Telegram navbatdagi yangilanishi orqali guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish, ekran translyatsiyasi, fonni animatsiya qilish, xabar yuborishda animatsiya kabi qator yangi funksiyalarni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya saytida so‘z boradi.
Guruhli videochaqiruvlar
Ovozli chatlar endi oson guruhli videochaqiruvlarga aylanishi mumkin – videoni yoqish uchun shunchaki kamera belgisini bosish kifoya. Videoni butun ekranga yoyish uchun istalgan video ustiga bosish kerak. Agar biror video qadalsa, u yangi foydalanuvchilar chaqiruvga qo‘shilganida va kameralarini yoqqanida fokuslangan holatda qoladi.Ovozli chatni boshlash uchun administrator hisoblangan istalgan guruh profilida ⋮ menyusini bosish kerak (iOS qurilmasida guruh profilida “ovozli chat” tugmasini).
Faqat ovoz ishtirokchilari cheklanmagan, video hozircha ovozli chatga qo‘shilgan birinchi 30 kishiga ko‘rinadi. Bu cheklov ovozli chatlar striming o‘yinlari, jonli tadbirlar va boshqalarni qabul qilishi bilan tez orada oshiriladi.
Ekranni ulashish
Kamerangizga qo‘shimcha ravishda ekranini yoki har ikkalasini bir vaqtda ulashish mumkin.Ekranni ulashish uchun istalgan ilovada ⋮ yoki ⋯ belgisini bosish va uni menyudan tanlash kerak.
Shovqinsizlantirish parametrlari
Ovozli chatlarda hatto biror qarsildoq taom tanovul qilayotgan foydalanuvchi uchun ham barchaning ovozi tiniq va ravshan eshitilishi uchun shovqinsizlantirish tizimi yaxshilangan. Shuningdek, zarur bo‘lganda sozlamalarda shovqinsizlantirishni faolsizlantirish uchun almashtirish tugmasi ham qo‘shilgan.Planshet va kompyuter qo‘llab-quvvatlanishi
Bundan tashqari, noutbuk, kompyuter yoki planshetdagi katta ekran uchun interfeysni ham gorizontal, ham vertikal holatda qulayroq qilishga harakat qilingan. Ishtirokchilar ro‘yxati va videoni ajratilgan ekran holatida ko‘rish uchun yon panelni kengaytirib ko‘rish mumkin.Kompyuterlardagi ovozli chatlar alohida oynada ochiladi, shu sababli hech narsani kichraytirmasdan yozish va gapirish mumkin. Kompyuter ilovalari ekran ulashilishini tanlash funksiyasiga ega, shu sababli butun ekran o‘rniga alohida dasturni ulashsa bo‘ladi.
Kompyuter ilovasidan foydalanilayotgan ekranini ulashishni boshlagan istalgan foydalanuvchi videosi avtomatik qadaladi. Ayniqsa, bu kichik jamoalar o‘z ishlarini muhokama qilish uchun yig‘ilganida qo‘l keladi.
Eslatib o‘tamiz, Telegram’ning bundan oldingi versiyasida videomuharrir, animatsiyali stikerlar qo‘shish, yaxshilangan GIF paneli kabi funksiyalar taqdim etilgandi.
Izoh (0)