• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Xondiza kon boshqarmasi: 10 yillik samarali faoliyat

    Bu yil “Olmaliq KMK” AJning Surxondaryo viloyatida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi rasman ochilganligiga 10 yil to‘ldi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar va blogerlarga kon boshqarmasining tarixi, uning faoliyati va shu yillar davomida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berildi.

    Yaratilish tarixi

    Xondiza kon boshqarmasining rasmiy ochilish marosimi 2011-yilning 6-may kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xondiza va Uch quloch konlarining polimetall rudalari mineral xomashyo bazasidan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qarori uning rivojlanishiga asos soldi.

    Bu konlarning polimetall rudalari mineral xomashyo bazasidan samarali, oqilona va kompleks foydalanishni ta’minlash va shu asosda “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish quvvatlari yuklanishini oshirish, rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadlarida Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari, shuningdek “Olmaliq KMK” AJning Xondiza koni polimetall rudalari zaxiralari bazasida 2009-yilning ikkinchi yarmidan sanoat ishlab chiqarishini tashkil etgan holda, quvvati yiliga 650 ming tonna rudani tashkil etadigan kon-boyitish kompleksini qurish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi.

    Geologlar Xondiza konida polimetall konlari qidiruv ishlarini 1960-yillarning boshidayoq boshlab yuborgan edi. 1974-yilda kon zaxiralari tasdiqlandi.

    Qidiruv ishlari bilan bir vaqtda 1970-yildan 2002-yilgacha bo‘lgan oraliqda turli vaqtlarda rudalarning boyitiluvchanligi tadqiq etildi va boyitish texnologiyalari ishlab chiqildi. Bu masalalar bilan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari shug‘ullandi.

    Ular yarim sanoat sinovlarini ham o‘tkazishdi, bu sinovlar vaqtida Xondiza koni rudalarini boyitish texnologiyasi puxta ishlab chiqildi.

    Rivojlanishi

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ekspertlari Xondiza konini polimetallarning koni, deb atadi. Uning qidiruv ishlari natijasida aniqlangan, umumiy zaxirasi 1,5 million tonna rux, 700 ming tonna qo‘rg‘oshin, 180 ming tonna mis va 2,3 ming tonna kumushni tashkil etadi.

    2007-yilning ikkinchi yarmida OKMK Xondiza polimetall konini qazish va tog‘-boyitish kompleksi qurilishiga kirishdi. Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash ishlari Rossiyaning “Mexanobr injiniring” YoAJ (Sankt-Peterburg) instituti ishtirokida tayyorlandi. Uning mutaxassislari ishchi hujjatlarni ishlab chiqdi.

    Qisqa muddatlarda bu yerda qurilayotgan obyektni avtotransport bilan ta’minlash maqsadida OKMK avtomobil transporti boshqarmasining bo‘linmasi 5 avtobaza va qurilishga qum, shag‘al, beton yetkazib beradigan “Olmaliqmetallurgqurilish” trestining qurilish boshqarmasi ish boshladi.

    Xondiza — bugun

    Bugungi kunda Xondiza kon boshqarmasi tarkibiga Xondiza shaxtasi, boyitish fabrikasi, ta’mirlash-qurilish uchastkasi, moddiy-texnika bazasi kiradi. Bu yerda polimetall rudalar qazib chiqariladi va boyitiladi. Natijada ulardan mis, rux va qo‘rg‘oshin konsentratlari olinadi.

    “Biz uch turdagi mahsulot: rux, qo‘rg‘oshin va mis konsentratlarini ishlab chiqaramiz. Rux va mis konsentratlarini keyingi qayta ishlash uchun OKMK rux va mis eritish zavodlariga jo‘natamiz. Qo‘rg‘oshin konsentrati esa 2018-yilgacha omborlarimizda to‘planar edi. O‘sha yildan boshlab, uni Qozog‘istonga eksport qilish boshlandi. Masalan, 2018-yilda 47 ming tonnadan ko‘proq, 2019-yilda 53 ming tonna, 2020-yilda esa 24 ming 600 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati eksport qilindi. Bu yilda 48 ming tonna konsentrat eksport qilishni rejalashtirganmiz”, — deya hikoya qiladi “Olmaliq KMK” AJ Xondiza kon boshqarmasi direktori Botir Xo‘jamuratov.

    Boyitish fabrikasiga kelganda esa uning ruda bo‘yicha yillik ish unumi 650 ming tonnani tashkil etadi. Soatlik ish unumi 82,07 t/soat, kunlik ish unumi 1850 tonnaga teng. Xondiza boyitish fabrikasi mutaxassislari bir oyda o‘rtacha 50 000 tonnadan ko‘p polimetall rudani qayta ishlaydi.

    Bu fabrikada texnologik jarayon kombinatning boshqa fabrikalariga qaraganda birmuncha murakkab, chunki bu yerda biryo‘la uchta metall konsentrati olinadi. Shu sababli boyitish va metallni konsentratga ajratib olish texnologiyasi monokonsentrat olish texnologiyasidan ancha farq qiladi.

    “10 yil mobaynida biz boyitish sxemasi va texnologiyasini uch marta o‘zgartirdik. Natijada metall konsentratini ajratib olish 20 foizdan ko‘proqqa oshdi. Masalan, 2012-yilda konsentrat ajratib olish rux bo‘yicha 56 foiz bo‘lgan edi. Bugungi kunda bu ko‘rsatkich 75 foizni tashkil etadi. Mis bo‘yicha 44-48 foiz, bugun 57 foiz. Qo‘rg‘oshin bo‘yicha 48 foiz atrofida, hozir esa 63 foiz”, — deydi Botir Xo‘jamuratov.

    Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, yer osti texnikasini yangilash ham Xondiza kon boshqarmasining asosiy yutuqlari qatoriga kiradi.

    “Bu jarayon uch yil oldin boshlangan edi. Yil mobaynida 13 birlikda yangi uskuna: oltita avtosamosval, beshta PDM yuklash, yetkazib berish mashinasi, ikkita burg‘ilash qurilmasi sotib olindi. Bu yilda ham, shuningdek, yana o‘nta ruda tashiydigan avtosamosval sotib olindi. Bularning barchasi shaxtalarning ish unumiga ancha ta’sir ko‘rsatdi”, — deb ta’kidlab o‘tdi Botir Xo‘jamuratov.

    Mingga yaqin xondizachilar

    Ishlab chiqarishni texnik jihozlash, albatta, juda yaxshi. Lekin bu ishlab chiqarishlarda ishlayotgan mutaxassislarning o‘rnini va ahamiyatini baholash juda mushkul. Hozirgi vaqtda kon boshqarmasi xodimlari jamoasi 930 kishidan iborat. Erishilgan yutuqlarning asosini shak-shubhasiz, oqilona rahbarlik va xodimlarning o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi tashkil etadi.

    Anjuman davomida Xondiza kon boshqarmasida kadrlarni tayyorlash va xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    “Bizda kadrlar tayyorlash sohasida, shu jumladan, xorij oliy o‘quv yurtlari bilan ham yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Biz uchun asosan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Misis (Rossiya) Milliy tadqiqot texnologik universiteti va uning Olmaliq shahrida 2018-yilda ochilgan filiali kadrlarni yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Shunday hollar ham bo‘ladiki, birinchi kurs talabalari kontrakt pulini to‘lash borasida yordam so‘rab bizga murojaat qilishadi. Albatta, biz bunday masalalarni ham ko‘rib chiqamiz. Biz shu tariqa o‘zimiz uchun kelajak mutaxassislarni tayyorlaymiz. Bundan tashqari, ayni vaqtda yuzdan oshiq kishi Moskvada o‘qitilmoqda”, — deydi “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Behzod Salimov.

    Mutaxassis qayd etib o‘tganidek, OKMK va xususan Xondiza kon boshqarmasining har bir xodimiga ish haqidan tashqari, har yili ijtimoiy tarafdan 13 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.

    “Bunga maxsus kiyim, ovqatlanish, shaxsiy himoya vositalari, sanatoriy va profilaktoriylarda dam olish va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, har kuni shaxtaga tushishdan oldin ishchilarning barcha muhim hayotiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan, qon bosimi va harorati tekshiriladi. Barcha bu ko‘rsatkichlar normada bo‘lishi zarur.

    Bundan tashqari, yilda ikki marta barcha konchilar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi”, — deydi Behzod Salimov.

    Prognoz bajarildi!

    Anjuman davomida qayd qilinganidek, 2021-yilning yanvar oyidan aprel oyigacha 198 070 tonna ruda qazib olindi, prognoz 100 foizga bajarildi. 198 735 tonna ruda qayta ishlandi va prognoz 100,4 foizga ortig‘i bilan bajarildi. Rux qazib chiqarish 74,79 foiz, mis 54,69 foiz, qo‘rg‘oshin 57,68 foizni tashkil etdi.

    39 ming 161 tonna rux, 7 ming 256 tonna mis va 14 ming 546 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati olindi. 2020-yilda korxona eksportga 24 ming 627 tonna qo‘rg‘oshin konsentratini chiqardi. 2010-yilning noyabrida Xondiza kon boshqarmasi Olmaliq rux zavodiga vatanimizda ishlab chiqarilgan rux konsentratini jo‘natishni boshladi. O‘sha yili esa mustaqil O‘zbekistonning birinchi rux metalli olindi.

    Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi.

    05.06.2021, 18:00   Izoh (0)   27569
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zamonaviy uslub va qulaylik — yosh dizaynerlarning yangi to‘plamidagi asosiy xususiyatlar

    05.06.2021, 12:00

    Seoul Mun — 13 dan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan tijorat joylarining katta tanlovi!

    05.06.2021, 09:00

    Orient Finans Bank XXIV Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etmoqda

    04.06.2021, 18:00

    Konditsioner tanlayotganda nimaga e’tibor berish kerak?

    04.06.2021, 15:00

    Oilaviy format: Katta oila uchun xonadonni qanday tanlash kerak?

    04.06.2021, 12:00

    Alfraganus savdo majmuasining tijorat binolari kafolatlangan ijarachilari bilan taklif etiladi

    04.06.2021, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.