Hafta davomida O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan qiziqarli suratlarni namoyish etamiz.
Buyuk Britaniyada 19-iyun kuni uchirilgan 9000 ming poyga kabutarlari noma’lum tarafga uchib ketib, egalarining yoniga qaytib kelmadi. Ko‘plab qush egalari quyosh faolligidan kelib chiqqan geomagnit bo‘ron sababli kabutarlardagi navigatsiya tizimida “nosozlik” kelib chiqqan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda. Foto: Getty Images
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Sa’dulla ota” masjidida peshin namozidan so‘ng duo qilayotgan jamoat. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan 28-iyundan boshlab masjidlarda jamoat namozlarini ochiq havoda amalga oshirish tavsiya etildi. Foto: Facebook / Abdurrohman Husniddin
Italiyaning Turin shahrida o‘tloq chang‘isi musobaqasining sprint yo‘nalishi bo‘yicha qatnashayotgan sportchi. Foto: AFP
Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Chirchiq daryosi bo‘yidagi obodonlashtirish va qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Daryoning Toshkent shahridan o‘tgan qismining (16 kilometr) o‘zani qisqartirib, turli infratuzilma obyektlari barpo etish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda Ohangaron va Bektemir ko‘chalari oralig‘idagi 5 kilometr tartibga keltirilmoqda. Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Qo‘zilar va plastik idishlarni ko‘tarib yurgan ayol Dakka shahrida yomg‘ir paytida boshpana izlamoqda. Foto: AFP
Shavkat Mirziyoyev va Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov “Saxovat” mahallasini ko‘zdan kechirmoqda. 2021-yilda “Obod mahalla” dasturi doirasida hudud to‘liq obodonlashtirilib, yangidan chiroy ochdi. Mahalla guzari, Saxovat bog‘i, savdo do‘konlari barpo etildi. Yo‘laklar tartibga keltirilib, bolalar o‘yingohlari, avtoturargoh tashkil qilindi. Foto: “Daryo” / Madina Nurman
London yaqinida o‘tkazilayotgan Royal Ascot ot poygalarida Alcohol Free laqabli tulpordan yiqilayotgan Oisin Merfiy. Foto: Getty Images
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yamanlik jangchilar zirhli transport vositasida Marib yaqiniga ketyapti. Foto: AP Photo
Shimoliy Makedoniyaning Kumanovo shahri yaqinidagi Kokino megalitika rasadxonasida yozning eng uzun kunini nishonlayotgan odam. Foto: Reuters
Hindistonning shimoliy sharqidagi Manipur shtatidagi Loktak ko‘lida o‘z qayig‘ida nilufar gullari oralab suzib ketayotgan baliqchi. Foto: AP Photo
Yuzlab qurollangan odamlar afg‘on xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va “Tolibon”ga qarshi kurashishga tayyor ekanliklarini e’lon qilish uchun ko‘chalarga yig‘ilishdi. Foto: Reuters
Turkiyadagi Van ko‘li ustida quyosh botishi. Foto: Getty Images
Xorvatiyaning Vodnyan shahri markaziy maydonida Ioann Cho‘qintiruvchi (Yahyo alayhissalom Injilda shunday nom bilan kelgan – tah.) tug‘ilgan kunini nishonlayotgan odam. Foto: “TASS”
Nayrobi milliy bog‘ida yashovchi hayvonlar. Foto: “TASS”
Sitsiliyadagi Etna vulqonidan otilayotgan lava. Foto: Getty Images
Pikachu maskotlari Tokioning Xaneda xalqaro aeroportida Skymark Airlines aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyotida Pokemon mavzusidagi yangi dizaynlar taqdimoti paytida namoyish qilinmoqda. Foto: AFP
Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kuni hisoblangan 21-iyunda Izmirdagi Kordonboyu mahallasida quyosh botishi vaqti rolikli konki uchayotgan bolalar. Foto: Getty Images
Yangi zelandiyalik Mitch Evans ABB FIA Formula E chempionatining to‘qqizinchi bosqichida qatnashmoqda. Foto: Getty Images
Afina janubidagi Kavouri shahri plyaji yaqinida issiq kunda syorfing taxtasida mashq qilayotgan odamlar. Foto: AP Photo
Quyosh botish vaqtida Turkiyaning Qora dengiz mintaqasidagi Trabzon viloyati sohilida turgan mushuklar. Foto: Getty Images
Singapurning Jewel Changi aeroportidagi sun’iy sharshara yaqinida turgan qizaloq. Foto: AFP
Taylandning Huan Hin shahridagi uy oshxonasida ovqatlanayotgan fil. Foto: AFP
Amerikalik Kaelib Dressel Sog‘liqni saqlash markazida AQShdagi suzish bo‘yicha musobaqaning sakkizinchi kunida erkaklar o‘rtasida 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha final bahsida Amerika rekordini o‘rnatdi. Foto: Getty Images
Rio-de-Janeyrodagi Kopakabana plyajida Rio-de-Paz nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Braziliyaning yarim million COVID-19 qurbonlari xotirasiga joylashtirilgan atirgullar ortida quchoqlashayotgan ikki kishi. Foto: AFP
Myunxendagi Allianz Arena stadionida bo‘lib o‘tgan Yevro-2020 chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan Germaniya va Vengriya o‘rtasidagi o‘yin paytida yomg‘ir yog‘moqda. Foto: Getty Images
Kobuldagi qochoqlar lagerida yashayotgan bolalar. Foto: AFP
Bangkokdagi Dog In Town kafesida ishlovchi bola itlar bilan muomala qilmoqda. Foto: AFP
Nyu-Yorkda Jorj Floyd haykali o‘rnatildi. Uni o‘ldirishda aybdor deb topilgan politsiya xodimi Derek Shovin 22,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Foto: Getty Images
Shotlandiyaning Edinburg shahrida qo‘ylarning junini olish bo‘yicha musobaqada qatnashayotgan Penni Bell ismli ayol. Foto: Getty Images
Venesuelaning Karakas shahrida yoga mashg‘ulotlarida qatnashayotgan mahalliy aholi. Foto: “TASS”
Xitoyning Sindao shahri yaqinidagi botqoqlikda yurgan laylaksimonlar turkumiga kiruvchi adrea qushi. Foto: “TASS”
Myunxendagi Allianz Arena stadioni ustidagi yashin. Foto: “TASS”
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
Hirotda qurollarini topshirgan “Tolibon”, qayta alanga olayotgan Isroil—Falastin mojarosi, sud qilinayotgan xonanda. 24-iyun suratlari Moskva rekordini yangilagan jazirama, politsiya itining dafn marosimi, O‘rgimchak odamdan sovg‘a olgan Rim Papasi. 23-iyun suratlari Mashhur serialga o‘rnatilgan yodgorlik, emlanishni xohlamaganlarga qilingan tahdid, harbiyga aylangan amaldorlar. 22-iyun suratlari Dunyo bo‘ylab nishonlangan yoga kuni, uyini bayroqlar bilan burkagan futbol ishqibozi, prezidentning ilk matbuot anjumani. 21-iyun suratlari Andijonda “piyodaga aylangan” Damas, suv ostida qolgan Qrim, Xitoy bayrog‘i ostida yotgan masjid minorasi bo‘lagi. 18-iyun suratlari Yangi O‘zbekistonning Yangi Andijoni, ochlik e’lon qilgan muhojirlar, suv ostida qolgan shaharlar. 17-iyun suratlari Uni qotilga chiqargan prezident bilan uchrashgan Putin, yana Isroildan norozi falastinlik, koronavirus sabab niqob “taqqan” ma’buda. 16-iyun suratlari
Izoh (0)