28-iyun kuni O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklarida olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Hindistonning Tamil Nadu shtati hukumati yuqumli kasallik tarqalishi sababli qo‘yilgan qat’iy cheklovlarni yumshatdi. Endi aholi ko‘ngilochar joylarga tashrif buyurishi mumkin.

Foto: Getty Images

Toshkent shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari fonida ko‘rinib turgan Toshkent teleminorasi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Avstriyada bo‘lib o‘tgan Steyermark Gran-prisida g‘olib bo‘lgan Red Bull poygachisi Maks Verstappen g‘alabani nishonlamoqda.

Foto: Reuters

Germaniyaning Gamburg shahridagi Xagenbek hayvonot bog‘ida yashovchi Kamchatka qo‘ng‘ir ayig‘i.

Foto: Getty Images

Londonning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Buyuk Britaniyadagi All England Lawn Tennis and Croquet Club maydonchasi xodimlaridan biri tennis maydonini tozalamoqda.

Foto: PA

Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligiga bag‘ishlab Chjetszyan provinsiyasida ekilgan gullar.

Foto: AFP

Turkiyaning Van viloyatida o‘rgimchak to‘riga tushgan ninachilar.

Foto: Getty Images

Bangladesh hukumati COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qilganidan so‘ng Dakka shahridagi shohbekatda yig‘ilib turgan avtobuslar.

Foto: AFP

Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida 2021-yil aprel oyi o‘rtalaridan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlangan. Ayni vaqtda ular jadal davom etmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kanadaning Toronto shahridagi Skotiabank Arena maydonida koronavirusga qarshi emlanayotgan odamlar.

Foto: AP Photo

Toshkentdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida 2021-yil aprel oyi o‘rtalaridan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari boshlangan. Ayni vaqtda ular jadal davom etmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yozgi tog‘ yaylovlariga chorva mollarini haydash bayrami Shveysariyaning Adelboden kommunasida nishonlandi.

Foto: EPA

Londonda bo‘lib o‘tgan Britaniya matbuotida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni yetarli darajada yoritmaslikka qarshi mitingda qatnashayotgan Extinction Rebellion harakati a’zolari.

Foto: “TASS”

Neapoldagi San-Nikola-alla-Karita cherkovida amalga oshirilayotgan qayta tiklash ishlari.

Foto: EPA

Istanbulning Fotih tumanida 28-iyun kuni yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Getty Images

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken (o‘ngda) Rim Papasi va arxiyepiskop Pol Gallager bilan uchrashuv oldidan Vatikandagi Sistin ibodatxonasiga tashrif buyurdi.

Foto: Shutterstock

Yujin shahrida AQSh yengil atletika jamoasining Tokio Olimpiadasiga yo‘l oluvchi tarkibini saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Suratda: Sportchi Shelbi MakIvan erkaklar o‘rtasida balandlikka sakrash bo‘yicha final bahsidagi g‘alabasini nishonlamoqda.

Foto: “TASS”

Moskva bo‘ylab 28-iyun kuni kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Shaharda oylik me’yorning 70 foizigacha bo‘lgan miqdorda yomg‘ir yog‘di. Tabiiy hodisa oqibatida yo‘llarni suv bosdi, tramvay, avtobus, elektrobus va ikki metro liniyasida poyezdlarning harakati to‘xtatildi.

Foto: “TASS”

Shveysariyalik Kristian Chriegel Red Bull X-Alps tog‘ poygalari vaqtida Zalsburg yaqinidagi Blans tog‘idan parashyutda sakradi.

Foto: Reuters

Indoneziya politsiyasi super qahramon liboslarida Makassar ko‘chalariga chiqib, pandemiya paytida aholini karantin qoidalariga amal qilishini nazorat qilmoqda.

Foto: “TASS”

Angliya tema jamoasi futbolchilari 29-iyun kuni “Uembli”da Germaniyaga qarshi Yevro—2020 musobaqasining chorak final o‘yini oldidan Sent-Jorj stadionida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Foto: AP Photo

Plesetsk kosmodromidan “Soyuz-2” raketa tashuvchisi orbitaga uchirildi. Raketa “Kosmos-2550” deb nomlangan Rossiya Mudofaa vazirligining sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli ravishda orbitaga olib chiqdi.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

Amerikaning Surfsayd shahridagi ko‘p qavatli bino qulaganidan keyin davom etayotgan qidiruv-qutqaruv ishlari. 12 qavatli binoning bir qismi qulashi oqibatida qurbonlar soni to‘qqiz kishiga yetdi. Taxminan, 150 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Foto: EPA