• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent metrosining “Amir Temur xiyoboni” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborilganiga izoh berildi

    Toshkent metropoliteni “Amir Temur xiyoboni” bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi, ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan videolar tarqaldi.

    Voqea joyida bo‘lgan UzReport’ning ma’lum qilishicha, 13-may kuni soat 10:30 lar atrofida “Buyuk ipak yo‘li” bekatida yo‘lovchilar, taxminan, 30-40 daqiqa atrofida poyezd kelishini kutgan. Yarim soatlik kutish natijasida metropoliten bekatida juda ko‘p odam yig‘ilib qolgan. Shundan so‘ng poyezd teskari tomonga harakatlanib, yo‘lovchilarni “Amir Temur xiyoboni” bekatigacha olib kelgan.

    “Hamid Olimjon” bekatidan “Amir Temur xiyoboni” bekatigacha bo‘lgan oraliqda poyezd to‘xtab qolgan. Ammo mashinist poyezd harakatda davom etishini ma’lum qilgan va bir daqiqa ichida harakat davom etgan.

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining holat yuzasidan bergan izohida aytilishicha, shu kuni Chilonzor yo‘nalishida texnik-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:30 dan 11:00 gacha poyezdlar aylanmasi “Amir Temur xiyoboni” bekatiga amalga oshirilgan.

    Poyezdlar Sergeli yo‘nalishining “5-bekat”dan “Amir Temur xiyoboni” bekatigacha grafik asosida harakatlanib, “Amir Temur xiyoboni” bekatidan “Buyuk ipak yo‘li” bekatigacha poyezdlar bir tomonlama harakatlangan.

    Qayd etilishicha, ayni paytda poyezdlar o‘rnatilgan tartibda va harakat jadvaliga asosan harakatlanmoqda.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bilan bog‘liq kamchiliklar haqida ko‘p marotaba yozib kelinmoqda. Xususan, 7-may kuni soat 21:10 dan 22:00 gacha Toshkent metropoliteni Halqa yo‘lining 7-bekatida elektr energiyasi o‘chib qolgandi. Hodisa metro poyezdlari harakatiga ta’sir ko‘rsatmagan.

    9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. Shu bilan birga, metropolitendagi yerosti va yerusti poyezd harakatlarining bir nechta boshqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bora muhokama qilindi. 28-aprel kuni esa tunnelda to‘xtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yo‘lovchilar relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan.

    18-mart kuni esa “Olmazor” (Chilonzor yo‘li) va “Bekat-1” (Sergeli yo‘li) orasidagi tunnelda ikki poyezd to‘qnashgandi.

    Mavzuga doir:

    • “Hozir videoga olish ham ‘talant’ bo‘lib qoldi” — Toshkent metropoliteni rahbari metroda kuzatilayotgan turli holatlar haqida
    • “Bu, albatta, kamchilik” — Toshkent metropoliteni rahbari bekatlardagi xodimlarining ingliz tilini bilmasligi va tizim vakillarining maoshi haqida

    13.05.2021, 16:34   Izoh (0)   33865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident Namanganga tashrifi chog‘ida sharoitini tanqid qilgan mahallada yangi guzar barpo etildi

    13.05.2021, 15:54

    Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

    13.05.2021, 14:32

    O‘zbekistonda 14-may kuni harorat 38 darajagacha issiq bo‘ladi

    13.05.2021, 13:31

    O‘zbekistondagi 2021 ta masjidda hayit namozi o‘qildi (foto)

    13.05.2021, 12:34

    Toshkent viloyatida Telegram orqali o‘zganing plastik kartasidan 2,5 mln so‘m yechib olgan 10-sinf o‘quvchisi ushlandi

    13.05.2021, 12:10

    Sergelidagi “tungi badbo‘ylik” muammosi hal etiladi. Tozalash inshootlari rekonstruksiyasi bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda

    13.05.2021, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.