O‘zbekistonda elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari 20 tadan oshdi, deb xabar bermoqda Spot, PlugShare ma’lumotlariga tayanib.
Ayni paytda bunday stansiyalarning 14 tasi Toshkentda, 3 tasi Chorvoq hududida, bittasi Qamchiq dovonida va yana uchtasi Farg‘onada o‘rnatilgan. Taqqoslash uchun, bundan roppa-rosa bir yil avval mamlakatda uchta quvvatlantirish stansiyasi bor edi.
Xabarda ta’kidlanishicha, elektrotransport uchun infrastrukturani davlat emas, xususiy sektor shakllantiradi. Jumladan, elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalarining 6 tasi Makro supermarketlar tarmog‘i yonida o‘rnatilgan — kompaniya 2021-yilning fevralidayoq o‘z tarmog‘ini yaratishni boshladi. Shunday stansiyalarning yana bir nechtasini TokBor va MegaWatt kompaniyalari o‘rnatgan.
Mazkur quvvatlantirish stansiyalarining aniq manzilini PlugShare xaritasi orqali aniqlash mumkin.
Izoh (0)