• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yangi mehribonlik uylarini ochmaslik taklif etildi

    Toshkentda 29-iyun kuni YuNISEF va hamkor tashkilotlar O‘zbekistonda bolalarni parvarish qilish tizimini xalqaro ilg‘or tajribaga muvofiq ravishda isloh qilish maqsadida noinstitutsionallashtirishni tezlashtirish bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiyani o‘tkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” YuNISEF matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

    Foto: YuNISEF vakolatxonasi

    Foto: YuNISEF vakolatxonasi

    Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishini ta’minlash maqsadida noinstitutsionallashtirish Milliy strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari” deb nomlangan konferensiyaning maqsadi O‘zbekistondagi bolalarga institutsional g‘amxo‘rlikdan ular oila va jamiyat muhitida o‘sishlari uchun yo‘lni belgilab olishdir.

    Mazkur tadbir O‘zbekiston Senatining Yoshlar, madaniyat va sport ishlari qo‘mitasi tomonidan YuNISEF va O‘zbekistonning gender tengligi bo‘yicha komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

    So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi internat muassasalarida yashovchi bolalarning ulushi shu yoshdagi aholining har 100 ming kishisiga 255 tani tashkil etadi, bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir (100 mingga 120 bola).

    O‘zbekiston noinstitutsionallashtirish siyosatini ishlab chiqdi va tegishli harakatlar rejasini qabul qildi, deyiladi xabarda.

    “Biroq yirik internat muassasalari so‘nggi chora emas, balki muqobil parvarishning eng asosiy ko‘rinishi bo‘lib qolmoqda. Institutsionallashtirish darajasi yuqori”, — deya qayd etdi BMTning bolalar jamg‘armasi.

    Tadbir davomida milliy tashkilotlar, shuningdek, xalqaro ekspertlar O‘zbekistondagi bolalarni parvarishlash tizimini isloh qilish sohasidagi vaziyatni muhokama qildi. Tadbir ishtirokchilari bolalar parvarishining zamonaviy tizimini ishlab chiqish bo‘yicha eng ilg‘or xalqaro va milliy tajriba hamda bu sohadagi saboqlar bilan bo‘lishdi.

    Xalqaro darajada bolalarni parvarish qilish sohasi katta muassasalar o‘rniga oilaviy va jamoatchilik asosida bir qator xizmatlar ko‘rsatish sari o‘zgarmoqda, deyiladi xabarda.

    Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda noinstitutsionallashtirish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Mahalliy darajada nazoratni yaxshilab borib, yangi internat muassasalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik; oilalarni qo‘llab-quvvatlash va reintegratsiya xizmatlarini, shuningdek, oila va hamjamiyatda muqobil parvarishni kuchaytirish, mavjud internat muassasalarini bolalar va oilalar uchun ijtimoiy xizmatlar markazlariga aylantirish shular jumlasidandir.

    “O‘z oilalari va qarindoshlari bolalarga g‘amxo‘rlik qilganida ular gullab-yashnashi hamda institutsionallashtirish naqadar ziyonli ekani haqida YuNISEF ishonchli ma’lumotlarga ega. Bolalar hamjamiyatlarda ulg‘aysa, ularning barcha rivojlanish natijalari sezilarli darajada yaxshiroq bo‘lishini bilamiz”, — dedi YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.

    Foto: YuNISEF vakolatxonasi

    Foto: YuNISEF vakolatxonasi

    “Institutsional parvarishni qo‘llashni so‘nggi chora deb biladigan hamda eng muhtojlar, jumladan, uch yoshdan kichik va nogironligi bo‘lgan farzandlarni o‘stirayotgan oilalarga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarning keng ko‘lamini yaratishni nazarda tutadigan bolalar parvarishining zamonaviy tizimini barpo etishda hukumatni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — deya ta’kidladi Munir Mamedzade.

    “Har bir bola oilaviy muhitda tarbiya topishga, ota-ona mehrini, yaqinlari e’tibori va g‘amxo‘rligini his qilib yashashga to‘la haqli”, — dedi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.

    Foto: Oliy Majlis Senati

    Foto: Oliy Majlis Senati

    U, shuningdek, Senatning tegishli qarorida chin yetimlar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni mehribonlik uylariga joylashtirish eng so‘nggi chora ekanligiga, bunday bolalarni oilalar tarbiyasiga berish birlamchi vazifa ekanligiga alohida e’tibor qaratish belgilanganligini ta’kidladi.

    Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha jami 71,6 ming nafar bola vasiylik va homiylik organlari nazoratiga olingan. 2019-yilning 1-martidan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 1,3 barobarga oshirilgan. 2011—2020-yillarda mehribonlik uylarini tugatgan va uy-joyga muhtoj 1188 nafar bitiruvchidan 610 nafariga uy-joy berilgan.

    Senat tashabbusi bilan 2021-yilda davlat budjetidan 50 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, mehribonlik uylarining 900 nafar bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan, deya qayd etdi Senat matbuot xizmati.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda bolalar uchun xayriya loyihasi ishga tushirildi
    • “Farzandimga bo‘lgan haqqim va haddim maxsus tashkilotlarnikidan ham ojiz ekan. Lekin shunday tashkilotlar kerak”. Chet eldagi o‘zbek oilalardan hikoyalar
    • Qashqadaryoda yetarli sharoitlar yaratilmagan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boshqa mehribonlik uyiga ko‘chirildi

    30.06.2021, 22:56   Izoh (0)   19912
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afg‘oniston O‘zbekiston rahbariyatining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi

    30.06.2021, 22:39

    O‘zbekistonda ayollar eng ko‘p qaysi avtomobilni sotib olgani ma’lum qilindi

    30.06.2021, 22:10

    O‘zbekistonda “temir daftar”dagi oilalarning har bir farzandiga o‘quv qurollari va maktab formasi sotib olish uchun 500 ming so‘mdan beriladi

    30.06.2021, 21:41

    O‘zbekistondagi faol yoshlar deputat va senatorlarga biriktiriladi

    30.06.2021, 21:20

    O‘zbekistonda 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti 7 yil muddatga 14 foiz stavka bilan beriladi

    30.06.2021, 21:10

    O‘zbekistonda maktab bitiruvchisiga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy bo‘ladi

    30.06.2021, 21:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi 10 foiz oshiriladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 08:55

    Kinotavsiya: yapon kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan qiziqarli seriallar

    Madaniyat | 7 iyun, 08:51

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.