Daryo

Angela Merkel AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

Merkel vaksinatsiya pandemiyani bartaraf etishning kaliti ekanini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish31 370 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasining birinchi dozasi bilan emlandi. Bu haqda Germaniya vazirlar mahkamasining rasmiy vakili Shteffen Zaybert o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi, deb yozmoqda Tengrinews.

Foto: Reuters

“Bugun AstraZeneca vaksinasining birinchi dozasi bilan emlanganimizdan xursandmiz. Vaksinatsiya kompaniyasida ishtirok etayotgan va virusga qarshi emlangan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Vaksinatsiya — pandemiyani bartaraf etish kaliti”, — deb Merkelning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Vazirlar mahkamasi vakili.

https://twitter.com/RegSprecher/status/1383042233302183941?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1383042233302183941%7Ctwgr%5E%7Ctwcon%5Es1_&ref_url=https%3A%2F%2Ftengrinews.kz%2Feurope%2Fmerkel-privilas-vaktsinoy-astrazeneca-434845%2F

Ma’lumot uchun, 66 yoshli Angela Merkel 2005-yilning 22-noyabridan buyon Germaniyaning federal kansleri sifatida faoliyat yuritib keladi.

Shuningdek, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandi.

“Bugun koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olganimdan juda xursandman. Yevropa Ittifoqida vaksinatsiya va uning ta’minoti jadallashmoqda. Yevroittifoqqa vaksina yetkazib berish tezlashgani sababli vaksinatsiya darajasi oshib boraveradi”, — deb yozgan u Twitter sahifasida.

Avvalroq Mamlakatdagi vaksinatsiya haqida gapirar ekan, Angela Merkel jarayon muvaffaqiyatli kechayotganini va “tunnel oxiridagi yorug‘lik”ni ko‘rayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Merkel Yevroittifoq davlatlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvdan keyingi bayonotida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yaqin kelajakda koronavirusga qarshi emlanganlik to‘g‘risida raqamli sertifikatlar yaratishga kelishib olganini ma’lum qildi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar