• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Merkel to‘liq emlandi, Portugaliyada to‘rtinchi to‘lqin kutilmoqda, Gruziyada niqob rejimi va komendantlik soati bekor qilindi. Koronaxabarlar

    Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 179 171 152 kishiga yetdi, shularning 3 882 709 nafari vafot etgan. Kasallanish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (33,5 million kishi), Hindiston (30 million), Braziliya (18 million), Fransiya (5,8 million) va Turkiya (5,3 million) yetakchilik qilmoqda.

    Germaniya kansleri Angela Merkel

    Germaniya kansleri Angela Merkel
    Foto: EPA

    Merkel AstraZeneca o‘rniga Moderna vaksinasining ikkinchi dozasi bilan emlandi

    Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini oldi, ammo Moderna kompaniyasi vaksinasi bilan emlandi, birinchi ukol uchun esa unga AstraZeneca vaksinasi qo‘llanilgan edi.

    Vaksinaning birinchi dozasini Merkel 16-apreldayoq olgan edi. Ikkinchi doza uchun boshqa vaksinadan foydalanish qarori Robert Kox nomidagi virusologiya institutining vaksinatsiya bo‘yicha doimiy qo‘mitasi AstraZeneca vaksinasini 60 yoshdan oshganlar uchun tavsiya etmagani bilan bog‘liq, birinchi dozani olishga ulgurganlarga esa, Moderna vaksinasiga o‘tishni maslahat berishdi.

    Shuningdek, avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, AstraZeneca vaksinasining boshqa vaksinalar bilan aralashtirilishi bitta kompaniya dorisi bilan ikkita dozada emlanishdan ko‘ra samaraliroq bo‘lishi mumkin.

    Germaniyada 67 million doza vaksina qo‘llanilgan, aholining 42,5 millioni kamida bir dozada emlangan.

    Mavzuga doir: Angela Merkel AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

    Portugaliya pandemiyaning to‘rtinchi to‘lqinidan xavfsiramoqda

    “Delta” shtammi tufayli, Portugaliyada koronavirus pandemiyasining to‘rtinchi to‘lqini yuz berishidan xavotir olishmoqda, so‘nggi kunlarda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha yangi holatlarning 60 foizini aynan shu shtamm tashkil qilmoqda.

    Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, Lissabon va uning atroflarida “delta” shtammi ustunlik qilmoqda, ammo uning boshqa hududlarga tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hukumat harakat qilmoqda. Xususan, o‘tgan dam olish kunlari Lissabon kirib-chiquvchilar uchun to‘liq yopib qo‘yildi.

    Lissabon Portugaliyada ba’zi cheklov choralari haligacha amal qilib kelinayotgan yagona shahar bo‘lib qolmoqda.

    Ayni paytda Portugaliyaning 10 million aholisidan yarmi kamida bitta dozada, chorak qismi esa to‘liq emlangan.

    Mavzuga doir: Portugaliyada ikki oylik qat’iy karantindan keyin maktab va muzeylar qayta ochildi

    Gruziyada og‘ir epidemiologik vaziyatga qaramasdan, komendantlik soati bekor qilindi

    1-iyuldan butun Gruziya hududida 23:00 dan 05:00 gacha amal qilib kelinayotgan komendantlik soati bekor qilinadi. 23-iyundan esa barcha fuqarolar uchun ochiq joylarda, xususan, bog‘ va ko‘chalarda niqob taqish majburiyati bekor qilindi. Binolarda va transportda, shuningdek, odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda haliyam niqob taqishga to‘g‘ri keladi. Restoran va kafelar endi 21:00 emas, yarim tungacha ishlashi mumkin bo‘ladi.

    Koordinatsiya kengashining ushbu qarori mutaxassislarning tanqidiga uchradi, chunki Gruziya so‘nggi bir necha oy ichida koronavirus tarqalishi va aholi soniga nisbatan o‘lim darajasi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinlardan biriga ko‘tarilgan edi. Bundan tashqari, yaqinda Tbilisida “delta” shtammi aniqlangandi.

    Gruziyaning 3,7 millionlik aholisidan 360,4 mingi koronavirusga chalingan, bu aholining 10 foizi demakdir. Ammo fuqarolarning 4 foizigina kamida bitta dozada vaksina olgan.

    Mavzuga doir: Gruziyada koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi, Germaniyada COVID-19’ga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi, Pfizer vaksinasi keskin qimmatlashdi. Koronaxabarlar

    BAAda sayyohlarga bepul emlanish taklif qilinmoqda

    Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida sayyohlarga koronavirusga qarshi bepul emlanish taklif qilinmoqda. Bungacha faqat mamlakat fuqarolari va istiqomat uchun guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslargina emlanayotgan edi.

    Abu-Dabi tomonidan viza berilgan hamda sayyohlik vizasi huquqini beruvchi pasport egalari mamlakatga poytaxt orqali kirib kelishda bepul COVID-vaksinalarni bron qilib qo‘yishi mumkin.

    Ta’kidlash joiz, mamlakatda aholining 85 foizi kamida bitta dozada vaksina olishga ulgurgan.

    Mavzuga doir: BAA koronavirusga qarshi ommaviy immunitetga erishgan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin

    23.06.2021, 15:09   Izoh (0)   7758
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT yadro qurolidan foydalanish xavfi oshayotgani haqida ogohlantirdi

    23.06.2021, 13:25

    Moskva va Peterburgdagi iliq havo 100 yillik rekordni yangiladi

    23.06.2021, 12:34

    Ashxobod xorijliklar yashashi uchun eng qimmat shahar deb topildi, Toshkent esa eng arzon shaharlardan biri bo‘ldi

    23.06.2021, 11:42

    Tojikiston davlat xavfsizlik qo‘mitasi: tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat keskin deb baholanmoqda

    23.06.2021, 10:51

    Hindiston hukumati koronavirusning yangi — “delta plyus” shtammi xavfidan ogohlantirdi

    23.06.2021, 10:38

    Belarus o‘ziga qarshi G‘arb sanksiyalarini iqtisodiy urushga qiyosladi

    22.06.2021, 22:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.