Dunyoning turli burchaklarida 2-iyun kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Uels osmonida tanasini mohirlik bilan harakatlantirib, o‘ljasini ta’qib qilayotgan qizil quyruq.

Foto: Legion Media

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizdagi yangi qurilgan uyga ko‘chib o‘tgan oila mehmoni bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun botishidan avval Germaniya yo‘llarida ketayotgan mototsiklchi.

Foto: AP Photo

Jizzax va Navoiydagi kuchli shamol oqibatida uylar va mashinalarga zarar yetdi. Uylarning tomi qulab tushishi oqibatida Lacetti va Cobalt mashinalariga texnik zarar yetdi.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Latviya hukumati 1-iyundan boshlab Riga shahrida bo‘lib o‘tadigan xokkey bo‘yicha Jahon chempionati o‘yinlarida muxlislar bo‘lishiga ruxsat berdi. Lekin muxlislar o‘yinlarga deyarli tashrif buyurmayapti. Ehtimol, bunga chipta narxining (110—340 yevrogacha) juda yuqoriligi sabab bo‘lsa kerak.

Foto: “TASS”

Toshkent shahridagi “Taxtapul” ko‘chasida piyodalar yo‘liga ag‘darib tashlangan reklama ustuni. Poytaxtda 8-apreldan boshlab reklama bannerlarini ommaviy buzib tashlash ishlari boshlandi. Tashqi reklama obyektlari egalari konstruksiyalar qonuniy o‘rnatilganini, ularni buzib tashlash bo‘yicha topshiriq “yuqoridan” kelganligini aytdi. Biznes-ombudsman reklama bannerlarini buzish bo‘yicha qaror huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmaganini ta’kidladi.

Foro: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Vatikanda Rim Papasi Fransiskka uning bolalar bilan birga turgan portreti ko‘rsatilmoqda.

Foto: EPA

Madriddagi Qirollik teatrida Viva la Mamma spektaklining so‘nggi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Brayton shahridagi plyajda dengizga sakrayotgan erkak.

Foto: Reuters

Italiyadagi Respublika kunida Frecce Tricolori havo aerobatik jamoasi bayram chiqishini namoyish qilmoqda.

Foto: EPA

Su-a Li Edinburgdagi Qirollik botanika bog‘ida violonchel chalmoqda. Edinburg musiqa xalqaro festivali bu yil ochiq havoda o‘tkazilmoqda.

Foto: The Guardian

Indoneziyaning Jakarta shahridagi mahalliy hokimiyat tomonidan tomi bo‘yalgan uylarning yuqoridan ko‘rinishi.

Foto: AFP

Buyuk Britaniyada koronavirus cheklovlari sezilarli yumshatilgandan so‘ng mamlakat sohillaridan birida dam olayotgan odamlar.

Foto: Shutterstock

Braziliyaning Amazonas shtati markazidagi suv bosgan ko‘chalarni kesib o‘tish uchun qurilgan maxsus yo‘llardan foydalanilmoqda.

Foto: AFP

Hindistonliklar COVID-19’dan vafot etgan odamlarning kullari joylangan xumchalarni bezatmoqda.

Foto: AFP

Buyuk Britaniyadagi Blenxem saroyi maydonida xitoylik haykaltarosh Ay Veyveyning “Oltin qafas” illyustratsiyasi.

Foto: PA

Kolumbiyaning Medelyin shahridagi voleybol arenasida 50 yoshdan oshganlar koronavirusga qarshi emlanmoqda.

Foto: AFP

Melburnda moda haftaligi davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Tibetning Lhasa shahridagi Nagqu o‘rta maktabi o‘quvchilari.

Foto: AFP

Rostov viloyati daryolarida muhandislik qo‘shinlarining mashg‘ulot jarayoni.

Foto: “TASS”

Vyetnamda yuk mashinasi yo‘lda ketayotgan mototsiklchiga dezinfeksiya vositasini sepmoqda.

Foto: Reuters

Xorvatiya va Sloveniya o‘rtasidagi chegara o‘tish postidagi politsiyachi Yevropa Ittifoqi fuqarolarining raqamli COVID-19 pasportini skanerdan o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Londonda Angliya kriket jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yin oldidan diskriminatsiyaga qarshi futbolkalarda turibdi.

Foto: Getty Images

Indoneziyalik erkak va uning ikki farzandi sohil yaqinidagi chiqindilar uyumi orasida yuribdi.

Foto: EPA

Buyuk Britaniyadagi Kensington saroyida Royal Style in the Making ko‘rgazmasida namoyish etilgan malika Diananing to‘y libosi.

Foto: Getty Images