• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkentdagi reklama bannerlarining buzilayotganiga munosabat bildirdi

    Toshkent shahrida 8-apreldan boshlab reklama konstruksiyalarini ommaviy buzib tashlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tashqi reklama obyektlarining egalari konstruksiyalar qonun bo‘yicha o‘rnatilgani, “snos” bo‘yicha ko‘rsatma “yuqoridan” bo‘lganini ma’lum qilgan. Tadbirkorlar hozirga qadar 300 dan ortiq bannerlarni olib tashlagan hukumatning harakatini noqonuniy deb atab, bu borada tushuntirish talab qilmoqda. Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklama bannerlarining buzib yuborilishi qonuniyligini o‘rganmoqda.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur vaziyatga munosabat bildirib, Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori bilan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish, o‘rnatish, ularga yer ajratish, to‘lovlar miqdorini aniqlash, texnik jihatdan tartibga solish va boshqa masalalar yuzasidan yagona amal qiluvchi mexanizmlar joriy qilinganini ta’kidladi.

    Foto: Saveliy Sokolov

    Foto: Saveliy Sokolov

    Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, tumanlarda ishchi guruhlar tashkil etilib, barcha turdagi tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalar) xatlovdan o‘tkazilgan.

    Natijalari bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, respublika hududlarida joylashtirilgan jami 12 318 ta tashqi reklama obyektining (konstruksiyasi)ning 7108 tasi (57,7 foizi) qaror talablariga muvofiq emasligi aniqlangan. Shundan, Toshkent shahrida joylashgan 6630 ta konstruksiyaning 3207 tasi yoki 50 foizga yaqinida kamchilik aniqlangan.

    Qaror talablariga nomuvofiq deb topilgan 7108 ta tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) 2094 tasi yo‘l qatnov qismida joylashgani, 201 tasida oraliq masofaga rioya qilmagani, 1353 tasining egasi aniqlanmagan hamda 3460 tasida boshqa kamchiliklar (avtomobil yo‘llarining ajratuvchi bo‘lagida, xususan, yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) yotiq chizig‘i bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yo‘lkalarida, xavfsizlik orolchalarida joylashgan va boshqalar) aniqlangan.

    Shundan, Toshkent shahrida joylashgan va qaror talablariga nomuvofiq deb topilgan 3207 ta tashqi reklama obyektining (konstruksiyasining) 1459 tasi yo‘l qatnov qismida joylashganligi, 124 tasida oraliq masofaga rioya qilmaganligi, 1104 tasining egasi aniqlanmagan hamda 520 tasida boshqa kamchiliklar (avtomobil yo‘llarining ajratuvchi bo‘lagida, xususan, yo‘lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to‘xtashi uchun mo‘ljallanmagan, yo‘l sathidan baland va (yoki) yotiq chizig‘i bilan belgilangan qismida hamda trotuar va piyodalar yo‘lkalarida, xavfsizlik orolchalarida joylashgan va boshqalar) aniqlangan.

    Qo‘mitaning ta’kidlashicha, Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘yidagi reklama konstruksiyalari raqamlisiga almashtirilishi kerak. Dastlab, bu birinchi darajali markaziy ko‘chalarda (2020-yil 31-dekabrga qadar), shundan so‘ng ikkinchi darajali ko‘chalarda (2021-yil 31-dekabrgacha) amalga oshiriladi.

    Qarorga ko‘ra, tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yuqori texnologiyali qurilmalarga o‘zgartirish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmagan taqdirda, bunday qurilmalar ularning egalari tomonidan o‘z kuchi bilan olib tashlanadi (demontaj qilinadi) va yer maydoni tartibga keltiriladi, aks holda qurilmalar sud tartibida tegishli hokimlik tomonidan demontaj qilinadi va barcha xarajatlar reklama obyektlari (konstruksiyalari) egalaridan undiriladi.

    Shu bilan birgalikda, ushbu qaror bilan tasdiqlangan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tartibga solish, ularga yer ajratish, qurish va o‘rnatish bo‘yicha tegishli ruxsatnomalar berish hamda ushbu hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari vakolatli organ hisoblanadi.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bugungi kunda Toshkent shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) tartibga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda qatnashayotgan barcha ishtirokchilarni qat’iy ravishda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori talablari asosida o‘tkazilishi lozimligini ma’lum qilgan.

    Humo Media direktori Saveliy Sokolovning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, davlat idoralari birinchi va ikkinchi darajali ko‘chalar ro‘yxatini tuzgan, biroq u bundan rasman xabardor etilmagan.

    “Ya’ni biz qaysi ko‘chalar birinchi va ikkinchi darajali ekanligini bilmaymiz. Shu sababli ekranlarni qayerga qo‘yish kerakligi tushinarsiz. Mutlaqo. Biz bu faylni Telegram orqali oldik, ammo uni oldik deb hisoblamayman. Va u yerda barcha konstruksiyalar olib tashlangan Mirobod ko‘chasi yo‘q. Ya’ni ular bir-biriga zid keladi.

    Tadbirkorning ta’kidlashicha, buzib tashlash ishlariga faqat sud qarori orqali ruxsat berilishi borasidagi “hukumat qarorining asosiy bandini barcha ko‘zdan qochirmoqda”.

    “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi shikoyatlaring bo‘lsa, sudga boringlar deyapti. Axir bu huquqiy tartibsizlikku. Konstruksiyalarimizga kelgan militsiyaga “qonunbuzarlarni to‘xtating”, “mulkka shikast yetkazmoq”da deyapmiz. Ular esa “sudga boring” demoqda. Qarorda esa buzish ishlariga faqat sud qarori orqali ruxsat berilgan, qaror esa yo‘q. Qonunsizlik”, — deydi u.

    Saveliy Sokolovning ma’lum qilishicha, bir qator tadbirkorlar hozirda konstruksiyalarning buzilishi bo‘yichda sudga shikoyat yo‘llagan.

    Mavzuga doir: Savdo-sanoat palatasi reklama bannerlari nima sababdan buzilayotganiga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent hokimligiga so‘rov yubordi

    24.04.2021, 09:09   Izoh (0)   24957
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘ona viloyatidagi 4 ta maktab koronavirusga chalinish holati aniqlangani sabab onlayn o‘qishga o‘tdi

    24.04.2021, 08:08

    Oylar sultoni — Ramazon: Ro‘zaning mohiyati nima va kimlar ro‘za tutmasa ham bo‘ladi?

    24.04.2021, 03:55

    O‘zbekiston Qahramoni Hasan Normurodov vafot etdi

    24.04.2021, 00:54

    Sovqotgan birinchi xonim, Olimpiadaga ketayotgan ulkan qo‘g‘irchoq, buzoqchani oziqlantirayotgan bosh vazir. 23-aprel suratlari

    23.04.2021, 23:58

    O‘zbekistonda 2020-yilda voyaga yetmaganlarning 500 nafardan ortig‘i o‘z joniga qasd qilgan

    23.04.2021, 23:27

    O‘zbekiston Markaziy banki narxlar ko‘tarilgach oltin eksportini davom ettiradi

    23.04.2021, 22:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.