• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tilimizni bilamizmi: qo‘llanadimi yo qo‘llaniladi? Biz yozishda ko‘p yanglishadigan holatlar

    Ba’zi so‘zlarni xato yozish urf bo‘lib ketgan. Endi uning to‘g‘ri shakli xato ko‘rina boshlaydi. Bunday illyuziyaga tushib qolmaslik uchun so‘zlarning ma’no-mohiyatini, qo‘llanish doirasini anglab olish kifoya. “Daryo” kolumnisti Orif Tolib shunday so‘z va birikmalar, qo‘shimchalar imlosi haqida so‘z yuritadi.

    “Al” va uning imlosi

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    O‘zbek tilida arab tilidan kirgan so‘zlar ko‘p. So‘zlar bilan birga arab tilidagi aniq artikl al ham tilimiz chegaralaridan ichkarilagan.

    Al artikli qatnashgan birikmalarning qanday yozilishi bo‘yicha qat’iy qoida yo‘q, lekin qat’iy odat bor. Al artikli qatnashgan so‘zlar ikki xil usulda yoziladi. Chiziqcha bilan ajratilgan yoki chiziqchasiz, so‘zga qo‘shilgan holatda:

    1. “Xazoyin ul-maoniy” devonlari. “Navodir ush-shabob” asari. “Asos ul-balog‘a” asari.

    2. “Xazoyinul maoniy” devonlari. “Navodirush shabob” asari. “Asosul balog‘a” asari.

    Men tinish va imlo belgilarini iloji boricha kam qo‘llash prinsipidan kelib chiqib, ikkinchi variantni ma’qul ko‘raman.

    Al artikli arab tili qoidalariga ko‘ra fonetik o‘zgarishlarga uchraydi. Biz o‘zbekchada uning o‘qilishini qabul qilamiz va shunday yozamiz.

    Al artikli arab tilidagi 14 ta shamsiy harf bilan boshlangan so‘zlar oldida kelganda keyingi so‘zga kirishib-moslashadi va artikl tarkibidagi l tovushi shamsiy harfga o‘zgaradi. Masalan, arabchada al-shams yozilsa-da, ash-shams o‘qiladi. O‘zbekcha imloda berganda uni ash-shams deb yozish kerak. Qolgan 14 harf qamariy harf hisoblanadi va al ular oldida kelganda o‘zgarishga uchramaydi. Masalan, al-qamar yoziladi va shunday o‘qiladi.

    Bu artikl taxallus va nisbalar tarkibida ham uchraydi. Nisba odatda kishining kasb-kori yoki qayerdan ekanini bildiradi. Masalan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o‘zbekchada Muhammad Muso o‘g‘li, Xorazmdan yoki xorazmlik Muhammad Muso o‘g‘li bo‘ladi.

    Ismlar tarkibidagi alni o‘zbekchada tushirib qoldirish ham mumkin. Masalan:

    Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy.

    Al artikili yolg‘iz nisba bilan kelgan o‘rinlarda, agar gap boshida bo‘lmasa, kichik harflarda yoziladi:

    Al-Farg‘oniy, al-Xorazmiy, al-Forobiy, az-Zamaxshariy, as-Samarqandiy.

    Arabcha shaharlar nomini, jumladan, artikl qatnashgan shahar nomlarini yozganda ruscha yoki inglizchadan shundoqqina ko‘chirib qo‘yavermaslik kerak. Masalan, Saudiya Arabistoni poytaxtini Erriyad yoki Er-Riyad deb berish xato bo‘ladi. Ar-Riyod, Riyod deb berish mumkin. Riyoz deb berish yanada to‘g‘riroq. So‘z oxiridagi zod harfi o‘zbekchaga ba’zan d, ba’zan z shaklida kirgan. Masalan, Ramazon so‘zida z deb olingan harf ham ana shu zod bo‘ladi.

    Riyod so‘zi “bog‘lar” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ayni shu ma’noda o‘zbek tilida riyoz shaklida ishlatilgan. Masalan, Imom Navaviy qalamiga mansub kitob nomi “Riyozus solihin” (Solihlar gulshani) deb olingan. Ogahiyning “Riyozud davla” (Davlat bog‘lari) asari nomida ham riyoz shakli qo‘llangan. Milliy ensiklopediyada shahar nomi sifatida Ar-Riyod varianti olinibdi. Kelajakda geografik nomlar lug‘ati ishlab chiqilsa, ko‘p chalkashliklar qatori bu masala ham hal bo‘lib ketar degan niyatdaman.

    Ismlar imlosi: ruxmi yoki ruh?

    Illyustratsiya:

    Illyustratsiya: "Daryo" / Dilzoda Hamidjonova

    Tarkibida rux so‘zi bor ismlar eng ko‘p xato yoziladigan ismlardan.

    Shohrux, Farrux, Gulrux kabi ismlarda rux o‘rniga ruh deb yozilishining eng asosiy sabablaridan biri shu ismlar tarkibidagi rux so‘zi hozirgi o‘zbek tilida deyarli ishlatilmasligidir. U fors tilidan kirgan bo‘lib, asliyatda yuz, bet va yonoq ma’nolari bildiradi. Eski o‘zbek tilida kishining yuzi ma’nosida qo‘llangan:

    Lablaring ostidagi xolingdin aylansun quling,

    Loladek gul-gul ruxi olingdin aylansun quling.

    (Furqat)

    Yuqoridagi baytda qo‘llangan ruxi ol qizil yuz ma’nosini bildiradi.

    Rux so‘zining omonimlari esa bugungi tilimizda ozmi-ko‘pmi iste’molda:

    – Shaxmat o‘yinidagi to‘ra, tikka va yonlama yura oladigan sipoh.– Kimyoviy element, och yashil rangli metall.

    Shohrux, Farrux, Gulrux ismlaridagi rux yuz, chehra ma’nosida.

    Shohrux – shoh kabi yuzli, Farrux – baxtiyor yuzli, Gulrux – gul yuzli.

    Shohruh – shohning ruhi, Farruh – baxtning ruhi, Gulruh – gulning ruhi bo‘lib qoladi, mazmundan mantiq yo‘qoladi. Demak, bu shaklda yozish xato.

    Shoxrux deb yozish ham xato. Shox-muguzning yuzi degan ma’nosiz iboraga aylanadi.

    Ruxsora, Gulruxsor so‘zlarini ham x bilan yozish kerak. Ismlar tarkibidagi ruxsor yuz, chehra ma’nosini beradi.

    Raxshona ismi ham ba’zida Ruhshona deb xato yoziladi. Raxshon forschada nurli, porloq, jiloli, jilvalanuvchi ma’nolarini bildiradi. Ruxshona Raxshona ismining fonetik o‘zgarishga uchragan shakli, uni xato demasak ham bo‘ladi. Ruxshona ismini tojikchada ham uchratish mumkin.

    Ruhiddin ismi esa h bilan yozilishi kerak. Ism tarkibidagi ruh arabcha ruh, jon demakdir. Ruhiddin – dinning ruhi, joni, kuch-quvvati ma’nosida.

    Demak:

    Shohrux, Farrux, Gulrux, Ruxsora, Gulruxsor, Raxshona, Ruhiddin — to‘g‘ri.Shohruh, Shoxrux, Farruh, Gulruh, Ruhsora, Gulruhsor, Ruhshona, Ruxiddin — xato.

    Qo‘llanadimi, qo‘llaniladimi?

    Illyustratsiya:

    Illyustratsiya: "Daryo" / Dilzoda Hamidjonova

    Hatto ziyolilar ham yozishda tez-tez xatoga yo‘l qo‘yadigan so‘z bu. Qo‘llanmoq majhul nisbatda, uning aniq nisbatdagi shakli – qo‘llamoq.

    Qo‘llamoq o‘zbek tilida ikki xil ma’noda ishlatiladi:

    Yoqlamoq, quvvatlamoq, yordam, ko‘mak, madad bermoq.

    Tatbiq etmoq, ishlatmoq.

    Majhul nisbatda asosan ikkinchi ma’nosi ishlatiladi. Qo‘llanmoq – ishlatilmoq, foydalanilmoq, tatbiq etilmoq degani.

    Qo‘llamoq so‘ziga -n majhul nisbat qo‘shimchasi qo‘shilib, qo‘llanmoq shakli hosil qilinadi:

    Qo‘llanmoq, qo‘llangan, qo‘llandi, qo‘llanyapti, qo‘llanmoqda, qo‘llanadi...

    Bu so‘zni qo‘llanilmoq shaklida ishlatish xato. Chunki bir so‘zga ikki marta majhul nisbat qo‘shimchasi qo‘shilmaydi. -il ham majhul nisbat yasovchi qo‘shimcha. Masalan, aytildi so‘zida ayt fe’liga ana shu -il qo‘shimchasi qo‘shilgan. Aytildi so‘zini aytilindi deb yozish va aytish kulgili xato.

    Biroq so‘zni qo‘llanilmoq tarzida ishlatish juda keng tarqalgan. Hatto nufuzli nashrlarda, vazirliklar saytlarida, qonun hujjatlarida, darslik va qo‘llanmalarda ham bu xatoga tez-tez duch kelish mumkin.

    Bu holatning qiyinroq, lekin imkonli yechimi bor: xatoni tan olish va tuzatish.

    Demak:

    Qo‘llangan, qo‘llandi, qo‘llanyapti, qo‘llanadi — to‘g‘ri.Qo‘llanilgan, qo‘llanildi, qo‘llanilyapti, qo‘llaniladi — xato.

    Xush va hush

    Illyustratsiya:

    Illyustratsiya: "Daryo" / Dilzoda Hamidjonova

    X va h tovushlari og‘zaki tilda ko‘pincha farqlanmaydi va bu yozma nutqda ham o‘z aksini topadi: shu tovushlar qatnashgan so‘zlarni yozishda ko‘p xato qilamiz. Jumladan, xush va hush so‘zlarida.

    Aslida ikkala so‘z ham xato emas. Lekin ularning, ular qatnashgan iboralarning ma’nosini bilmaslik almashlab ishlatishga sabab bo‘lishi mumkin.

    Xush forschadan olingan, o‘zbekchada yaxshi, yoqimli ma’nolarini anglatadi: xush kayfiyat, xushovoz xonanda, xush kelibsiz, xush ko‘rdik, xush qoling.

    Hush so‘zi ham forschadan kirgan, o‘zbek tilida kishining biror narsa-hodisani sezish, idrok etish, anglash qobiliyati, shunday sezgi, idrokka ega holat kabi ma’nolarni bildiradi: es-hushi joyida, hushi uchdi, hushidan ketdi, hushiga keldi, hushyor, hushli, behush.

    Ba’zi chalkashtiradigan holatlar bor. Masalan:

    Xushi yo‘q iborasi xohlamaslik, yoqtirmaslik; xohishi yo‘q ma’nolarini ifodalaydi:

    Dasturxonda holva, novvot, murabbo... Zargarovning bularga xushi yo‘q...(A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat)

    Agar bu iborani h bilan yozadigan bo‘lsak, hushdan ketish ma’nosi paydo bo‘ladi: bemorning hushi yo‘q.

    Xushi kelmoq iborasi kayfiyati yax­shi bo‘lmoq, xushiga kelsa iborasi esa xohlasa, yoqtir­sa ma’nolariga ega:

    Xushiga kelsa ishlaydi, bo‘lmasa ochiq havoga direktor bo‘lib o‘tiraveradi.

    Agar xushiga kelsa iborasi o‘rniga hushiga kelsa iborasini ishlatsak, behush holatdan chiqish, o‘ziga kelish ma’nosi anglashiladi:

    Bemor hushiga kelsa, aslida nima bo‘lganini o‘zi aytib beradi.

    Demak, xush va hush so‘zlarini qo‘llashda xato qilmaslik uchun ular jumla yoki birikmada qanday ma’noda ishlatilayotganini aniqlab olishimiz kerak bo‘ladi.

    Mavzuga doir:

    • Tilimizni bilamizmi: Tinch okeanning “Tinch okeani”dan farqi bor! Quloq o‘rgangan, lekin aslida xato iboralar

    02.06.2021, 15:03   Izoh (0)   95351
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.