgan “Nomsiz” asarini namoyishga tayyorlamoqda.
Foto: Getty Images

Uysiz filippinliklar boshpana sifatida qayta jihozlangan Maniladagi gimnaziyada dam olmoqda.

Litvada Yanov kuni milliy bayrami olov atrofida nishonlandi.

Litvada Yanov kuni milliy bayrami olov atrofida nishonlandi.
Foto: “TASS”

Hindistonda Vat Purnima bayrami nishonlandi. Bu marosimda oilali ayollar banan daraxtlari atrofida arqon bog‘lab, erlari uchun ibodat qiladi.

Los-Anjelesda hibsga olingan Britni Spirsning sud majlisi paytida xonandaning muxlislari ishtirokida namoyish bo‘lib o‘tdi.

Foto: AP Photo

Keyptaun sohilidagi syorfingchi.

Keyptaun sohilidagi syorfingchi.
Foto: EPA

G‘arbiy Sohilning Bayt shahrida Isroil tomonidan qurilgan uylarga qarshi namoyishda mashina g‘ildiragi shinasini ko‘tarib olgan falastinlik namoyishchi.

Foto: Reuters

Sankt-Peterburgda Xalqaro dengiz mudofaasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sankt-Peterburgda Xalqaro dengiz mudofaasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: EPA

Syurixda Stiv Makkurining fotosuratlari ko‘rgazmasi ochildi.

Vengriyaning Niredhaza shahridagi hayvonot bog‘ida issiq tufayli hayvonlar mevali muz bilan oziqlana boshladi.

“Tolibon” harakati a’zolari Hirot viloyatidagi tinchlik dasturiga qo‘shilish uchun qurollarini Afg‘oniston hukumatiga topshirdi.

Parijda erkaklar moda haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Parijda erkaklar moda haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Foto: EPA

Sayyoh Melburndagi ko‘cha rassomlari rasm chizishiga ruxsat berilgan Hosye-Leyn dahasidan o‘tmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi