• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tilimizni bilamizmi: dunyo kezib, boshqa tillar orqali qaytib kelgan jahongashta so‘zlarimiz

    El-u yurtlarni kezib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, yana o‘zimizga qaytib kelgan jahongashta so‘zlar tilimizda uchrab turadi. Ular xuddi yoshligida yo‘qolib qolib, yillar o‘tgach topilgan yaqin kishimizga o‘xshaydi. Asli o‘zimizniki bo‘lsa-da, begonasirabroq qaraymiz. Bunday so‘zlarga adabiy tilimizdan kam joy beramiz. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib bugun ularning ayrimlari haqida so‘z yuritadi.

    “Kabob”ning o‘zbekchasi

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Kabob o‘zi o‘zbekcha-ku, demoqchimisiz? Ha, kabob o‘zimizniki bo‘lib ketgan. U oilaning haqiqiy a’zosiga aylangan, boshqalarning qizi ekani bilinmaydigan yaxshi kelinga o‘xshaydi.

    Kabob – go‘shtni sixga tortib, so‘ng ko‘raga terib, cho‘g‘ damida pishiriladigan taom. U Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyoda juda mashhur. Menimcha, tandirda yoki qozonda tayyorlanadigan turlari keyinroq paydo bo‘lgan.

    O‘zbekchaga forschadan kirib kelgan kabob so‘zining ildizlari akkadcha kuydirmoq, yoqmoq ma’nosidagi kabābu so‘ziga borib taqaladi. U nafaqat turkiy tillar, hatto arab, ingliz va rus tillariga ham o‘tgan. Albatta, talaffuz o‘zgarishlari bilan.

    Xo‘sh, uning o‘zbekchasi nima? Hozir so‘zlashuv tilida biz asosan ana shu o‘zbekcha muqobilni ishlatamiz: shashlik. Hayron bo‘lmang, aynan shashlik. U ruscha yoki forscha emas, turkiycha so‘z.

    Shashmaqom va shashlikdagi shash umuman boshqa-boshqadir. Shashmaqomdagi shash forschada olti sonini bildirsa, shashlikdagi shash sish so‘zining o‘zgargan shakli. “Devonu lug‘atit turk”da sish, shish shaklida kelgan bu so‘zni bugun six shaklida ishlatamiz. Sishliq – sixga terib pishirilgan taom demakdir. Bugungi tilimizdagi suqmoq, suqilmoq fe’llari ana shu sish – six o‘zagidan yasalgan.

    Rus tilining etimologik lug‘atlarida ham shashlikning asli turkiycha shishlik ekani ta’kidlanadi. Shashlik rus tilida kabobga nisbatan faol ishlatiladi.

    Yogurt – “yo‘g‘rilgan” degani

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida bu so‘z yo‘g‘rut shaklida, qatiq ma’nosida keladi. Asarda qatiq so‘zi ham xuddi shu ma’noda ishlatilgan o‘rinlar bor. Demak, qadimda bu ikki so‘z ma’nodosh sifatida qo‘llangan.

    So‘zning yogurt ko‘rinishi bizga rus tilidan o‘tgan. Rus tiliga esa Yevropa tillaridan kirgan. Bu so‘z inglizchada yogurt, fransuzchada yaourt shaklida uchraydi. Bu tillarga esa turk tilidan o‘tgan.

    Yogurtning kelib chiqishi haqida turli qarashlar bor. Lekin bu ichimlik o‘ta uzoq o‘tmishga egaligi aniq. Taxminlarga ko‘ra, u 8000 yillik tarixga ega.

    Yevropada qatiq fransuz qiroli Lyudovik XI (1423–1483) tufayli ommalashgan. Qorin og‘rig‘iga chalingan qirol dardiga shifo topa olmaydi va nihoyat konstantinopollik tabib uni bolqon yogurti bilan davolaydi. Keyinchalik hukmdorning o‘limdan qutulishiga sabab bo‘lgan bu ichimlik haqida ovoza tarqaladi.

    Yogurt Yevropada XX asr o‘rtalarida shuhrat qozondi. Sobiq Ittifoqda 1920-yillarda ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, 1990-yillarga kelibgina bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘la oldi. Hozir u dunyo bozorida eng xaridorgir sut mahsulotlaridan biridir.

    Hozir yogurt jem, meva konservasi, shokolad, kakao va boshqa qo‘shimchalar aralashtirilgan, qaymoqli kremga o‘xshash sut-qatiq mahsulotini anglatadi. Oddiy ivitilgan qatiq, kefir va shu kabi qatiqsimonlarga ham yogurt so‘zini ishlatsa bo‘ladi.

    Bugungi o‘zbek tilidagi yo‘g‘irmoq, yo‘g‘rilmoq so‘zlari yogurt bilan tarixan o‘zakdosh. Yo‘g‘irmoq aralashtirmoq, qo‘shmoq degani. Sut va oqliq aralashishi, qo‘shilishi natijasida yogurt hosil bo‘ladi.

    So‘zning yo‘g‘urt shakli ham lug‘atga kirgan va bu ko‘rinishda ishlatish xato emas.

    “Mahsulot”ning o‘zbekchasi – tovar

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Tilimizga o‘rnashib, o‘ziga tegishli bo‘lmagan hududlarni ham egallab olgan monopoltabiat so‘zlardan biri mahsulotdir. Bu so‘zni o‘rinli-o‘rinsiz qo‘llayveramiz. Uning turkiycha muqobili – tovarga esa juda kam murojaat qilamiz. U go‘yo rus yoki boshqa Yevropa tilidan kirib kelganday tuyuladi. Aslida bunday emas. Tovar g‘irt o‘zbekcha so‘z.

    Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida tavar so‘ziga jonli, jonsiz mol, mato deb ta’rif berilgan:

    O‘l aning birla tavar yarishdi – U sherigi bilan tovarni teng bo‘lishdi.

    Tovar rus tiliga turkiy tillardan o‘tgan. U bolgar, sloven, chex, polyak kabi tillarda ham ishlatiladi.

    Dastlab chorva moli ma’nosida qo‘llangan tovar keyinchalik har qanday moddiy boylikni ifoda eta boshlagan. Qadimda ko‘chmanchi turkiy qavmlarda chorva asosiy boylik bo‘lgan.

    Xalqning turmush tarzi tilda aks etishi – tabiiy hol. Ingliz, rus va boshqa tillarda mablag‘, sarmoya ma’nosida qo‘llanadigan kapital so‘zi ham lotincha caput – bosh, asosiy so‘ziga borib taqaladi. Qadimda Yevropada ham boylik chorva soni bilan o‘lchangan, buni aniqlash uchun chorva boshi sanalgan, chorva boylikning asosiy o‘lchovi bo‘lgan.

    Xullas, tomirida turkiy til qoni oqayotgan tovar so‘zini bemalol ishlataverishimiz kerak. U tilimizning ming yillik tovari.

    “Karmon” o‘zimizniki

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” bu so‘zni rus tilidan kirgan deb ko‘rsatibdi. Lekin uning kelib chiqishi turkiy tillarga taqaladi.

    Rus tilshunosi M. Fasmer karman so‘zining etimologiyasi bo‘yicha bir necha misollarni keltiradi. Jumladan, bu so‘z bir necha turkiy tillarda borligi, cho‘ntak, hamyon ma’nolarini anglatishini ta’kidlaydi.

    A. Semyonov etimologik lug‘atida yozishicha, bu so‘z rus tiliga XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida o‘tgan. XIX asr so‘ngigacha karman rus tilida ham hamyon ma’nosini anglatgan.

    Zamonaviy rus tilida cho‘ntak ma’nosini bildiradigan bu so‘z sumka, ryukzak kabi buyumlarga o‘rnatiladigan yonchiqqa nisbatan ham ishlatiladi.

    Karmon so‘zini og‘zaki tilda kam qo‘llaymiz. Hozir bu ma’noda ruscha koshelyok so‘zidan foydalanish urf bo‘lgan. Uning o‘zbekcha muqobili – yonchiq so‘zi esa deyarli iste’molda emas.

    Ba’zida shunday. Tayyor o‘z so‘zimiz turganda chet so‘zni ma’qul ko‘ramiz.

    16.06.2021, 14:58   Izoh (0)   60372
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning oltin zaxirasi qiymati rekord darajada oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 12:38

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.