Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

20-iyun kuni Toshkent metropoliteni “Olmazor” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi. Metropoliten matbuot xizmati mazkur holatga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 22:10 da Chilonzor yo‘nalishi “Olmazor” bekatidan “Bekat-1” tomon harakatni boshlagan poyezd mashinisti nosozlikni aniqlangan.

“Yo‘lovchilarni hamda harakat xavfsizligini taminlash maqsadida yo‘lovchilar ‘Olmazor’ bekatida tushirilgan. Nosozlikni aniqlash maqsadida harakat tarkibi elektrodepoga jo‘natilgan. Keltirilgan nosozliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi Toshkent metropoliteni xabarida.

So‘nggi vaqtlarda Toshkent metropoliteni bilan bog‘liq shu kabi voqealar tez-tez yuz bermoqda. Xususan, 13-may kuni “Amir Temur xiyoboni” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborilgandi. 7-may kuni soat 21:10 dan 22:00 gacha Toshkent metropoliteni Halqa yo‘lining 7-bekatida elektr energiyasi o‘chib qolgandi.

9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. Shu bilan birga, metropolitendagi yerosti va yerusti poyezd harakatlarining bir nechta boshqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bora muhokama qilindi. 28-aprel kuni esa tunnelda to‘xtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yo‘lovchilar relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan.

18-mart kuni esa “Olmazor” (Chilonzor yo‘li) va “Bekat-1” (Sergeli yo‘li) orasidagi tunnelda ikki poyezd to‘qnashgandi. 12-iyunda Toshkentdagi metro bekatlarining biridan shubhali buyum topilgani sabab yo‘lovchilar poyezddan tushirib yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda