• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda prezident sayloviga jami 300 mlrd so‘m, har bir nomzodga esa 3 mlrd so‘mdan ajratiladi

    16-iyun kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy saylov komissiyasining majlisida kun tartibidagi eng asosiy masala — oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasini tasdiqlashdan iborat bo‘ldi. Bu haqda MSK matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz”ga xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    MSKning doimiy asosda ishlovchi a’zosi Adham Ibodullayev saylovga qancha mablag‘ ajratilgani va ular aynan nimalarga sarflanishi bo‘yicha ma’lumot bergan.

    “2021-yil uchun O‘zbekistonning davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, 2021-yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdori 300 milliard so‘m etib belgilangan”, — deydi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasi ishlab chiqilgan va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.

    Ta’kidlanishicha, uni ishlab chiqishda budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish maqsadida Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan hududlardagi mavjud saylov jihozlari va tovar moddiy qiymatliklar to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan.

    “Shuningdek, xarajatlar smetasini shakllantirishda Moliya vazirligining mas’ul xodimlarini jalb etgan holda budjetdan ajratiladigan mablag‘larning har bir so‘mini o‘z yo‘nalishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan tahlil qilgan holda rejalashtirilgan”, — deydi komissiya a’zosi.

    Siyosiy partiya va nomzodlarga ajratiladigan mablag‘lar

    Yig‘ilishda umumpartiyaviy tadbirlar va siyosiy partiya tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti va targ‘ibot ishlarini amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar — 15 milliard 486 million so‘mni tashkil etishi ta’kidlangan. Bunda, har bir nomzodga 3 milliard 97 million so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

    “Saylovga ajratilgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan saylov yakunlari e’lon qilingandan so‘ng belgilangan muddatlarda Markaziy saylov komissiyasining veb-sayti orqali va ijtimoiy tarmoqlarida hisoboti yoritib beriladi”, — deydi Adham Ibodullayev.

    Shu bilan birga, ajratilgan mablag‘larning aniq va manzilli sarflanishi nazorat qilib borilishi va saylov yakunida iqtisod qilingan mablag‘lar davlat budjetiga qaytarilishi ta’kidlandi.

    Mablag‘lar nimalarga sarflanadi?

    Smetaga ko‘ra, mablag‘lar quyidagi maqsadlarga sarflanishi ma’lum qilindi:

    • Prezident saylovi bo‘yicha 14 ta okrug saylov komissiyasi xarajatlari uchun;
    • 10 800 ga yaqin uchastka saylov komissiyasining har birini, ehtiyojdan kelib chiqib, davlat bayrog‘i, davlat gerbi, saylov anjomlari bilan jihozlash, (yashirin ovoz berish kabinasi, ovoz berish qutisi) tarqatma materiallar va boshqa tovar-moddiy qiymatliklar bilan ta’minlashga;
    • okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga jalb etiladigan qariyb 140 000 nafarga yaqin komissiya a’zolarining ish haqi va kompensatsiya to‘lovlariga.
    Bundan tashqari, saylov byulletenlari va taklifnomalarini tayyorlash hamda saylov uchastkalarigacha yetkazib berish uchun transport xarajatlari moliyalashtiriladi.

    Saylov kodeksi hamda “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori belgilangan tartibda rejalashtiriladi.

    Mablag‘lar quyidagicha taqsimlangan:

    • Saylovni o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari xarajatlari okrug saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus hisob raqami orqali amalga oshiriladi.
    • 14 ta okrug saylov komissiyalarining xarajatlar smetasida har bir okrug uchun qariyb 57 million so‘mdan hamda har bir uchastka saylov komissiyasi uchun 12 million so‘mga yaqin miqdorida mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.
    Okrug va uchastka saylov komissiyalariga ajratilgan mablag‘lar:
    • barcha komissiya a’zolarining ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari;
    • yagona ijtimoiy to‘lovlar;
    • xizmat safari va feldyegerlik xizmati xarajatlari;
    • saylov byulletenlari va taklifnomalarni saylov uchastkalarigacha yetkazib berishni tashkil etish uchun transport xarajatlari;
    • shaharlararo telefon aloqasi;
    • saylov komissiyalariga peshlavha va axborot stendlari tayyorlash xarajatlari;
    • saylov okruglarida takroriy ovoz berish jarayonlarini moliyalashtirish.
    “Hurmatli komissiya a’zolari, okrug va uchastka saylov komissiyalari uchun ajratilayotgan mablag‘larning qariyb 80 foizdan ortig‘i ish haqi va kompensatsiya hamda yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun sarflanadi”, — deydi Adham Ibodullayev.

    Saylovda COVID-19’ga qarshi kurash

    MSK a’zosining ta’kidlashicha, saylov komissiyalari a’zolari va saylovchilarning salomatligi bilan bog‘liq xavfsizligini ta’minlash maqsadlari uchun ham mablag‘lar ko‘zda tutilgan.

    Shaxsiy himoya vositalari va dezinfeksiyalovchi materiallar bilan ta’minlashga — 11,5 milliard so‘m ajratish rejalashtirilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, agarda saylov kunlari pandemiya sharoiti yumshasa va mazkur pullarning to‘liq sarflanishiga ehtiyoj bo‘lmasa, haqiqatan sarflangan mablag‘dan qolgan qismi davlat budjetiga qaytariladi.

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 8-fevral kuni “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan edi. Ushbu hujjat bilan saylov tizimi yanada takomillashtirilgan.

    Unga muvofiq, endilikda saylov komissiyasi faoliyatiga jalb qilingan barcha komissiya a’zolariga ovqatlanish, transport va boshqa xarajatlarni qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lovlari to‘lab beriladi.

    “Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan a’zolariga, shu jumladan pensionerlarga mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqlari to‘lab berilishi qonun bilan belgilab qo‘yildi. Bunday amaliyot komissiya a’zoligiga jalb etilgan fuqarolarning majburiy mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida joriy etilgan”, — deyildi ma’ruzada.

    Bundan tashqari, doimiy ish joyiga ega bo‘lgan fuqarolarning xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilgan holda saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiya a’zoligiga jalb etilganda doimiy ish joyidagi ish haqi to‘lanmaydi. Bu holatda Xarajatlar smetasi mablag‘lari hisobidan ularga asosiy ish joyidagi o‘rtacha ish haqi hisoblab to‘lanadi.

    SYaER

    Ilk bor Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan (SYaER) 2019-yilda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida foydalanilgan edi. Joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovda SYaERni takomillashtirgan holda zarur texnik tayyorgarlik bilan birgalikda saylov komissiyalari a’zolarini ham axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha tayyorlash uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

    Trenerlar va monitoring guruhi a’zolarining okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga jalb etiladigan nomzodlar va a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida eng maqbul — kaskad usulida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun — 18 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

    “Shu bilan birga, o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish va saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimida ishlashga o‘rgatish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma tayyorlash va chop etishlar ham inobatga olingan”, — deydi MSK a’zosi.

    Ushbu tadbirlar uchun ajratilgan mablag‘larning 92 foizi trenerlar va monitoring guruhi a’zolarining ish haqi to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni tashkil etadi. Shuningdek, okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyati davomida AKTdan foydalanish, internetga uzluksiz ulanish va aloqa vositalaridan foydalanishni ta’minlashga — 20 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

    Bundan tashqari, saylovga oid bosma materiallari va saylov tashviqotiga oid axborot va ma’lumotlarni chop etish uchun qariyb 14 milliard so‘m ajratiladi.

    MSKning markazlashgan xarajatlari

    Markaziy saylov komissiyasining markazlashgan xarajatlari quyidagilardan iborat:

    • saylov qonunchiligi va amaliyotini o‘rgatish maqsadida o‘quv uslubiy qo‘llanma, risola, eslatma plakatlar, videodarslar, videorolik, infografik ma’lumot va axborotlar tayyorlab chop etish;
    • Konstitutsiya, Saylov kodeksi va Markaziy saylov komissiyasi normativ huquqiy hujjatlarining to‘plamini chop etish;
    • respublika va hududiy trenerlar va monitoring guruhlarining mehnat haqi va xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash;
    • okrug va uchastka saylov komissiyalari binolarini saylov jihozlari bilan ta’minlash va zarur tovar moddiy qiymatliklarni yetkazib berish;
    • ovoz berish byulletenlarini chop etish;
    • saylovni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish;
    • saylov okrug va uchastkalarini internet va aloqa xizmatlari bilan uzluksiz ishlashni ta’minlash uchun ko‘zda tutilgan.
    Markaziy saylov komissiyasi a’zolari mazkur xarajatlar smetasini tasdiqlagan.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Prezident saylovlari xalqaro tamoyillar asosida o‘tkazilishi kerak

    16.06.2021, 13:14   Izoh (0)   25507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning yana to‘rtta hududida radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga qo‘yildi

    16.06.2021, 12:22

    O‘zbekistonda asosiy faoliyati parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlar uchun ayrim soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi

    16.06.2021, 12:10

    Video: Maqom kuylayotgan Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev

    16.06.2021, 11:57

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlanganlar soni 1 mln kishidan oshdi

    16.06.2021, 11:39

    Namanganda tadbirkor tuman hokimligi binosi oldiga 100 ga yaqin qo‘yni haydab keldi. U bo‘ynigacha qarzga botgani va boshqa iloji qolmaganini aytmoqda

    16.06.2021, 11:21

    Baxtiyor Mahkamov Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

    16.06.2021, 11:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.