• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abdulaziz Komilov “Tolibon” nima xohlayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoli bilan This Is America TV teleloyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan intervyusida Afg‘oniston inqirozi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, ushbu mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqaruv shakli, “Tolibon” harakatining maqsadlari haqida gapirdi, shuningdek, O‘zbekistonning optimistik kayfiyatini va nima uchun shaxsan o‘zi “Tolibon”ni terroristik tashkilot deb hisoblamasligini tushuntirib berdi.

    Foto: YouTube / ThisIsAmericaTV

    Foto: YouTube / ThisIsAmericaTV

    Tashqi ishlar vaziri Afg‘oniston inqirozining asosiy masalalari bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyalari to‘g‘risida to‘xtaldi.

    “Birinchidan, biz afg‘on inqirozining harbiy yechimi yo‘qligini anglab yetishimiz kerak. Ikkinchidan, Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqasining integratsiyalashgan qismiga aylanishi juda muhim. Yagona umumiy mintaqa. Uchinchidan, Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga o‘tishning yagona mintaqaviy va xalqaro yechimi bo‘lishi zarur. Mana, nima uchun biz Doha, Turkiya yoki boshqa joylardagi muzokaralarning barcha formatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi u.

    Mavzuga doir: Abdulaziz Komilov Dohada “Tolibon” harakatining siyosiy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

    Abdulaziz Komilov O‘zbekiston “Tolibon” yetakchilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani o‘rnatgan birinchi mamlakat bo‘lganini eslatib o‘tdi.

    “Ochiq aytganda, o‘sha vaqtda ‘Tolibon’ni tan olganimiz uchun bizni tanqid qilishdi. Bu — real muxolifat. Masala Afg‘onistonda siyosiy tizimning qanday bo‘lishida. Albatta, biz Afg‘onistonda 1990-yillardagi Afg‘oniston Islom Amirligi bo‘lishini qabul qila olmaymiz. Biroq, ayni vaqtda, ushbu muammo amaldagi hukumat va harbiy muxolifat — ‘Tolibon’ va boshqalar o‘rtasida o‘zaro kompromis asosida hal qilinishi kerak, deb hisoblaymiz”, — deya ta’kidladi u.

    “Bu nimani anglatadi? Bu, albatta, u yerda jiddiy islom qoidalari alomatlari bo‘lishi kerakligini anglatadi. Albatta, islom davlati bo‘ladi, chunki aksariyat aholi — musulmonlar. Biroq, ayni vaqtda, biz so‘nggi 9 yil davomida erishilgan demokratik yutuqlarni ham inkor qila olmaymiz. Masalan, amaldagi hukumat saylovlari, harbiy kuchlar, xavfsizlik kuchlari, ayollar va qizlar huquqlari, fuqarolik jamiyati va boshqalar. Shu bilan birga, biz islom qadriyatlarini ham hurmat qilishimiz kerak”.

    “Tolibon” nima xohlamoqda?

    Foto: YouTube / ThisIsAmericaTV

    Foto: YouTube / ThisIsAmericaTV

    “Birinchi navbatda, ‘Tolibon’ (AQSh) qo‘shinlarning chiqib ketishini xohlaydi”, — dedi vazir.

    Mavzuga doir: AQSh Afg‘onistonda 650 ga yaqin harbiyni qoldirmoqchi — OAV

    Boshlovchi Dennis Uoli “Tolibon” bunga erishganini ta’kidlab, raqiblar endilikda qolmagan ekan, harakat kelgusida kim bilan kurashmoqchi ekanini so‘radi.

    “Raqiblar yo‘q, biroq ayni paytda Afg‘onistondagi mojaro — u yerda fuqarolar urushi bo‘lgan. Fuqarolar urushi. Ular nafaqat AQSh harbiylari yoki NATOga qarshi kurashgan, balki fuqarolar urushi bo‘lgan va jamiyat ikkiga bo‘lingan. Ha, (ular o‘zaro jang qilishadi)”, — deb tan oldi u.

    Abdulaziz Komilov afg‘on jamiyatining boshqa vakillarini “raqiblar” deb atashni istamasligini ta’kidladi.

    “U yerda afg‘on jamiyatining juda ko‘p turli qismlari mavjud bo‘lib, ular ushbu jarayonda faol ishtirok etmadilar. Masalan, ayrim siyosiy partiyalar rahbarlari, an’anaviy yetakchilar, diniy rahbarlar, ba’zi hududlarning rahbarlari va boshqalar. Va shuning uchun bu jarayonda ‘Tolibon’dan tashqari, ular ham ishtirok etishlari kerak”, — deb hisoblaydi TIV rahbari.

    Vazirning ta’kidlashicha, O‘zbekiston harbiy muxolifat va hukumat o‘rtasida kelishuvga erishish juda oson bo‘ladi, degan xayollarga borayotgani yo‘q.

    “Ammo, shu bilan birga, xalqaro hamjamiyat ularga yordam berishi, har ikki tomonning kelishuvga erishishiga yordam berishi kerak. Biz Afg‘onistondagi vaziyatning jiddiyligini e’tiborsiz qoldirolmaymiz. Albatta, biz Afg‘onistonda milliy yarashuvga erishishni talab qilamiz”, — dedi u.

    Abdulaziz Komilov “Tolibon” himoyachisi bo‘lishini xohlamasligini ta’kidladi, biroq Afg‘oniston Islom Amirligi saytida “Tolibon” xohlayotgan mamlakat turi haqidagi maqola haqida to‘xtalib o‘tdi.

    “Juda qiziqarli maqola. Ular tashqi aralashuvisiz mustaqil va suveren mamlakatni istashlarini aytmoqdalar. ‘Biz o‘z hududimizni xorijiy harbiy kuchlar tomonidan bosib olinishini istamaymiz. Biz ayollar, qizlar va boshqalarning huquqlarini kafolatlamoqchimiz. Ayollar ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ishlashlari mumkin. Biz qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar o‘rnatmoqchimiz’ va hokazo”, — deya sanab o‘tdi u.

    Vazir shuning uchun “hukumat va muxolifatning umumiy manfaatlariga xizmat qiladigan keng doirali ishlar” mavjud deb hisoblaydi.

    “Ular ushbu maydonni kengaytirib, afg‘on jamiyati manfaatlari yo‘lida kelishuvga erishishlari kerak. Bundan tashqari, ayrim (muxolifat) vakillari, agar afg‘onlar prezidentlik respublikasini tanlasa, biz ham rozi bo‘lamiz, deb aytganini eshitdim”, — dedi u.

    Optimistik kayfiyat

    Foto: YouTube / ThisIsAmericaTV

    Foto: YouTube / ThisIsAmericaTV

    Abdulaziz Komilov, shuningdek, nima uchun O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatga optimistik munosabatda ekanligi va unda salohiyati nimada ko‘rayotganini tushuntirdi.

    “Bizda bir oz nekbinlik bor. Nima uchun? Chunki vaziyat o‘zgargan. Ikki yil oldin vaziyat qanday bo‘lganiga nazar tashlansa. Qanchalik ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Birinchidan, ikki tomon 40 yil ichida birinchi marta to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni boshladilar. Ularda o‘zlarining kun tartibi bor. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda tinchlik jarayoni va barqarorlikka erishishda yanada faol. ‘Tolibon’ ham kelishuvga erishish uchun shunday to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni xohlamoqda”, — dedi vazir.

    Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri “Tolibon” harakati terroristik tashkilot deb qaralishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

    “Albatta, ular Afg‘oniston ichkarisida turli xil ekstremistik tashkilotlar bilan qandaydir aloqada bo‘lishgan va hokazo. Ammo, shu bilan birga, siz ‘Tolibon’ a’zolari 40 yil ichida Afg‘onistonning milliy chegaralaridan tashqarida — Markaziy Osiyoda ham, Yevropada ham, boshqa joylarda ham terakt uyushtirgani haqida bitta misol keltira olmaysiz”, — dedi u.

    Tashqi ishlar vaziri Dohadagi “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Mulla Abdul G‘ani Baradarning Afg‘onistondan O‘zbekistonga tahdid va xavf paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan so‘zlarini esladi.

    “Biz, albatta, kelishuv shartlarini bajaramiz. Shu nuqtayi nazardan, biz kelajakda Afg‘onistondan O‘zbekistonga yoki boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga tahdid va xavf paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz deb aytishimiz mumkin… Kelgusida biz afg‘on tuprog‘ida radikal kayfiyatdagi guruhlar va tashkilotlar, terroristik guruhlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — deya ta’kidlagan “Tolibon”ning Doxadagi idorasi rahbari.

    Abdulaziz Komilov shaxsan o‘zi “Tolibon”ni terroristik tashkilot deb hisoblamasligini aytdi.

    “Chunki o‘shanda AQSh ‘Tolibon’ bilan ish yuritib, shartnoma imzolagan. Chunki AQShning aniq prinsiplari bor — siz hech qachon terrorchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazmagansiz, o‘tkazmayapsiz va o‘tkazmaysiz. Shu javob”, — dedi u.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni juda keskin deb baholadi
    • Afg‘onistonlik 53 nafar harbiy O‘zbekiston hududiga qochib o‘tdi

    26.06.2021, 21:33   Izoh (0)   215055
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

    26.06.2021, 21:10

    Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi emlandi

    26.06.2021, 20:34

    Senat tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritish rad etildi

    26.06.2021, 20:15

    O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti qariyb 85 mln dollarga oshdi

    26.06.2021, 19:16

    Shavkat Mirziyoyevni yig‘latgan Sabrina Insofaliyeva davolanish uchun Rossiyaga yuborildi

    26.06.2021, 18:19

    Senat davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi

    26.06.2021, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Kubogi. “Istiqlol” qo‘shimcha taymlarda “Malavan”ni mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi. Masharipov zaxirada qoldirildi (video)

    Sport | 30 may, 08:48

    Rossiya Eron dronlarini oltin quymasida sotib olgan — OAV

    Dunyo | 30 may, 08:47

    Land Rover o‘zining yangilangan Defender modelini taqdim etdi

    Avto | 30 may, 08:38

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Italiya” sammitida ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 30 may, 08:22

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.