• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabrikladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Quyida tabrikning to‘liq matni taqdim etiladi.

    Qadrli do‘stlar!

    Avvalo, siz, azizlarni, sohaning muhtaram faxriylarini Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.

    Sizlarning bu galgi kasb bayramingiz eng ulug‘ va eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik sanasi arafasida bo‘lib o‘tayotgani unga alohida ruh va mazmun bag‘ishlamoqda.

    Barchangizga ayonki, keyingi yillarda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari sohasida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

    El-yurtimiz, jamoatchiligimiz matbuot nashrlari, teleradiokanallar, nashriyot va matbaa korxonalari, Internet saytlari, axborot xizmatlarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan zahmatkash jurnalist va blogerlar, noshir va muharrirlar, tarjimon va rassomlar, rejissyor va operatorlar, barcha texnik xodimlarning mashaqqatli mehnatini yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

    Fursatdan foydalanib, doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan, jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan siz, azizlarga mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Hurmatli do‘stlar!

    Bugungi kunda barcha darajadagi boshqaruv idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uchrashib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etishi yaxshi an’anaga aylanib bormoqda. Biz bunday yondashuvni O‘zbekistonda olib borilayotgan ochiqlik, oshkoralik va demokratik siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz hamda milliy manfaatlarimizga javob beradigan bu yo‘lni qat’iy davom ettiramiz.

    Shu sababli ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’siri, faoliyat samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, soha xodimlarining mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish biz uchun hamisha ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda.

    Bu borada avvalo mavjud me’yoriy-huquqiy bazani kuchaytirish maqsadida keyingi to‘rt yilda 12 ta qonun hujjati qabul qilinganini, media sohasi, axborot xizmatlari tizimi tubdan yangilanganini ta’kidlash lozim.

    Buning tasdig‘i sifatida quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

    Bu yil tashkil topganining 65 yilligini nishonlaydigan milliy televideniyemiz faoliyatida ham jiddiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. O‘z tarkibida tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan 26 ta tele va 16 ta radiokanalni birlashtirgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangi zamonaviy platformasi (Over-the-top) markaziy telekanallarimizda namoyish etilayotgan ko‘rsatuvlarni butun mamlakatimiz bo‘ylab hamda dunyoning yuzdan ziyod davlatlariga uzatish, ijtimoiy tarmoqlarga faol joylashtirish imkonini bermoqda.

    Ayni vaqtda nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, nashriyot va bosmaxonalar soni ko‘payib borayotgani e’tiborga loyiq.

    Davlat idoralarining jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, milliy dastur va strategiyalarning bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda matbuot anjumani va brifinglar, ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

    Agar 2019-yilda davlat va nodavlat tashkilotlardagi axborot xizmatlarining manbalari – rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu raqam 2410 taga yetdi.

    Ommaviy axborot vositalaridagi tanqidiy chiqishlarga vazirlik va idoralar, hokimliklarning axborot xizmatlari orqali tezkor munosabatlar bildirish amaliyoti shakllanmoqda. Buning tasdig‘ini davlat idoralari tomonidan tanqidiy materiallarga javob qaytarish ko‘rsatkichi 2018-yilda 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yil yakuniga ko‘ra qariyb 90 foizga yetgani misolida ham ko‘rish mumkin.

    Yaqinda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.

    Hozirgi vaqtda elektron ommaviy axborot vositalari, xususan, Internet jurnalistikasi hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 1893 ta ommaviy axborot vositasidan 638 tasi yoki 33,7 foizi Internet nashrlari – veb-saytlar sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

    Shu o‘rinda, mamlakatimizda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda barcha jarayonlar inson omilisiz, elektron shaklda amalga oshirilayotgani bu yo‘ldagi yana bir muhim qadam bo‘lganini qayd etish zarur.

    Sohada yuksak malakali kadrlar tayyorlash masalasi ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda, shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Samarqand davlat chet tillari institutida ham jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

    Aziz yurtdoshlar!

    Mamlakatimizdagi barcha siyosiy-ijtimoiy institutlar kabi O‘zbekiston jurnalistikasi ham hozirgi raqamli texnologiyalar davrida yangi shakllanish jarayonini boshidan kechirmoqda.

    Bugun avlodlar, ijodiy maktablar, an’analar, tushuncha va tasavvurlar yangilanmoqda. Internet zamoni o‘z talab va qoidalarini ilgari surmoqda. Ana shunday murakkab o‘tish davrida milliy jurnalistikamiz ilgari kuzatilmagan turli sinov va qiyinchiliklarga ham duch kelayotganini e’tirof etish va ularni birgalikda bartaraf qilish haqida o‘ylashimiz lozim.

    Aminmanki, mazkur sohada yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq va an’analarni saqlab qolish, xolislik va haqqoniylik prinsiplariga, qonun talablariga qat’iy rioya qilish, fuqaroning sha’ni va g‘ururi, uning o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish huquqini hurmat qilish, yuksak professional mahorat sizlar uchun doimo asosiy faoliyat mezoni bo‘lib qoladi.

    Ushbu maqsadlarga erishishda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslar, ya’ni milliy media makonimizga dadil kirib kelayotgan yosh jurnalistlar, blogerlar, axborot tizimlari xodimlari ishtirokida “Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida “O‘zbekiston jurnalistika maktabi: ijodiy meros va an’analar”, “Jamiyat va ommaviy axborot vositalari”, “Jurnalistika odobi” kabi mavzularda davra suhbatlari va mahorat darslari, ijodiy tanlovlar uyushtirishga doir takliflar shubhasiz katta ahamiyatga ega.

    O‘tish davri bilan bog‘liq sabablar tufayli bugungi kunda bir qator bosma nashrlarning moliyaviy ahvoli murakkab bo‘lib qolayotgani hammamizga yaxshi ma’lum. Yaqinda o‘zining yangi rahbarini saylagan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, respublikamizdagi yetakchi gazeta va jurnallar bosh muharrirlari bilan birgalikda mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, tegishli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish haqidagi takliflarini biz albatta ma’qullaymiz.

    Ushbu hujjatda bosma ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashga oid amaliy chora-tadbirlar bilan birga, sohaga bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini to‘liq joriy etish, mazkur nashrlarning mazmuni va jozibadorligini yana-da oshirish, ularning axborot maydonida raqobatbardosh bo‘lishi uchun mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalari ko‘zda tutilishi maqsadga muvofiqdir.

    Ayni vaqtda sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish va jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish ham oldimizda turgan muhim vazifadir.

    Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari ijodiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va zarur texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni nazarda tutadigan moddalarni kuchaytirish lozim.

    Ta’kidlab aytamanki, mamlakatimizda demokratik yangilanish jarayonlarini yana-da chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash, jurnalistlarning mashaqqatli mehnatini har tomonlama rag‘batlantirishga bundan buyon ham alohida e’tibor qaratiladi.

    Muhtaram ommaviy axborot vositalari xodimlari!

    Sizlarni qutlug‘ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

    Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda barchangizga yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarining bir guruhini mukofotladi
    • Prezident farmoniga asosan “Daryo” muxbiri “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    26.06.2021, 21:10   Izoh (0)   47917
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusga qarshi emlandi

    26.06.2021, 20:34

    Senat tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi haqidagi qonunga o‘zgartirish kiritish rad etildi

    26.06.2021, 20:15

    O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti qariyb 85 mln dollarga oshdi

    26.06.2021, 19:16

    Shavkat Mirziyoyevni yig‘latgan Sabrina Insofaliyeva davolanish uchun Rossiyaga yuborildi

    26.06.2021, 18:19

    Senat davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi

    26.06.2021, 17:15

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Farida Usmonova 100 yoshida vafot etdi

    26.06.2021, 16:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.