• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “MMA’ning o‘zi meni tanlagan”. Mahmud Murodov MMA’dagi kumiri, sevimli bokschisi, Habib va muvaffaqiyat yo‘li haqida

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov Russia Today nashriga intervyu berdi. Unda sportchi eng katta kamchiligi, MMA’da hurmat qiladigan shaxslari va boks bo‘yicha sobiq chempion Floyd Meyvezer bilan qanday tanishib qolgani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Yig‘inlarga qancha vaqt sarflashi haqida

    Avvalo 3 oylik lager kutib turibdi. UFC’dagi birinchi jangimga 8 kun, ikkinchisiga — 2 hafta, uchinchisiga 4 hafta tayyorgarlik ko‘rganman. Agar o‘zimni formada ushlab tursam 6—7 hafta yetarli, deb o‘ylayman. Qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar — Chexiyadami, Polshadami yoki O‘zbekistonda — bir kunda kamida bir marta, dam olish kunlarisiz shug‘ullanaman. Toshkentda 2 hafta, tog‘larda 1 hafta bo‘laman, keyin ortga qaytaman. Undan keyin sparring janglari uchun Polshaga 6 haftalik muddatga uchib ketaman. U yerda Jerald Mershart bilan bo‘ladigan jangga tayyorgarlik ko‘raman.

    Jangovar sambo — ilk shug‘ullangan sport turi emasligi haqida

    Men zarbalarga tayanib jang qilaman, birinchi shug‘ullangan sport turim kikboks bo‘lgan. Rossiyaga kelganimdan so‘ng sambo bilan shug‘ullana boshladim. Otam avtohalokatga uchradi va akam bilan 17-18 yoshimizda Tomskka ishlashga ketishga to‘g‘ri keldi. U yerda turnirlarda qatnasha boshladim, Jahon chempionatlari sovrindorlari bilan, murabbiy Rudik Aslanyan bilan tanishdim. Sport tufayli men shu kungacha yetib keldim. Oldimda ikkita yo‘l bor edi: yo sport, yoki bekorchilik.

    Nega MMA’ni tanlagani haqida

    Bu haqida ko‘p so‘rashadi, ularga jang san’atining o‘zi meni tanlagan, deb aytaman. Alloh har bir insonga qanaqadir iqtidor beradi. Agar sen uning ustida shug‘ullansang, nimagadir erishasan. Albatta, ko‘pchilik o‘z yo‘lini topolmaganidan shikoyat qiladi. Menda ham shunday bo‘lgan. Men kichik shaharning tomi yo‘q, issiq suvi yo‘q kichik bir zalidan chiqqanman. Aslanyan qo‘l ostida mashg‘ulotlarni boshladim, birortasini o‘tkazib yubormaslikka harakat qilardim, kiyimlarimni zalda yuvardim, chunki o‘sha bazada turardim va uy ijaraga olishga imkoniyatim yo‘q edi. Pul topish uchun esa qurilishda ishlardim.

    Muvaffaqiyatga erishgandan so‘ng atrofda odam ko‘payib qolishi haqida

    Bunga xotirjam munosabatda bo‘laman. Menga farqi yo‘q. O‘z yo‘limni va meni boshidan qo‘llab-quvvatlab kelgan insonlarni bilaman. O‘sha paytlari meni muhokama qilgan insonlar hozir yonimda bo‘lishni istaydi. Meni hech narsani bilmaydigan inson deb o‘ylashadi. Ammo hayot atrofimga kerakli insonlarni jamlashni o‘rgatdi. Alloh seni sinab ko‘radi, undan keyin esa o‘n marta yaxshiroq mukofot bilan siylaydi. Bundan qanday foydalanishingni ham kuzatib turadi. Masalan, avvaliga kasal bo‘lasan, shundan so‘ng kuchliroq bo‘lasan. Bu kuchni nimaga sarflashingni esa kuzatib turadi. Agar sen to‘g‘ri yo‘lda sarflasang yana mukofotlanasan. Shuning uchun insonlarga ko‘mak berishga harakat qilaman.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Masalan, 30 kishidan iborat katta jamoam bor, barcha yig‘inlarga, yashashga va ovqatlanishga o‘zim to‘layman. Jamoadoshlarim yaxshi insonlar, nafaqat poytaxtdan, balki butun O‘zbekistondan kelgan. Ularning barchasi nimagadir erishishni istaydi, ammo bu imkoniyat barchaga ham nasib etavermaydi. Yashirmayman, menga yuqori mansabli insonlar yordam beradi. Jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatlayman, vaqti kelsa ular ham yoshlarga yordam beradi. Barcha bilan bo‘lishishga o‘rganib qolganman. Do‘stlarim bu mening eng katta kamchiligim ekanini aytadi.

    Odamlar buni suiiste’mol qiladimi? Ba’zan shunaqasi bo‘ladi, lekin hech kimga rad javobini bera olmayman.

    Jangovar samboni kuzatayotganda qanday hislarni tuyishi haqida

    MMA bilan 10 yildan ortiq vaqt davomida shug‘ullanib kelyapman, men uchun faqat u muhim. Lekin sambo yoqadi. Bizning yonimizga sambodan, jiu-jitsudan chiqqan odamlar keladi. Farq sezilib turadi. Tatamida jang qilish boshqa, MMA boshqa. Sambodan chiqqan jangchilar yaxshi natija ko‘rsatadi. Bolaligimda Fyodor Yemelyanenko men uchun etalon edi. U xuddi shaharda sayr qilgandek oktagonga sovuq bosh bilan chiqardi. Hech qanaqa hissiyotlarsiz oktagonga chiqar va g‘alaba qozonardi. Bunday insonlar milliondan bitta bo‘ladi. Hozir jangchilar g‘alaba qozongandan keyin sakrashni boshlaydi, jangdan oldin bir nimalarni gapiradi. U esa qafasda o‘zini ko‘rsatardi. Xotirjam va o‘ziga ishongan. Xuddi shunday qilish lozim, inson o‘ziga ishonishi kerak.

    Yemelyanenko hozir noyob hisoblanadigan eski maktab vakili ekanligi haqida

    Albatta. U va ota-onam meni ruhlantiruvchi kishilar. Xudoga shukur, ota-onam hozir hech narsaga muhtoj emas, lekin ular uchun doim nimadir qilishga harakat qilaman.

    Yemelyanenko, Habib Nurmagomedovni haligacha hurmat qilaman. Ikkinchisini barchaga nimaga qodirligini ko‘rsatib qo‘yib, so‘zida turib, ketgani uchun.

    Habib Nurmagomedovning UFC’ga qaytishi haqida

    Unday bo‘ladi deb o‘ylamayman. U Konorga o‘xshab ijtimoiy tarmoqlarda “Men ketdim”, “Men qaytdim” deydiganlardan emas.

    Habibning futbolchi bo‘lish qarori jiddiyligi haqida

    O‘ylashimcha, Habib birorta jamoani sotib oladi. Balki bir nechta o‘yinda maydonga tushar. Lekin bu shunchaki piar doirasida bo‘lsa kerak. Chunki bunday xabar Amerika, MDH davlatlariga tez tarqaydi, Rossiyada esa u eng mashhur odamlardan biri. Uning har qadamini, har bir gapini kuzatishadi. Hattoki o‘zim ham uning intervyularini kuzataman va nimadir o‘rganaman.

    Meyvezer uni MMA’ning eng yaxshi jangchisi deb e’tirof etgani haqida

    Juda ko‘p mashhur insonlar, sportchilar menga e’tibor qaratadi. Masalan, Floyd bilan Pragada tanishganman. Menga u insonning o‘zini tutishi qiziq edi. Uchishimiz kerak, ammo parvoz kechiktirildi. O‘shanda tanishib qolganmiz, 5-6 yildan buyon do‘stmiz. Mening mashg‘ulotlarimni ko‘rib, eng yaxshi jangchi bo‘lishimni aytadi. Floyd meni Amerikaga chaqiryapti. Ammo u yerga borishni istamayman.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Aynan Floyd meni ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lishimga sababchi bo‘lgan. Bir kuni u: “Rasmingni yubor, butun dunyo sen haqingda bilishi uchun uni Instagram’ga qo‘yaman”, degandi. Ikki kundan so‘ng mashg‘ulotlarga borganimda telefonim shunchaki “portladi”.

    Eng yaxshi ko‘rgan bokschisi haqida

    Muhammad Ali eng yaxshi ko‘rgan bokschim bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Bu Meyvezerga yoqmasa ham (kuladi).

    O‘z vazn toifasida UFC’dagi eng jiddiy raqibi kimligi haqida

    Mening o‘zim!

    Bo‘sh tribunada jang qilish qiyinligi haqida

    Bunday holga hali tushmadim. Lekin buning ahamiyati yo‘q deb hisoblayman. Ular tribunada bo‘lmasa ham meni ekran ortida qo‘llab-quvvatlab turganini bilaman. Nima uchun jang qilayotganimni bilaman. Ba’zan bozorga borganimda, 80 yoshli onaxonlar jangimni ko‘rganini aytadi. Mana shu men uchun muhim.

    Mahmud Murodov, UFC jangchisi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    21.06.2021, 16:38   Izoh (0)   23937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Italiyaning rekordli yurishi, JCh—2022 tomoshabinlari uchun million dona vaksina va yarim milliard kredit olayotgan “Barselona”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    21.06.2021, 09:41

    Yevro—2020. Italiya guruh bosqichida 100 foizlik natija ko‘rsatdi, Uels ham keyingi bosqichda. Shveysariya esa qolgan guruhlardagi o‘yinlarni kutishga majbur

    20.06.2021, 23:05

    Yevro—2020 so‘nggi turi oldidan kimda qanday imkoniyat? 2-tur yakunlari va guruhlardagi holat

    20.06.2021, 22:42

    Superliga. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ga yutqazdi, “Nasaf” va “Navbahor”da g‘alaba

    20.06.2021, 22:11

    Namanganda Tokio olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ikki sportchi qiz avtomobil bilan taqdirlandi

    20.06.2021, 20:34

    Meliqo‘ziyevning ilk mag‘lubiyati, el bo‘lmaydigan “fizruk”lar va yangilanayotgan Yevro rekordlari. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    20.06.2021, 09:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.